Samarqand veterinariya medisinasiinstituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS ISHI-Sadinov Javlon - 405-guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- IQTISODIYOT VA AGROTEXNOLOGIYA FAKULTETI
- 1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI
- 2. Fermer xo’jaligining resurslar salohiyati va ular bilan taminlanganlik holati 2.1. Yer-suv resurslari va fermer xo’jaliklarining ular bilan taminlanganlik
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MEDISINASIINSTITUTI
MENEJMENT
KURS ISHI
Mavzu: Fermer xo’jaligi faoliyatini diversifikasiyalashning huquqiy va iqtisodiy asoslari Bajardi: 405-gurux talabasi Sadinov Javlon Tekshirdi: M.Nazarova
Samarqand 2020
MUNDARIJA
KIRISH .......................................................................................................................... 3
1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI .................. 5
2. Fermer xo’jaligining resurslar salohiyati va ular bilan taminlanganlik holati .......... 8
2.1. Yer-suv resurslari va fermer xo’jaliklarining ular bilan taminlanganlik holati ..... 8
2.2. Mehnat resurslari va ular bilan fermer xo’jaliklarining ta’minlanganlik holati tahlili .............................................................................................................................. 9
11
3. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy va iqtisodiy asoslari . 13 3.1. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning ahamiyati ............................ 13
17
3.3. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning iqtisodiy asoslari ................. 20
4. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy asoslarini takomillashtirish .......................................................................................................... 24
4.1. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashni qonuniy takomillashtirib borish 24
kabul qilinishi .............................................................................................................. 26
XULOSA VA TAKLIFLAR ....................................................................................... 29
31
2 KIRISH
Respublikamizda mustaqillik yillarida agrar sohada amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar mazmuniga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, qishloq xo‘jaligida mahsulot yetishtiruvchi dehqonning moddiy manfaatdorligi va iqtisodiy erkinligini ta'minlash orqali mavjud yer va suv, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilganligini ko‘rish mumkin. Aholining yeriga, mol-mulkning haqiqiy egasiga aylanib borishi zamirida birinchi navbatda, mamlakat aholisining tobora o‘sib boruvchi ehtiyojlarini ichki imkoniyatlar hisobiga sifatli va nisbatan arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash masalasi mujassam. Bugungi kunda fermerlar faqatgina xomashyo yetishtirib beruvchi emas, balki uni qayta ishlovchi, qishloqlarga sanoatni olib kirib, ko‘plab yangi ish o‘rinlarini yaratayotgan ishbilarmonga aylanmoqda.
Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash hozirgi kunda dolzarb masala hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2017 yil 9 oktyabrda “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5199- sonli farmonini qabul qilinishi dehqon xo‘jaliklari, tomorqa yer egalarini huquq va manfaatlarini himoya qilish bilan birga, fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish, fermer xo‘jaliklarini 2018-2021 yillar mobaynida bosqichma bosqich to‘liq ko‘p tarmoqli xo‘jalik yuritish shakliga o‘tkazish kabi muhim vazifalar belgilab berildi.
Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etilishidan asosiy maqsad – tabiat omillari va moddiy-texnik resurslardan samarali foydalanish asosida sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarib moliyaviy barqorarlikka erishish hisoblanadi 1 . Shuning uchun ko‘p tarmoqli xo‘jaliklar tashkil etilganida qishloq joylarda yangi ish o‘rinlari barpo etiladi va uning natijasida aholini ish bilan ta'minlaning darajasi oshadi. Shu bilan bir qatorda qishloq aholisining sanoatni qayta ishlash va boshqa tarmoqlariga oqib o‘tish jarayoni yuzaga keladi.
Mamlakatning qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish tarkibi shakllanishida birlamchi ravishda uning geografik o‘rni, tabiiy-iqlim resurslari va resurs salohiyati muhim ahamiyat kasb etadi. Mavjud tabiiy imkoniyatlar yetarli bo‘lgan holatda, qishloq xo‘jaligi hududiy ixtisoslashuvi shakllantiriladi hamda mamlakat aholisining oziq- ovqat mahsulotlariga va sanoat tarmoqlarining xom-ashyoga bo‘lgan talabidan kelib chiqib, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beruvchi samarali ishlab chiqarish tanlanadi. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish tarkibi tanlanganidan so‘ng, bozor qonuniyatiga ko‘ra zarur bo‘lgan tovar ishlab chiqarish jarayoni boshlanadi, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchi tomonidan yaratilgan mahsulotga bozorda talabning bo‘lishi ishlab chiqaruvchi
1
Mamarasulov X. va boshqalar “Ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil etish va rivojlantirish masalalari”-Amaliy qo‘llanma.T-2016 y
3 daromadini ta'minlasa, mahsulotning haddan tashqari ortiqchaligi esa mavjud bozorning to‘yinishiga va bozorda mahsulot turlarining ortishiga olib kelishi oqibatida daromadning oshishiga aks ta'sir etadi. Shuning uchun doimiy ravishda mahsulot ishlab chiqaruvchining oldida bir muammo turadi, bu mamlakat qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish yo‘nalishini hisobga olgan holda daromadli ekinni yetishtirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirilgan holda davom ettirishidir. Bu savolga javob izlagan holda ishlab chiqaruvchi bir turdagi mahsulotdan ololmagan me'yoriy daromadini boshqa turdagi yangi mahsulotni ishlab chiqarish hisobiga ega bo‘lishga harakat qiladi. Bu intilish asosida ishlab chiqarishning diversifikatsiyalash jarayoni yotadi.
Kurs ishining maqsadi Fermer xo’jaligi faoliyatini diversifikasiyalashning huquqiy va iqtisodiy asoslarining predmeti agrar sektorda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini tashkil qilish, ular faoliyatini diversifikatsiyalash va fermer xo‘jaliklari faoliyati jarayonidagi iqtisodiy munosabatlari majmuini talabalarga o‘rgatish hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlar sharoitida fermer xo’jaliklarning diversifikasiyalashgan faoliyatini rivojlantirishning maqsadi fermer xujaliklari daromadlarini oshirish va
resurslardan samarali foydalanishda faoliyatni diversifikatsiyalash, qo‘shimcha va yordamchi tarmoklarni rivojlantirish bo‘yicha zarur bo‘lgan bilimlarni shakllantirish hamda O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni erkinlashtirish, agrar sohada
iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish tamoyillari asosida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ilg‘or texnologiyalar asosida tashkil etish va optimallashtirish bo‘yicha ma'lumotlar berishdan iborat.
4 1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI
Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra, bir tomondan, modernizatsiyalashning zaruriy tarkibiy qismi, boshqa tomondan, uni taqozo etuvchi sabab hisoblanadi. Shu jihatdan ushbu ikki jarayon o‘zaro uzviy bog‘liq.Diversifikatsiyalash ham ko‘p mazmunli va serqirra bo‘lib, uni fermer xo‘jaligining ko‘plab soha va jarayonlariga nisbatan qo‘llash mumkin. Fermer xo‘jaligi ishlab chiqarishini diversifikatsiyalash deganda, birinchi navbatda, uning faoliyat sohasini kengaytirish nazarda tutiladi.Odatda, fermer xo‘jaligining faoliyat sohasi u mansub bo‘lgan tarmoq ishlab chiqarishi bilan belgilanadi.
Fermer xo‘jaligi faoliyatini diversifikatsiyalash, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yoki ko‘rsatilayotgan xizmatlar assortimentini ko‘paytirishni nazarda tutadi. Bu o‘rinda fermer xo‘jaligi turli faoliyat sohalari bilan shug‘ullanishi shart emas. Odatda, bozor iqtisodiyoti sharoitida yagona, bitta mahsulot turini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaligi barkarorligi xavf- xatarning yuqori darajasi bilan tavsiflanadi. Chunki, ushbu mahsulot bozoridagi kon'yunkturaning salbiy o‘zgarishi fermer xo‘jaligi faoliyatiga jiddiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Quyida kurs ishini bajarish davomida foydalanilgan ayrim adabiyotlarga sharh berib o’tamiz:
1. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 21.12.1995 Mehnat kodeksi 16 bob 294-moddadan iborat. Mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks, O’zbekiston Respublikasi qonunlari va Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Qoraqalpog’iston Respublikasi qonunlari va Jo’qorg’i Kenges qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining hamda Qoraqalpog’iston Respublikasi Hukumatining qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya organlari o’z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlardan iboratdir.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jaligi ekin maydonlaridan samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida. 09.10.2017. PF-5199
3. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017
Prezident mazkur nutqda qishloq xo’jaligi faoliyat turlari boshqaruvi samaradorligiga alohida urg’u berib o’tdi.
Fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo’nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.
4. Mirziyoyev Sh.M. Qishloq xo’jaligi xodimlari kuniga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutq. www.president.uz. 09.12.2017
Prezident mazkur nutqda qishloq xo’jaligi faoliyat turlari boshqaruvi samaradorligiga alohida urg’u berib o’tdi.
5 Fermerlik harakatini rivojlantirish natijasida mamlakatimizda keyingi yillarda 160 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari shakllanib, ular bugungi kunda 10 dan ortiq yo’nalishlarda samarali faoliyat yuritmoqda.
Eng quvonarlisi, 12 mingdan ziyod fermer xo’jaligi rahbarlarini 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar tashkil etsa, 6 mingdan ortiq fermer xo’jaligiga xotin-qizlarimiz rahbarlik qilmoqda.
Ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklari oxirgi ikki yilda 45 foizga ko’payib, bugungi kunda ularning soni 75 mingtaga yetdi. Faqat shuning hisobidan joylarda, uzoq-uzoq qishloqlarda yuz minglab yangi ish o’rinlari barpo etildi.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni. Qishloq va suv xo’jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida. 17.04.2018. PF-5418-son
Mamlakatda qishloq va suv xo’jaligini rivojlantirish uchun zarur iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslar yaratish bo’yicha keng ko’lamli ishlar olib borilmoqda. Tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va bozor munosabatlari mexanizmlarini joriy qilishda fermer xo’jaliklari uchun qo’shimcha shart-sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Qishloq xo’jaligi tarmog’ining jadal rivojlanishi, o’z navbatida, suv resurslari iste’molining ortib borishiga olib keladi, ushbu holat yuzaga kelayotgan chaqiruv va xatarlarga nisbatan o’z vaqtida choralar ko’rilmagan taqdirda, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.
6. Mirziyoyev Sh. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: O’zbekiston, 2017. Prezident asarida quyidagilarga e’tibor qaratilgan:
2017-yilda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, shuningdek, barcha bo‘g‘indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni amalga oshirishi shart:
birinchi – ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum yetishtirishni ko‘paytirish;
ikkinchi – fermer xo‘jaliklarining moliyaviy-iqtisodiy holatini mustahkamlash. Oxirgi 10-yil mobaynida mineral o‘g‘itlar, yoqilg‘i-moylash materiallari va urug‘lik narxining o‘sishi bilan paxta xomashyosi va g‘allani xarid qilish narxlari o‘sishi o‘rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda;
uchinchi – o‘tgan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg‘arma rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur.
7. Dadaboyev T., Mirzaabdullayeva G. O’zbekiston qishloq xo’jaligi iqtisodiyotida olib
borilgan islohot
natijalari//Iqtisodiyot va
innovatsion texnologiyalar ilmiy elektron jurnali. -№ 1, 2018 1/2018 (№ 00033) www.iqtisodiyot.uz
Qishloq xo’jaligi mamlakat aholisining oziq-ovqat va iqtisodiyot boshqa tarmoqlarining xomashyo mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, maqolada ushbu sohaning mamlakatda oshitrilayotgan
6
islohotlar natijasida erishilgan natijalar tahlili va uni rivojlantirish bo’yicha taklif hamda tavsiyalar bayon etilgan.
8. Maxsutaliyev A., Xidirov T. Modernizatsiya – barqaror rivojlanish omili//Agro ilm - O’zbekiston qishloq xo’jaligi. – Toshkent, 2014. -4 (32)-son. -80- 81-b.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini ilg’or texnika va texnologiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Masalaning bu jihati naqadar muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda sohani texnik-texnologik jihatidan modernizatsiya qilishga katta e’tibor qaratilmoqda. Qishloq xo’jalik mahsulotalarini qayta ishlash sohasida 2015 yilga qadar 500dan ortiq loyiha ishga tushiriladi. 9. Murtazayev O., Axrorov F.. Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti. –T.: ILM-ZIYO, 2017.
Mazkur darslikning 4-bobi “Qishloq xo’jaligda mulk va xo’jalik yuritish shakllarining samaradorligi” deb atalib, 4.4 – “Fermer xo’jaliklarini rivojlantirish va samaradorligini oshirishda erishilgan yutuqlar. Ayrim rivojlangan mamlakatlarda fermer xo’jaliklari tajribasi” mavzusida quyidagilar yoritilgan: Fermerlik harakati, ularda xo’jalik yuritish samaradorlik darajasi bo’yicha to’plangan ijobiy tajribalar bizning mamlakatimizda fermerlik harakatini jadallashtirish, uning tez sur’atlar bilan barqaror rivojlanishi va samaradorligini oshirishda ma’lum darajada foydali ekanligini e’tiborga olib, Amerika Qo’shma Shtatlari qishloq xo’jaligida fermerlik harakati tajribasini o’rganish maqsadga muvofiqdir. 10. Rashidov J., Shavkarov B. Boshqaruv samaradorligini oshirish. //O’zbekiston qishloq xo’jaligi. –Toshkent, 2015. -№1. -3-b.
Mazkur maqola mualliflari boshqaruv samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni taklif qilishadi:
- Boshqaruv xodimlari malakasini zamonaviy bilimlar orqali oshirib borish; - Xorij tajribalaridan keng foydalanish;
- Ilg’or texnologiyalarni, zamonaviy kommunikasiya vositalarini joriy yetish; - Ilmiy tadqiqot ishlari va innovasiyalarni joriy etishni rag’batlantirish;
- Xodimlar tashabbuslarni qo’llab quvvatlash, samarali mehnatni rag’batlantirish.
11. Saidov M.X., Mamatqulov A.V. Fermer xo’jaliklarida strategik boshqaruv faoliyatini takomillashtirish//Meva - sabzavotchilik majmuida iqtisodiy munosabatlar tizimini va menejmentning axborot – tahlil ta’minotini takomillashtirish. –Toshkent, 2017.
buyurtmachi tashkilotlar, qayta ishlovchi,moddiy ta’minot korxonalari va hamkor tashkilotlarning faoliyatiga ham bog’liqdir. Shu bois ular bilan ham uzoq muddatga belgilangan integrasion faoliyat yo’nalishlari oydinlashtirib olinishi, ya’ni hamkorlik shartnomalari tuzib olingan bo’lishi zarur. Integrasiyaviy tizimda inson omilining faollik darajasi yuqori bo’lishligi uning eng muhim shartlaridan biridir. “Inson omili
– bu turli holatlarni egallagan klass, qatlam va guruhlarning faoliyat yuritishda o’zaro ta’sir etishi bilan jamiyat taraqqiyotini ta’minlaydi”.
7
2. Fermer xo’jaligining resurslar salohiyati va ular bilan taminlanganlik holati
holati
O’zbekiston Respublikasining barcha yer resurslari yagona yer fondini tashkil etadi. Ular maqsadli foydalanishiga qarab, O’zbekiston Respublikasi yer kodeksining 2-bobida ko’rsatilganidek quyidagi kategoriyalarga bo’linadi: 1. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar; 2. Aholi punktlarining yerlari; 3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo’ljallangan yerlar;
4. Tabiatni muhofaza qilish, sog’lomlashtirish, rekreasiya maqsadlariga mo’ljallangan yerlar;
5. Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar; 6. o’rmon fondi yerlari; 7. Suv fondi yerlari; 8. Davlat zahira yerlari.
Yer resurslari - buyuk va hech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan milliy boylik. Yer resurslari, boshqa ishlab chiqarish vositalardan tubdan farq qilgani holda, asosiy ishlab chiqarish vositasi hisoblanib, bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi iqtisodiga katta ta’sir ko’rsatadi.
1. Yer tabiat mahsuli. Inson mehnati tuproq xususiyatini o’zgartiradi, bu uning mehnat predmeti ekanligi, o’simliklarning rivojlanishi va o’sishga ta’sir ko’rsatishi uning mehnat vositasi ekanligi. Ikkalasi birgalikda uning ishlab chiqarish vositasi ekanligini bildiradi.
2. Yerning hududiy chegaralanganligi va uning takror yaratilmasligi. Yer boshqa ishlab chiqarish vositalari kabi insonnig xohishi bilan ko’payib qolavermaydi.
3. Yerni almashtirish mumkin emasligi. Yerni boshqa ishlab chiqarish vositalari kabi almashtirib bo’lmaydi, undan boshqa ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga qarab takomillashganlari bilan almashtiriladi.
4. Yerni siljitib bo’lmasligi. Yer qayerda joylashgan bo’lsa, o’sha yerda undan foydalanish mumkin, uni bir joydan boshqa joyga ko’chirish mumkin emas.
5. Yer uchastkalarining sifati bo’yicha turli tumanligi. Yer uchastkalariga bir xil miqdorda mablag’ va mehnat sarflansa ham olinadigan mahsulotlar miqdori turlicha bo’lishi mumkin.
6.Boshqa ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish jarayonida foydalanilganda eskiradi, o’zining foydalilik xususiyatini kamaytiradi va butunlay ishdan chiqadi.
Fermer xo’jaliklari sonining muntazam optimallashtirilib borishi natijasida fermer xo’jaliklari soni qisqartirilib ularga biriktirilgan yer maydoni oshib bormoqda.
Kattaqo’rg’on tumanining yer resurslari tarkibini ma’lumotlar asosida ko’rib chiqamiz (2.1.1-jadval).
8 Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling