Samarqand shahar xtb ga qarashli 23-umumiy oʻrta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani pedagogik amaliyotchisi M
Download 8.56 Kb.
|
Samarqand shaha-WPS Office
Samarqand shahar XTB ga qarashli 23-umumiy oʻrta ta’lim maktabining Ona tili va adabiyot fani pedagogik amaliyotchisi M.Aralovaning 6-sinfida “Ravishning ma'no guruhlari” mavzusidagi 1 soatlik ochiq dars tahlili BAYONNOMASI Sana: ___-_________202__-yil Tahlilda ishtirok etdilar: Maktab direktori: N.Haydarova Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi: G. Saliyeva Koʻrilgan masala: Ochiq darsning tahlil qilinishi. 1. 6-sinfda ona tili fani boʻyicha “Ravishning ma'no guruhlari” mavzusida oʻtkazilgan ochiq dars tahlili. Masala yuzasidan maktab direktori soʻzga chiqdi. U oʻz soʻzida darsda erishilgan yutuq va kamchiliklar haqida toʻxtalib oʻtdi. U pedagogik amaliyotchining quyidagi yutuq va kamchiliklari haqida aytib oʻtdi: Yutuqlari: Darsda oʻquvchilar faolligiga erishildi, darsda koʻrgazmali qurollardan foydalanildi: kartochka, buklet, tarqatma materiallardan foydalanildi. Yigʻilishda fan oʻqituvchilari ham dars toʻgʻrisida oʻz fikrlarini aytdilar: Jumladan, G.Saliyeva oʻz soʻzida dars davomida ba’zi oʻquvchilar oʻqituvchi nazaridan chetda qolganligi, buning natijasida oʻquvchilarga darsda berilishi kerak boʻlgan BKM (bilim, koʻnikma, malaka) elementlari oʻzlashtirilmay qolganligi ta’kidlab oʻtildi. Darsda erishilgan yutuqlar txususida toʻxtalib, zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishning afzalliklari koʻp ekanligini aytib oʻtdi. Davlatimiz tomonidan yetkazib berilgan texnika vositalari eskilariga nisbatan koʻpgina afzalliklarga ega. Masalan, zamonaviy oʻqitishning interfaol uslub metodlardan foydalanishni takomillashtirish. Darsda bir qator yutuq va kamchiliklarga toʻxtaldi. Koʻrilgan masala yuzasidan yigʻilish qarori: 1. Pedagogik amaliyotchi tomonidan oʻtkazilgan dars “yaxshi” deb baholansin. 2. Darsda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uslub-metod birlashma bilan birgalikda bartaraf etilsin. Yigʻilish raisi: N. Haydarova Kotib(a): Sh.Yo'ldasheva Download 8.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling