Samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Sitrus mevalarining to’ppasidan pektin ajratib olish


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/117
Sana20.09.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1682996
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117
Bog'liq
sabzavot va mevalar

Sitrus mevalarining to’ppasidan pektin ajratib olish. Sitrus pektini 
asosan limon, apelsin va greymfrut sedrasidan olinadi. Pektin olish uchun asosan 


102 
tarkibida pektini bor quritilgan xom ashyodan foydalaniladi. Pektin olish quritilgan 
xom ashyoni ekstraksiyaga tayyorlash, maydalash va maydalangan xom ashyoni 
bir marta yoki ikki marta yuvish kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi. Bunda suvning 
harorati 10 – 20
o
C bo’lishi kerak. Protopektinni gidrolizlash uchun xlorid, sulfat, 
nitrat, limon, sirka va forfor kislotalaridan foydalanish mumkin. Ko’pchilik 
hollarda oqartirish xususiyatiga ega bo’lganligi uchun sulfat va sulfit kislotalaridan 
foydalaniladi. Xom ashyoning turiga va qanday kislotadan foydalanishiga qarab 
pektin moddasini ekstraksiya qilish RN = 2,2 ÷ 2,8 va harorat 70 – 95
o
C bo’lgan 
sharoitda 1 – 2 soat davom etadi. Jarayon tugagandan keyin filtrlash yo’li bilan 
qattiq va suyuq qismlarga ajratiladi. Hosil qilingan ekstrakt mexanik usulda yoki 
aktivlashtirilgan ko’mir orqali faltrasiya yo’li bilan tozalanadi. 
Tiniqlashtirilgan ekstraktdan pektin moddasi etanol va izopropanol spirtlari 
yordamida cho’kmaga tushiriladi. Cho’kmaga tushirilgandan keyin pektin ekstrakti 
dastlab vakuum – jihozlarda quruq modda 6 – 7 % ga etguncha quyultiriladi. 
Metall tuzlari yordamida cho’kmaga tushirilganda esa ekstrakt ammoniy gidroksid 
yordamida RN = 6 ÷ 7 ga etguncha neytrallanadi. 
Pektin cho’kmasi filtrlash, presslash yoki markazdan qochma yordamida 
ishlash orqali eritmadan ajratiladi. Keyin esa pektin koagulyati maydalanadi va kul 
moddasini kamaytirish hamda kerakli sifatga erishish uchun tozalashga jo’natiladi. 
Tozalash spirtning har xil konsentrasiya bilan 2 – 3 marta yuvish orqali 
o’tkaziladi. So’ngra tozalangan pektin 60
o
C dan yuqori bo’lmagan haroratda 
kerakli darajadagi namlikka ega bo’lguncha quritiladi. Keyin esa kukun holatiga 
kelguncha maydalanadi. Bu erda kukunlarning o’lchami 250 mkm ni tashkil etishi 
kerak. Pektinning fizik – kimyoviy saqlash 5 – jadvalda keltirildi. 

Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   117




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling