Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chegaralangan kondisiyalar
Asosli kondisiyalar. Shirkat va dehqon-fermer xo’jaliklari tomonidan
tayyorlangan don va urug’ sifati me’yorlash bo’yicha qoniqtirishi asosli kondisiyalar deb aytiladi. Asosli kondisiya-lar don va urug’larni saqlash davrida uning saqlanuvchanligini va bir joydan ikkinchi joyga jo’natilishida sifat saqlash talab qilingan darajada hamda uni qayta ishlashda yuqori sifatli mahsulot chiqishi tavsifini ta’minlashi kerak. Shuning uchun asosli kondisiyalar don va urug’ning hisob-kitobi yo’lga qo’yilgan bo’lib, ular uchun topshirish hamda sotib olish narxi belgilangan. Don va urug’lar davlat tomonidan belgilangan narxlar bilan to’lanadi. Agar don sifati ko’zlangan kondisiyalardan farq qilsa, u vaqtda qisman chegirish va qo’shimcha haq qo’shiladi. Don va urug’lar asosli kondisiyalarga asl og’irlik, namlik, begona o’t va don aralashmalari kabi eng asosiy sifat saqlash kiritilgan. Asosli kondisiyalarni ifloslik va ombor zararqunandalari bilan zararlanishi barcha tuproq va iqlim sharoiti uchun yagona. Chegaralangan kondisiyalar. Davlatga sotiladigan don va urug’larning sifatini pasayishi me’yor bilan cheklangan bo’lib, chegaralangan kondisiya deb aytiladi. Bu me’yorlar oxirgi ko’rsat-kich bo’lib, don qabul qiluvchi korxonalar tomonidan maxsus rux-satnomaga binoan qabul qilinadi. Agar donning sifati chegaralan-gan kondisiyadan past bo’lsa, u vaqtda don qabul qiluvchi korxona-lar maxsus ruxsatnoma bo’yicha qabul qilinishi mumkin. Don sotib olish rejasiga ko’ra quyidagi kamchiliklari bor bo’lgan donlar qabul qilinmaydi: har xil yomon hidlari bo’lib, qizib sasiydigan shamollatganda hidlar yo’qolmaydigan (benzin, kerosin); urug’lar aralashmasi tarkibida 1% dan ko’p mayda toshlar mavjud, don uyumlari aralashmasi tarkibida unib chiqqan donlar mikroi 5% dan yuqori bo’lsa va boshqalar. Asosli chegirish kondisiyadan sifat bo’yicha chetlanish yoki o’zgarishlarga yo’l qo’yilsa, u vaqtda asl va pulli chegirish hamda qo’shish qo’llaniladi (26-jadval). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling