3. 2018 yil 2 oktyabrda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash “Raqamli ishonch” jamg’armasi hamda Rossiyaning Blockchain Industrial Alliance kompaniyasi o’rtasida Blokcheyn texnologiyasi sohasidagi Memorandum imzolanganidan so’ng, 12 noyabr kuni O’zbekistonda ilk bor - “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartizatsiyasi Davlat markazi” DUK avtomatlashtirilgan reyestrlar tizimida blokcheyn texnologiyasining pilot loyihasi joriy etildi. Shu tariqa mazkur obyekt ma’lumotlari har qanday manipulyatsiyadan himoyalandi.
Ma’lumki, blokcheyndagi barcha ma’lumotlar to’planib, doimiy ravishda to’ldirib boriluvchi ma’lumotlar bazasini shakllantiradi. Mazkur ma’lumotlar bazasidan hech bir ma’lumotning o’chirilishi yoki bloki almashtirilishi mumkin emas, u cheksizdir – unga tranzaksiyalarning cheksiz sonini qayd etish mumkin. Bu blokcheyn texnologiyasining raqamli ishonchga asoslangan asosiy xususiyatlaridan biridir. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo’llab-quvvatlash “Raqamli ishonch” jamg’armasining texnologiyalar bo’yicha investitsion direktori Bobir Akilxanovning izohlashicha: “Biz ishni eng oddiy qadamdan – blokcheynni dori vositalari ma’lumotlar bazasiga joriy etishdan boshladik. Blokcheyn mazkur bazadagi barcha harakatlarni shaffof etadi va bu bilan farmatsevtika mahsulotlari sifatining davlat nazorati tizimiga ishonchni oshiradi. Bizning keyingi qadamlarimiz – bu blokcheyn platformasida tovarning to’liq hayot davrini qayd etishdir”.
“Blokcheyn tibbiyotda yangi imkoniyatlar ochadi. Avvalo, bu o’ta muhim ma’lumotlarni yagona ishonchli saqlash joyiga birlashtirishdir. Ma’lumotlar bilan barcha muassasalar, shifokorlar, tovarlar yetkazib beruvchilar, bemorlar tanishishlari mumkin. Buning natijasida jamiyat va davlatning shaffof nazorati va auditi yaratilmoqda, shuningdek, muntazam jarayonlar avtomatlashtirilmoqda”, - deydi
Do'stlaringiz bilan baham: |