Samarqand veterinariya medisinasi institutini tashkil etish to’g’risida


Download 82.7 Kb.
Pdf просмотр
Sana26.06.2019
Hajmi82.7 Kb.

Mazkur nizom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi 

“Samarqand veterinariya medisinasi institutini tashkil etish to’g’risida”gi № PQ-

3703-sonli qarori va Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 3 

dekabrdagi № 487-sonli buyrug’i ilovasida keltirilgan “Oliy ta’lim muassasasining 

kafedralari to’g’risida namunaviy NIZOM” asosida ishlab chiqilgan. 

Samarqand veterinariya medisinasi instituti, Veterinariya profilaktikasi va 

davolash fakultetining “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari” 

kafedrasi NIZOMI “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar 

kasalliklari”kafedrasining 2018 yil ____ ________ bo’lib o’tgan №____- sonli 

yig’ilishida muhokama qilingan va ijro uchun qabul qilingan. 

Mazkur NIZOM O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi 

“Samarqand veterinariya medisinasi institutini tashkil etish to’g’risida”gi № PQ-

3703-sonli qarori, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2011 yil 3 dekabrdagi 

№ 487-sonli buyrug’i ilovasida keltirilgan “Oliy ta’lim muassasasining kafedralari 

to’g’risida namunaviy NIZOM” asosida ishlab chiqilgan. 

Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi (O’zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 y. 9-son, 225-modda) va 

“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida”gi (O’zbekiston Respublikasi Oliy 

Majlisining axborotnomasi, 1997 y. 11-12-son, 295-modda) qonunlariga, “Oliy 

ta’lim to’g’risida”gi Nizomgahamda “Oliy ta’lim muassasining kafedralari 

to’g’risida namunaviy Nizom” (O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus 

ta’lim vazirligining 2011 yil 3 dekabrdagi № 487-sonli buyrug’iga ilova) va 

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 maydagi “Samarqand 

veterinariya medisinasi institutini tashkil etish to’g’risida”gi № PQ-3703-sonli, 

2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning 

mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini 

ta’minlash to’g’risida”gi № 3775-sonli qarorlariga muvofiq SamVMI Veterinariya 

profilaktikasi va davolash fakultetining “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali 

hayvonlar kasalliklari” kafedrasi faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi. 

I.Umumiy qoidalar 

    Ushbu Nizom “Parranda, baliq, asalari va mo’ynali hayvonlar kasalliklari” 

kafedrasi uchun asosiy me’yoriy xujjat hisoblanadi. 

Kafedra Samarqand veterinariya medisinasi instituti Veterinariya profilaktikasi va 

davolash fakultetining tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi. 

Kafedrada “Baliq va asalari kasalliklari”, “Parrandalar kasalliklari”, “Yovvoyi va 

mo’ynali hayvonlar kasalliklari”, “Ixtiopatologiya va Ixtiotoksikologiya”, 

“Baliqchilikning ilmiy asoslari”, “Baliqchilik xo’jaliklarida veterinariya sanitariya 

nazorati”, “Baliq kasalliklarining ilmiy asoslari”, “Asalarichilikning ilmiy 

asoslari”, “Asalari zararkunandalariga qarshi kurash tadbirlari”, “Asalari 


kasalliklarining ilmiy asoslari”, “Parrandachilik xo’jaliklarida veterinariya 

sanitariya nazorati”, “Parrandalarning parazitar kasalliklarining ilmiy asoslari”, 

“Parrandalarning infeksion kasalliklarining ilmiy asoslari”, “Parrandalarning 

yuqumsiz kasalliklarining ilmiy asoslari”, “Veterinariyada ilmiy-tadqiqot 

tamoyillari va uslublari” fanlari bo’yicha o’quv, uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-

tadqiqot ishlari, shuningdek, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, malaka 

oshirish hamda tashkiliy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. 

    Kafedra tarkibiga kafedra mudiri, veterinariya fanlari nomzodi Nasimov Sh.N., 

veterinariya fanlari doktori Daminov A.S., veterinariya fanlari doktori Eshburiyev 

S.B., assistent, veterinariya fanlari nomzodi Mamatova Z.B., assistentlar 

Xudjamshukurov A.N., Seytveliyeva S.S., Qarshiyev U. T., Sattorov J.M. va 

laboratoriya mudiri Tursunqulova D. kiradilar. 

    Kafedraning professor-o’qituvchilari “Ta’lim muassasalariga pedogog 

xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to’g’risida” gi Nizomga 

muvofiq ishga qabul qilinadi. 

    Kafedra kadrlar buyurtmachilari bo’lgan korxona yoki tashkilotlar xududida 

filiallar tashkil etish va ularning moddiy-texnik bazasidan foydalanishi mumkin. 

Kafedra filiali faoliyati tegishli Nizom asosida tashkil etiladi. 

II. Kafedrani tashkil etish va boshqarish. 

    Kafedrada jami 2 nafar fan doktorlar, 2 nafar fan nomzodi va 4 nafar assistentlar 

faoliyat ko’rsatadi. 

    Kafedra fakultet dekaniga va institut rektori (o’quv ishlari prorektori)ga 

bo’ysunadi. 

    Kafedraning tuzilishi va uning shtatlari oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan 

tasdiqlanadi. 

    Kafedrani odatda, fan doktori, fan nomzodi, ilmiy darajasiga ega shuningdek, 

professor yoki dosent ilmiy unvoniga ega bo’lgan hamda belgilangan tartibda 

tanlovdan o’tgan kafedra mudiri boshqaradi va unga kafedra faoliyati uchun 

shaxsiy mas’uliyat yuklatiladi. 

III. Kafedra mudirining vazifalari 

    Kafedra mudirining shaxsiy rejasi oliy ta’lim muassasasining rektori yoki o’quv 

ishlari bo’yicha prorektori tomonidan tasdiqlanadi. 

Kafedra mudiri: 

-    oliy ta’lim muassasasi miqyosida kafedra faoliyatiga taalluqli masalalar 

muhokamasi va hal etilishida ishtirok etadi; 

-    kafedra ish rejasi, professor-o’qituvchi va xodimlarning shaxsiy rejalari hamda 

kafedra faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni tasdiqlaydi; 

-    kafedra pedogog xodimlariga o’quv yuklamalarni taqsimlaydi hamda ularning 

o’z vaqtida va sifatli bajarilishini nazorat qiladi; 


-    kafedraga ishga olish, ishdan bo’shatish va xodimlarni yangi vazifalarga 

tayinlash, ularni ma’naviy va moddiy rag’batlantirish, shuningdek, intizomiy chora 

ko’rish to’g’risida oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga belgilangan tartibda 

takliflar kiritadi; 

oliy ta’lim muassasasining tegishli xizmat bo’linmalaridan o’quv- tarbiyaviy va 

ilmiy-tadqiqot jarayonini talab darajasida o’tkazish uchun zarur bo’lgan 

sharoitlarni ta’minlashni talab etadi; 

IV. Kafedra faoliyatini tashkil etish. 

    Kafedra faoliyati o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-axloqiy va 

tarbiyaviy hamda tashkiliy-uslubiy ishlarni qamrab olgan istiqbolli va joriy (yillik) 

rejalarga muvofiq amalga oshiriladi. 

Ushbu rejalar va kafedra faoliyatiga tegishli boshqa vazifalarning bajarilishi 

kafedra mudiri raisligida o’tkaziladigan majlislarda muhokama etiladi. Kafedra 

majlislariga boshqa kafedralar va oliy ta’lim muassasalaridan xodimlar taklif 

etilishi mumkin. 

Kafedraning asosiy faoliyat yo’nalishlari quyidagilardan iborat: 

-rivojlangan demokratik davlatlar darajasidagi yuksak ma’naviy va axloqiy 

talablarga javob beruvchi yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash; 

-kafedra yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha davlat ta’lim standartlari, 

o’quv rejalari va dasturlarini rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta’lim dasturlari 

bilan qiyosiy taxlilini muntazam ravishda olib borish va takomillashtirish; 

-    kafedra fanlari bo’yicha o’quv dasturlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda 

tasdiqqa taqdim etish, shuningdek, turdosh kafedralar tomonidan tayyorlangan 

o’quv dasturlarga taqriz va xulosalar tayyorlash; 

-    darslik, o’quv, uslubiy va ko’rgazmali qo’llanmalar tayyorlash, qayta nashr 

etiladigan darslik, o’quv qo’llanma va o’quv-uslubiy adabiyotlar, shu jumladan 

xorijiy olimlar bilan xammualliflikda yaratilgan adabiyotlarga xulosalar tuzish; 

-    o’quv shakllari (ishlab chikarishdan ajralgan va ajralmagan xollarda) bo’yicha 

oliy ta’limning davlat ta’lim standartlariga muvofiq tuzilgan o’quv rejalaridagi 

fanlar bo’yicha belgilangan mashg’ulot turlarini yuksak nazariy, ilmiy-uslubiy va 

kasbiy darajada o’tkazish, ta’lim sifatini ta’minlash; 

-    talabalarning malakaviy amaliyoti, kurs loyixalari (ishlar), bitiruv malakaviy 

ishlari, magistrlik dissertasiyalariga, shuningdek, mustaqil ishlari vailmiy-tadqiqot 

ishlariga rahbarlik qilish; 

-    talabalar bilimining reyting nazoratini joriy etish, talabalarning auditoriyadan 

tashqari ishlarini tashkil etish bo’yicha tadbirlar o’tkazish; 

-    iqtidorli talabalarni tanlash va ularni tarbiyalash, olimpiada va tanlovlarda, shu 

jumladan «Iste’dod» jamg’armasi tanlovida ishtirok etishga tayyorlash, 

talabalarning mustaqil ishlash shakl va uslublarini takomillashtirish bo’yicha 


choralar ko’rish; 

-    talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etish, iqtidorli talabalarni 

tadqiqotlarga jalb etish, ilmiy-tadkiqot ishlarinii ndividual va jamoa bo’lib 

bajarishga o’rgatish, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ruyobga chiqarish uchun 

zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish; 

-    tasdiqlangan rejaga muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, tugallangan 

ilmiy-tadqiqot ishlarini muhokama etish, nashr etishga tavsiya berish va ularning 

natijalarini ishlab chikarishga joriy etish, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning 

samarali integrasiyasini ta’minlash; 

kafedra o’qituvchilarining shaxsiy ish rejalaridagi o’quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-

tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlarini ko’rib chiqish tajribali 

o’qituvchilar faoliyatini o’rganish, umumlashtirish va ilg’or tajribalarni 

ommalashtirishga qaratilgan ishlarni tashkil etish; 

-    zamonaviy pedogogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, 

pedogogik faoliyat bilan shug’ullanishni boshlagan yosh o’qituvchilarga pedagogik 

malaka va ko’nikmalarni egallashda yordam berish, axborot bazasini yaratish, 

o’quv mashg’ulotlarida zamonaviy o’quv-texnika vositalaridan, yakka tartibda 

o’qitish va mustaqil ta’lim olish uslublaridan samarali foydalanishni yo’lga 

qo’yish, o’qitishni zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan maxsus 

o’quv auditoriyalarida tashkil qilish, masofali o’qitish elementlarini rivojlantirish; 

-    ilmiy-pedogogik kadrlarni tayyorlash, kafedra mutaxassisligiga mos yoki 

turdosh ixtisosliklar bo’yicha doktorlik dissertasiyalarni ilmiy seminarlarda 

muhokama qilish, ta’lim xujjatlarining me’yor talabalariga javob berishini 

belgilash bo’yicha ekspert guruhlari tarkibida ishtirok etish; 

-    byudjetdan tashqari mablag’larni jalb etish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy 

yordam ko’rsatish maqsadida ishlab chiqarish korxonalari va boshqa xo’jaliklar 

bilan aloqa o’rnatish; 

-    oliy ta’lim muassasasi bitiruvchilari hamda mazkur kafedrada stajyor-

tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy xodim-izlanuvchi bo’lganlar bilan muntazam 

aloqalarni tashkil etish, bitiruvchilar monitoringini olib borish; 

-    kafedra ixtisosligi bo’yicha mutaxassislar malakasini oshirishga yo’naltirilgan 

tadbirlar o’tkazish, ta’lim xizmati ko’rsatish tizimini rivojlantirish; 

-    xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim sohasidagi hamkorlik aloqalarini 

rivojlantirish; 

-    talabalarning qiziqishlarini e’tiborga olgan holda turli mavzular, yo’nalishlar va 

ixtisosliklar, kasb-xunar turlari bo’yicha tugaraklar tashkil qilish va foydali mehnat 

bilan band qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; 

-    kafedrada o’qitiladigan fanlardan laboratoriya ishlarini to’liq va sifatli 

o’tkazilishini ta’minlash, hamda kafedra laboratoriyalarini zamonaviy uskuna va 


qo’rilmalar bilan jihozlanishiga homiylarni keng jalb etish; 

-    institut axborot-resurs markazini kafedra ta’lim yo’nalishlari va 

mutaxassisliklariga oid yangi o’quv, ilmiy-texnikaviy va davriy adabiyotlar bilan 

uzluksiz to’ldirish, yangilanishini doimiy nazorat qilish. 

Kafedrada quyidagi hujjatlar bo’lishi kerak: 

-o’quv, o’quv-uslubiy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni qamrab 

olgan ish rejalari; 

-talabalarda vatanparvarlik, o’z vatani bilan faxrlanish, boy milliy an’analarga, 

xalq merosi va umuminsoniy qadriyatlarga hurmatni shakllantirish bo’yicha 

“Ma’naviy” markazlar, talabalar turar joylarida o’tkaziladigan tadbirlar rejalari; 

-kafedra fanlari bo’yicha amaldagi me’yoriy, o’quv-uslubiy va boshqa hujjatlar; 

-    anketa ma’lumotlariga ega bo’lgan kafedra tarkibining ruyxati (katta ilmiy 

xodim-izlanuvchilar uchun tadqiqot mavzulari, rahbarlari va tadqiqotning 

bajarilish muddati ko’rsatilgan bo’lishi kerak); 



majlis bayonnomalari. 



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling