Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Karotinoid bo’yoq moddalarini olish


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

Karotinoid bo’yoq moddalarini olish. Karotinoid bo’yoq moddalari asosan 
sabzidan olinadi. Toza sabzi ildizmevalari maydalanadi. Keyin esa ochiq havoda 
24 soat davomida uy haroratida quritiladi. Keyin esa bosqichma – bosqich issiqlik 
ishlovi beriladi. Bunday dastlab havo atmosferasida 40
o
C da 2 soat ishlov beriladi, 
keyin esa 60
o
C da 2 soat ishlov beriladi. Oxirida esa 90
o
C da yana ikki issiqlik 
ishlovi beriladi. Keyin esa karotinoidli bo’yoq moddalari 90
0
li etanol bilan 
ekstraksiya qilinadi. Bunda etanolning temperaturasi 50
o
C ni tashkil etishi kerak. 
Ekstraksiya jarayonini o’tkazishda 20 g quritilgan xom ashyoga 50 ml spirt 
mikroida hisoblash ishlari amalga oshirilishi kerak. Ekstraksiya esa 24 soat davom 
etadi. So’ngra bo’yoq ekstrakti filtrlanadi va vakuumlarda ishlov berib 
quyultiriladi. 
Uzum to’ppasidan bo’yoq moddasi olish. Sharbati ajratib olingan uzum 
to’ppasiga 1:1 nisbatda 1 % li kimyoviy toza xlorid kislotasi eritmasi solinadi va 
12 – 20 soat davomida ekstraksiya jarayoni borishi uchun ushlab turiladi. Bunda 
massani vaqti – vaqti bilan aralashtirib turish tavsiya etiladi. So’ngra bo’yoq 
moddalarining eritmaga tezroq o’tishini ta’minlash uchun 65 – 70
o
C gacha 
qizdirilib, 30 – 60 daqiqa davomida ushlab turiladi. Ekstraksiya jarayoni tugashi 
bilan massa sovutiladi, suyuq qismi ajratib olinadi, qolgan qismi esa presslanib, 
suyuq fraksiyasi ajratiladi. Bu suyuq fraksiya birinchi olingan suyuq qismga 
qo’shiladi. Keyin tindiriladi va filtrlanadi. 


103 
Shu asosda uzum to’ppasidan tayyorlangan birinchi ekstrakt qizil rangli 
suyuqlik bo’lib, uning zichligi 1010 – 1080 kg/m
3
ni tashkil etadi. Bu rangli 
suyuqlikning 1 litrining tarkibida qand mikroi 3 – 5 % ni, bo’yoq moddalari esa 5 – 
7 g ni tashkil etadi. Bu ekstrakt tarkibida bo’yoq moddalarining konsentrasiyasi 
juda kam bo’lganligi uchun oziq – ovqatlarni bo’yash uchun yaroqli emas. Shu 
sababli bu ekstraktni zanglamaydigan po’latdan qilingan vakuum – apparatlarda 60 
– 65
o
C haroratda quyultiriladi. Bu ekstraktni saqlaganda cho’kma hosil bo’lishi 
tezlashadi. Buning asosiy sababi rang beruvchi modda enin, sekinlik bilan 
glyukozani yo’qotib, suvda yomon eriydigan aglyukon enidin hosil qiladi. 
Tabiiy bo’yoqda bo’yovchi moddalar mikroini oshirish maqsadida 
bo’yovchi moddalar pasta va kukun holatiga ham keltiriladi. 
Masalan: Italiya firmasi kukun holidagi uzum bo’yog’i ishlab chiqaradi. 
Buning uchun uzum to’ppasi ekstrakti tayyorlanib, neytralizasiya qilinadi va 
eritma purkash usulida quritilib, undan kukun tayyorlanadi. Bu mahsulotda 
bo’yovchi moddalarning mikroi oshlovchi moddalar bilan birga 67,5 % ni tashkil 
etadi. Shuningdek, quruq enobo’yoq moddalari olishning yana bir usuli 
antosianlarni ikki valentli metallarning kompleks birikmalari holatida cho’kmaga 
tushirish usuli hisoblanadi. Bunda dastlab bo’yoq moddalarining xlorid kislotadagi 
eritmasi NaOH bilan RN birga teng bo’lguncha neytralizasiya qilinadi. Keyin esa 
eritma CaCl
2
tuzi bilan ishlanadi. So’ngra 3 – 4 soatdan keyin suvda erimaydigan 
cho’kma ajratiladi, quritiladi. Keyin esa quritilgan massa maydalanadi (A2, X3, I-
s). 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling