Samarqand veterinariya medisinasiinstituti iqtisodiyot va agrotexnologiya fakulteti
Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS ISHI-Sadinov Javlon - 405-guruh
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.1.1-jadval
- 4.2. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashni me’yoriy- xuquqiy xujjatlarni kabul qilinishi
- Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish jarayonining asosiy
- 1– rasm. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlari
- XULOSA VA TAKLIFLAR
4. Fermer xujaligi faoliyatini diversifikasiyalashning xuquqiy asoslarini takomillashtirish
borish
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlab chiqarishni oqilona tashkil etishning tamoyillaridan biri ularda ixtisoslashuvni chuqurlashtirish va ishlab chiqarishda mavjud tarmoqlarni eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiq uyg‘unlashtirishdan iboratdir. Qishloq xo‘jaligi sohasida korxonalarning ixtisoslashuvi deyilganda ularning faoliyati natijasida mahsulotlarning avvaldan belgilangan yoki ma'lum bir turlarini ishlab chiqarishga qaratilganligi tushuniladi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida bu jarayon, odatda ma'lum bir sohalarning qisqarishi tufayli ikkinchi bir soha yoki sohalarning kengayishi bilan bog‘liq.
Ixtisoslashuvning maqsadi korxona sohalarining ma'lum bir tovar mahsulotlarini ishlab chiqarishga moslashuvidan keladigan daromadlarni ko‘paytirish uchun shart- sharoitlar yaratish, mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, chiqimlarni kamaytirish, mehnat samaradorligini yuksaltirish hamda mahsulot sifatini yaxshilashdan iboratdir.
Ixtisoslashuv ishlab chiqarish resurslarini markazlashtirib, ko‘p tarmoqli xo‘jalikdan ixtisoslashgan xo‘jalikka o‘tish, qishloq xo‘jaligi oldida samaradorlik hamda sifat ko‘rsatkichlarini oshirish vazifasi turgan hozirgi iqtisodiy islohotlar chuqurlashayotgan bir paytda O‘zbekiston Respublikasi uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Ixtisoslashuv ishlab chiqarishning yuksak samaradorligi ko‘rsatkichlari asosida mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish, qishloqlarda ijtimoiy muammolarni hal etishda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tashkiliy asosining dastagi sifatida harakat qiladi.
Mehnat taqsimoti va uning o‘ziga xos shakli ya'ni-ixtisoslashuv ishlab chiqarishning tovar formasi bilan bir paytda paydo bo‘lgan. Ular, mehnat taqsimoti tovar ishlab chiqarilishi rivoji, korxonalar va tovar mahsu-lotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida mahsulot almashuvi hamda o‘zaro xizmat ko‘rsatishda muhim rol o‘ynaydi. Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashuvning o‘z ob'ektiga ega bo‘lgan turli shakllari mavjud.
Xo‘jalik faoliyatini samarali yuritish, ishlab chiqarishni tashkil etishdagi ko‘pgina muammolarni to‘g‘ri hal qilishda ilmiy asoslangan rejalashtirish, moddiy- texnik ta'minot, ishlovchilarni moddiy rag‘batlantirishda qishloq xo‘jaligi korxonasi va bo‘linmalarining ixtisoslashuvi, ya'ni ishlab chiqarish yo‘nalishini to‘g‘ri belgilash katta ahamiyatga ega.
Shakllangan ixtisoslashuvni to‘g‘ri aniqlash uchun ma'lum ko‘rsatkichlar va mezonlardan oqilona foydalanish zarur. Ixtisoslashuv joriy va qiyosiy baholarda hisobla-nadigan tovar mahsuloti ishlab chiqarish samarasini belgilaydigan hodisadir.
24
Amaliyotda shakllangan ishlab chiqarish yo‘nalishini asosiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining umumiy daromadda so‘nggi uch yil davomidagi mahsulot realizatsiyasidagi ulushi bo‘yicha aniqlash tavsiya etiladi.
Ixtisoslashgan xo‘jaliklar deb mahsulot realizatsiyasidan bosh tarmoqda umumiy foydaning 50 % dan kam bo‘lmagan hissasiga ega bo‘lgan korxonalarni hisoblash mumkin. Masalan, agar xo‘jalikda paxta yoki g‘alla hissasi 50% yoki undan ortiqni tashkil etsa, bunday korxona paxtachilik yoki g‘allachilik yo‘nalishidagi xo‘jalik hisoblanadi. Agar qishloq xo‘jaligi korxonasida ikki sohadan har birining hissasi 25 %dan kam bo‘lmasa, bunday xo‘jalik ham ixtisoslashgan korxona hisoblanadi va uning ishlab chiqarish yo‘nalishi bosh tarmoq, ya'ni qishloq xo‘jaligi mahsu-lotlari realizatsiyasidan tushgan umumiy foydaning nisbatan ko‘p qismini tashkil etgan sohaning ulushiga qarab aniqlanadi.
Uch yoki undan ziyod asosiy sohalarga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi korxonalari ixtisoslashgan xo‘jaliklar tarkibiga kirmaydi.
O‘zbekiston Respublikasida ixtisoslashuv yo‘nalishi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi korxonalari asosan quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
-o‘simlikchilik: g‘allachilik, sabzavotchilik, paxtachilik, pillachilik, sholikorlik, mevachilik, poliz mahsulotlari va h.z. ishlab chiqaruvchilar;
-chorvachilik: sut mahsulotlari, go‘sht mahsulotlari, yilqichilik, qo‘ychilik va parranda mahsulotlari yetkazuvchilar.
Ko‘p tarmoqli xo‘jalikdan ishlab chiqarish resurslarining yuksak darajada markazlashgan ixtisoslashgan xo‘jalikka o‘tishi qishloq xo‘jaligi sohasida samaradorlik va sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash vazifalari turganda alohida ahamiyat kasb etadi. Ixtisoslashuv qishloq xo‘jaligining barqarorligini ta'minlovchi, ishlab chiqarishning yuksak samaradorligida mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytiruvchi, qishloqda ijtimoiy muammolarni hal qilishni ta'minlovchi tashkiliy omil sifatida yuzaga chiqadi.
Mehnat taqsimoti va uning o‘ziga xos shakli bo‘lgan - ixtisoslashuv ishlab chiqarishning tovar formasi bilan birga paydo bo‘lgan. U tovar ishlab chiqarish rivoji, tashkilotlar hamda tovar ishlab chiqaruvchilararo mahsulot va xizmat ayirboshlashga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari ixtisoslashuvi murakkab iqtisodiy jarayon sifatida ko‘pincha qarama-qarshi yo‘nalishlarda, ya'ni goh tezlashtiruvchi, goh sekinlashtiruvchi ko‘pgina omillarning ta'sirida rivojlanadi. Har qanday sharoitda ham u ishlab chiqarishni tashkillashtirishga katta ta'sir ko‘rsatadi. Xo‘jaliklarda ixtisoslashuvning tezlashuvi, xususan qishloq xo‘jaligi mashinasozligida ilmiy-texnik taraqqiyotga imkon yaratadi. Qishloq xo‘jaligini yirik mashinali ishlab chiqarish tarmog‘iga aylantirish, asosiy texnologik jarayonlarni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish, tizimga mashinalarni kiritishga imkon beradi 6 . Qarama-qarshi yo‘nalishda o‘z-o‘zini ta'minlash, yil davomida ishning bir tekis taqsimlanishi, qo‘shimcha mahsulotdan foydalanish kabi ixtisoslashuvga to‘siq bo‘ladigan omillar amal qiladi. Universalligi bilan farqlanadigan ko‘p tarmoqli
Yusupov M.S. Qishloq xo‘jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish: O‘quv qo‘llanma. –T.: Adab, 2009
xo‘jaligi bo‘lgan tumanlarda shunday holatlar mavjud bo‘ladi. Ular bir xil nisbatlarda bir xil mahsulotlarga ishlov beradilar, almashlab ekishda bir xillikga egalar, bir xil turdagi jonivorlarni boqadilar. Ixtisoslashuvning chuqurlashuvi turli tarmoq-lar va ishlab
chiqarishda universal ishlab chiqarish kuchlarining yaratilishidan foydalanishga to‘sqinlik qiladi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida tarmoqlarni muvofiqlashtirishning quyidagi tamoyillari mavjud:
- o‘z-o‘zini mablag‘ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni yuritishning eng samarador va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish;
- xo‘jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o‘ziga xosliklarini eng yuqori darajada hisobga olish;
- xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash;
- ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va boshqa qimmatbaho mashina hamda jihozlardan samarali foydalanish;
- mahsulotlarni realizatsiya qilish punktlarini tashkil qilish, transport chiqimlarini kamaytirish;
- korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, turli xizmatlarga ichki ehtiyojlarini qondirish;
- mahalliy aholining kasbiy ko‘nikmalaridan foydalanish. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi ixtisoslashish xarakteriga ko‘ra asosiy, qo‘shimcha va yordamchi sohalar (tarmoqlar)ga bo‘linadi. Ishlab chiqarishning bu xilda ixtisoslashuvi yer, mehnat va moddiy resurslaridan unumli foydalanish va shu asosda ko‘proq xilma-xil qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish imkonini beradi.
O'lchov
Yillar 2018 yilda 2016 № Ko'rsatkichlar
yilga nisbatan farq birligi
2016 2017
2018 (+/-)
%
1 Jami qoramol bosh soni bosh 54729
63009 63501
8772 116,0
- sh.j.: sigirlar bosh soni bosh 21719
28774 28870
7151 132,9
2 Qo'y-echkilar soni bosh
533774 515493
561221 27447
105,1 3 Otlar bosh 2339
2379 2465
126 105,4
4 Parrandalar ming bosh 224960 273587
315006 90046
140,0
*Manba: Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jaligi bo’limi ma’lumotlari
4.1.1-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Kattaqo’rg’on tumanida 2016- 2018 yillarda barcha chorva turlari sonida o’sish kuzatildi.
xuquqiy xujjatlarni kabul qilinishi
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko‘paytirishning eng ustuvor yo‘li – qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda intensiv agrotexnologiyalarni qo‘llash, sohani tom ma'noda modernizatsiya qilishdir. O‘zbekiston Respublikasi
26
Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqdangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish bo‘yicha aynan shu vazifalarning yechimini topish va amalga oshirishga asosiy e'tibor qaratilgan (2.1 - rasm).
Qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish orqali ishlab chiqarishni izchil rivojlantirish, mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, agrar sektorning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish istiqbolda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng muhim vazifalardan sanaladi.
Birinchi navbatda 2016-2020 yillar oralig‘ida paxta xomashyosi yetishtiriladigan maydonlarni 170,5 ming va sug‘oriladigan g‘alla maydonlarini 50,0 ming gektarga qisqartirish hisobiga kartoshka maydonini 36,0 ming, sabzavotlar maydonini 91,0 ming, intensiv bog‘lar maydonini 18,0 ming, ozuqa ekinlarini 50,3 ming, moyli ekinlarni 14,0 ming va uzumzorlarni 11,2 ming gektarga kengaytirish bilan bog‘liq ekin maydonlarini yanada optimallashtirish ishlari amalga oshiriladi.
Harakatlar strategiyasi doirasida oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish bo‘yicha 2016-2020 yillarda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish belgilangan:
- yangi intensiv bog‘ va tokzorlar tashkil qilish, mavjudlarni rekonstruksiya qilish ishlarini davom ettirish;
- jami mevali bog‘lar maydonida intensiv bog‘larning ulushini 2016 yildagi 10 foizdan 2020 yilgacha 30 foizga yetkazish natijasida ularning hosildorligini kamida 3-4 martaga oshirish;
- intensiv bog‘lar va tokzorlarda bosqichma-bosqich yiliga 5,7 ming gektardan tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish;
- respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos pakana va yarim pakana daraxt ko‘chatlari va payvantaklari yetishtirishni 7000000 taga oshirish;
- dunyo bozorlarida talab yuqori bo‘lgan eksportbop intensiv bog‘ mevalari ko‘chatlari navlarini sinash va ularni Davlat reestriga kiritish;
- shaxsiy tomorqalardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha zamonaviy texnologiya va tajribalarni targ‘ibot qilish hamda tarqatish;
- aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklarida muqobil elektr energiyasi manbalaridan foydalanadigan yengil konstruksiyali issiqxonalar, kichik
parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa yuqori daromadli xo‘jaliklarni tuzishda amaliy yordam ko‘rsatish;
- xo‘l meva-sabzavotlar, qayta ishlangan mahsulotlarni saqlash va eksportga jo‘natishga mo‘ljallangan muzlatkichli omborxonalarning umumiy hajmini 632 ming tonnaga yetkazish;
- almashlab ekish tartibini qo‘llagan holda, uzoq muddatga qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishni rejalashtirishga o‘tish asosida tuproq unumdorligi va ekinlar hosildorligini oshirish;
- respublika tuproq-iqlim sharoitiga mos, qurg‘oqchilikka, sho‘rlikka, issiqlikka, kasalliklarga chidamli qishloq xo‘jaligi ekinlari navlari va xayvonot turlarini yaratish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish.
27
Bugungi kunda ushbu dasturiy vazifalarning bajarilishini ta'minlash maqsadida hamda jahon tajribasidan kelib chiqqan holda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish jarayonini quyidagi yo‘nalishlarda olib borish maqsadga muvofiq (1– rasm):
yer va suv resurslaridan oqilona, samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni ta'minlovchi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda bu sohaga tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etish
qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishni ta'minlash tovarlik darajasi yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari – bog‘dorchilik (meva, sabzavot, uzum), parranda va baliqchilik hamda sut va sut mahsulotlari ishlab chiqarish sohalarini modernizatsiya qilish qishloq xo‘jaligini ekologik omillar asosida rivojlantirish
qishloq xo‘jaligini suv bilan ta'minlash va suvdan foydalanish tizimini modernizatsiya qilish
agrar soha uchun kadrlar tayyorlash, qishloq xo‘jaligi mutaxasisilarining bilimi va kasbiy malakasini oshirish
iqlim o‘zgarishi va unga moslashish yo‘nalishidagi modernizatsiya, iqlim o‘zgarishiga mos ravishda tarmoqlarni diversifikatsiyalash
respublikamiz biotexnologiya sohasini jadal sur'atlarda taraqqiy ettirish qishloq xo‘jaligi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ishlab chiqarish jarayonlarining mexanizatsiyalashganlik darajasini oshirish
dehqon va fermer xo‘jaliklari, qishloq tadbirkorlarini mini texnika va texnologiyalar bilan ta'minlash tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini zamon talablari asosida o‘zgartirish
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarni rivojlantirish, qishloq ijtimoiy-hududiy infratuzilmasini shakllantirish hamda qishloq xo‘jaligida mehnat munosabatlarini takomillashtirish
- yer va suv resurslaridan oqilona, samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni ta'minlovchi innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda bu sohaga tashqi va ichki investitsiyalarni jalb etish. Buning uchun agrar tadbirkorlik sohasining investitsion jozibadorligini oshirishni ta'minlovchi moliyaviy-iqtisodiy sharoitlardan iborat investitsion iqlim yaratish;
- qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligini oshirishni ta'minlash. Bunda asosiy e'tibor mahsulotning sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilanishni, ya'ni uning xaridorgir, iste'molbop va xushxo‘rligini ta'minlovchi ko‘rsatkichlar tizimi shakllantirilishiga qaratilishi lozim;
28 XULOSA VA TAKLIFLAR
Hozirda fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish faoliyatini diversifikatsiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Izlanishlar natijasida fermer xo‘jaliklari ishlab chiqarish faoliyatini diversifikatsiyalashning o‘ziga xos yo‘llari ishlab chiqildi. Bunda qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalashning jahonning rivojlangan mamlakatlari tajribalari va respublikamiz iqtisodiyoti va qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos iqtisodiy-ijtimoiy xususiyatlari inobatga olingan. Erishilgan yutuqlar, o‘z navbatida, respublikamiz fermer xo‘jaliklari faoliyatiga izchillik bilan jalb etilmoqda. Optimal tarzda tashkil qilingan diversifikatsiyalashning boshqa turdagi tadbirlardan asosiy farqi shundaki, u ishlab chiqarish samaradorligi va faoliyat rentabelligini oshishiga tez ta’sir ko‘rsatadi.
Respublikamizda fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalashning asosiy turlari sifatida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash, boshqa fermer xo‘jaliklariga agrotexnik xizmatlar ko‘rsatish, turli moliyaviy operatsiyalarda ishtirok etish va boshqalar muhim yaxshi rivojlangan. Fermer xo‘jaliklarining qo‘shimcha tarzda ushbu faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi, birinchidan, qo‘shimcha daromad manbaining tashkil topishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida ishlab chiqarishni modernizatsiyalash imkonini beruvchi moliyaviy mablag‘lar manbalarini shakllantiradi. Chunki ishlab chiqarishni ichki manbalar hisobidan qayta tashkil etish, kengaytirish yoki yangilash har doim ham taqsimlanmagan foyda asosida amalga oshiriladi.Ikkinchidan, bir-birini qoplash mexanizmi shakllanganligi hisobiga faoliyat barqarorligi ta’minlanadi. Bunda asosiy ishlab chiqarish faoliyatidagi ko‘zda tutilmagan zararlar qo‘shimcha faoliyatdan olingan foyda hisobiga qoplanadi. Bu holat teskari tarzda ham ro‘y berishi mumkin. Ayniqsa, bu xususiyat iqtisodiy tavakkalchilik kuchli bo‘lgan qishloq xo‘jaligida qo‘l keladi.
Tadqiqotlar natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Kattaqo’rg’on tumanida 2009-2018 yillarda suv ta’minoti turli ko’rinishda bo’lgan va so’nggi yillarda suv ta’minotida miqdoran pasayish kuzatilgan. Tuman qishloq xo’jaligi 2010-2014 yillarda 116,8 -145 mln m 3 suv resurslariga ega bo’lgan bo’lsa, 2015-2018 yillarda 77,9-111 mln m 3 suv resurslari bilan ta’minlangan. 2. Kattaqo’rg’on tumani qishloq xo’jaligini 2016-2018 yillar ma’lumotlari asosida o’rganish natijasida jami daromadlar – 33,9%ga, xarajatlar – 33,2%, yalpi foyda – 37,1%ga ko’payishi, rentabellik darajasini 0,7 punktga oshishiga ta’sir etganligini ko’rish mumkin. Tumanda asosiy qishloq xo’jalik mahsulotlaridan 2018 yilda kartoshka – 82670,6 tonna, g’alla – 41669,0 tonna, sabzavot – 270144,5 tonna yetishtirilgan bo’lsa, bu ko’rsatkichlar 2016 yilga nisbatan kamayganligi kuzatildi.
Kattaqo’rg’on tumani barcha turdagi xo’jaliklarida go’sht va sut ishlab chiqarish miqdori, qilingan xarajatlar va tannarxida o’sish kuzatilgan. Jami xarajatlar 2016- 2018 yillarda go’sht ishlab chiqarishda – 139094,9-153680,6 mln so’m oralig’ida bo’lib, tahlil etilgan davrda 14585,6 mln so’mga yoki 10,5%ga oshgan; sut ishlab chiqarishda - 34544,5-47685,6 mln so’m oralig’ida bo’lib, tahlil etilgan davrda 13141,0 mln so’mga yoki 38,0%ga oshgan. Tannarxning ham mazkur davrda – go’sht yetishtirishda – 1,9% va sut yetishtirishda – 33,3%ga oshganligi kuzatildi.
29
Qishloq xo‘jaligi korxonalarida tarmoqlarni muvofiqlashtirishning quyidagi tamoyillari mavjud:
- o‘z-o‘zini mablag‘ bilan qoplash asosida ishlab chiqarishni yuritishning eng samarador va iqtisodiy barqaror darajasiga erishish;
- xo‘jalikning tuproq-iqlim va iqtisodiy o‘ziga xosliklarini eng yuqori darajada hisobga olish;
- xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta'minlash;
- ishlab chiqarish vositalari, eng avvalo traktorlar, kombaynlar va boshqa qimmatbaho mashina hamda jihozlardan samarali foydalanish;
- mahsulotlarni realizatsiya qilish punktlarini tashkil qilish, transport chiqimlarini kamaytirish;
- korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari, ishlab chiqarish vositalari, turli xizmatlarga ichki ehtiyojlarini qondirish;
- mahalliy aholining kasbiy ko‘nikmalaridan foydalanish. Fermer xo‘jaliklari faoliyatini diversifikatsiyalash uchun olib boriladigan muhim vazifalar sifatida quyidagilarga e'tibor qaratish zarur:
– fermer xo‘jaliklarida moddiy-texnika bazasini yangi texnika va texnologiyalar kiritish asosida yaxshilash va yangilash;
– ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish va qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirishda tor ixtisoslashtirishga o‘tish;
– xo‘jalikdagi har bir jarayonni ilmiy asoslangan holda raxbarlik qobiliyatiga ega shaxs tomonidan boshqarilishi va kadrlarni to‘g‘ri tanlay bilish;
– har bir xo‘jalik yurituvchi sub'ekt o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib istiqbolli diversifikatsiya strategiyasini ishlab chiqishi lozim.
30 |
ma'muriyatiga murojaat qiling