Samarqand tumani Xalq


Download 0.92 Mb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi0.92 Mb.
#1057264
1   2
Bog'liq
6-SIN OCHIQ DARS

Darsga ajratilgan vaqt: 45 daqiqa.


Darsning texnik chizmasi:

Dars bosqichlari

Vaqt

Tashkiliy qism.

5 daqiqa

Yangi mavzuni boshlashga hozirlik

10 daqiqa

Yangi mavzuni yoritish

15 daqiqa

Guruhlarda ishlash. Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

O`quvchilarni baholash, uyga vazifa berish

5 daqiqa


Dars rejasi:
I . Tashkiliy qism.
II . O`tilgan mavzuni mustahkamlash.
III . Yangi mavzu bayoni.
IV . Yangi mavzuni mustahkamlash.
V . Baholash.
VI . Uyga vazifa.
Darsning borishi:
I . Tashkiliy qism:

  • O`quvchilar bilan salomlashish;

  • Xonani va o`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;

  • Davomatni aniqlash.

II . Darsning maqsad va vazifalarini qo`yish.
III . Tayanch bilimlarni faollashtirish.
Uyga vazifani tekshirish va o`tilgan mavzuni mustahkamlash.
Sinf o’quvchilari 3 guruhga bo’lingandan so’ng, har bir guruhga uy vazifasini tekshirish uchun rasmlar orqali savol- javob qilinadi. Har bir guruhdan o’quvchilar doskaga chiqib, rasmlardan tanlab ularga javob berishadi.
Yangi mavzu bayoni.
Insonlar qadimdan osmon jismlarini o’rganishga, koinot sirlarini bilishga qiziqishgan. Datlab Yerning shakli, uning o’lchamlari joylashuvi, harakati o’rganilgan bo’lsa, keyinchalik o’rta asrlarga kelib boshqa osmon jismlari ham o’rganila boshlandi. Jumladan mil.av.asrlarda yunon olimlaridan Pifagor Yerning sharsimon ekanligi haqida fikr bildirgan.
IX- XV asrlarda O’rta Osiyo olimlaridan Abu Rayhon Beruniy Quyosh, Oy va sayyoralar harakatini o’rgangan, Muhammad al-Xorazmiy Quyosh va Oyning tutilishi bo’yicha ilmiy izlanishlar olib borgan, al-Farg’oniy “ Astronomiya asoslari ” asarida osmon jismlari haqida ko’plab ma`lumotlar yozib qoldirgan.
1417-1420 – yillar Ulug’bek Samarqandda madrasa qurdirib unda ko’plab astronom va matematiklarni taklif etgan. Rasadxona o’z davrining nodir binosi bo’lgan va o’z vaqtida o’sha davr uchun universitet vazifasini bajargan. Buyuk astronom Mirzo Ulug’bek ishtirokida rasadxonaning asosiy ishi “ Zidjiy Ko’ragoniy ” “ Ulug’bekning Yulduzlar jadvali ” tuzilgan. Bu jadvalda 1018 ta yulduz harakati o’rganilgan.


Yevropalik olimlardan Nikolay kopernik , Jordano Bruno, Galileo Galiley, Iogann Keplerlar osmon jismlarini o’rganib, o’z asarlarida ko’plab ma’lumotlar qoldirgan.
Quyoshdan Yergacha bo’lgan masofa taxminan 150 mln km. Inson sutkasiga 30 km dan yo’l bossa, 13000 yildan keyin, 100 km/soat tezlikda yuradigan poyezd to’xtovsiz harakatlansa, 160 yildan keyin, kosmik kema esa 5 oyda Quyoshga yetib borishi mumkin.Yer Quyosh atrofida o’rtacha 29.8 km/s tezlik bilan soat miliga teskari yo’nalishda harakat qiladi. Quyosh Yerdagi asosiy yorug`lik va issiqlik manbai hisoblanadi. U asosan vodorod va geliydan iborat, o’ta qizigan o’zidan yorug’lik taratib turadigan gazsimon shardir.
Galiley — Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmogʻiga aylandi. Galiley. olam tuzilishini tushuntirishda N. Kopernik yo’lidan bordi. Oʻzi yasagan (32-marta katta qilib ko’rsatadigan) teleskop yordamida Oy sirtining notekisligini, Venera fazasining o’zgarishini, Quyosh dogʻlarini, Yupiterning 4 ta yo’ldoshini kashf qildi va Quyoshning o’z oʻqi atrofida aylanishini isbotladi. Galileyning bu ishlari "Yulduz xabarchisi" (1610—11) asarida bayon qilingan. "Olam tuzilishining ikki asosiy sistemasi haqida dialog" (1632) asarida geliosentrik nazariyasi toʻgʻriligiga asosli dalillar keltirgan.

Somon yoʻli — osmonni deyarli katta aylana boʻylab oʻrab olgan xira nurlanuvchi yoʻl. Somon yoʻlining tuzilishi juda murakkab.Somon yoʻlining ravshanligi hamma joylarda bir xil emas. Somon yoʻlining eng xira qismi Aravakash yulduz turkumi atrofida joylashgan. Galileo Galiley 1610-yilda Somon yoʻlini kuzatib, uning juda koʻp sonli xira yulduzlar toʻplamidan iboratligini tasdiqladi. Somon yoʻli yulduzlari toʻplami tartibsiz boʻlmay, oʻzaro tortish kuchi bilan bogʻlangan sistemani hosil qiladi. Bu yulduzlar sistemasi Galaktika deb ataladi.

Quyosh — quyosh sistemasining markaziy jismi; Yerga eng yaqin joylashgan yulduz.Unda sistemaning 99,866 % massasi joylashgan. Quyosh qizigan plazmali shardan iborat, radiusi R=696000 km. U massasi boʻyicha Yerdan taxminan 300000, diametri boʻyicha 109 marta katta. 1611-yilda G. Galiley teleskop yordamida Quyoshni birinchi bor kuzatib, Kuyosh dogʻlari va oʻz oʻqi atrofida aylanish davrini aniqtagan. Nemis astronomi G. Shvabe esa 1843-yilda Quyosh oʻzgarishining soni yoki Quyosh faolligi davriy oʻzgarishini topdi Quyosh sistemasida 8 ta sayyora mavjud bo’lib, ular Quyoshdan uzoqligi bo’yicha quyidagi tartibda joylashgan.






Bizning sayyoramiz Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi. Hozirgi zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 milliard-yil muqaddam paydo boʻlgan.

Oy Yerning tabiiy yo’ldoshi.
Oy Yer atrofida aylanadi. Yer bilan birgalikda Oy Quyosh atrofida aylanadi. Oy yorug’lik manbai emas. U kunduzi Quyoshdan kelgan nurlarni kechasi o’zimizga qaytarib beradi.

Kometalar (yunon. kometes — uzun sochli; belgisi:  ) — Quyosh tizimiga kiradigan kichik osmon jismlari. Kometalarning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida „dum“ chiqaradi (baʼzan bir necha „dum“ chiqarishi ham mumkin). Odatda, Kometalarning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har yili 5-10 ta kometa kashf etiladi.
Kometalar (yunon. kometes — uzun sochli; belgisi:  ) — Quyosh tizimiga kiradigan kichik osmon jismlari. Kometalarning Quyosh atrofidagi harakat yoʻllari (orbitalari) kichik sayyoralarnikiga qaraganda ancha choʻziq boʻlgani uchun Quyoshga yaqinlashgandagina koʻrinadi. Avval ular osmonda xira oq tuman nuqtalarga oʻxshab koʻrinib, keyin Quyoshga yaqinlashgani sari uning taʼsirida „dum“ chiqaradi (baʼzan bir necha „dum“ chiqarishi ham mumkin). Odatda, Kometalarning dumlari Quyoshga nisbatan qarama-qarshi yoʻnalgan boʻladi. Har yili 5-10 ta kometa kashf etiladi.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun tezkor savollar:

  1. Quyosh sistemasini o’rgangan olimlardan qaysilarini bilasiz?

  2. O’rta Osiyolik olimlardan kimlar Rasadxona qurgan?

  3. Galiley nimani aniqlagan?

  4. Quyosh sistemasida nechta sayyora bor?

  5. Gallaktikamizning nomi qanday?

  6. Bizning sayyoramizning nomi nima?

  7. Asteroidlar nima?

  8. Kometa deb nimaga aytiladi?

Uyga vazifa:

  1. Mavzuni o`qib, mavzu oxiridagi savollarga javob yozish;

  2. Mavzu yuzasidan har bir o`quvchi beshtadan test tuzib kelish.



O’IBDO’_______________
Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling