Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Karotinoid bo’yoq moddalarini olish
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uzum to’ppasidan bo’yoq moddasi olish
Karotinoid bo’yoq moddalarini olish. Karotinoid bo’yoq moddalari asosan
sabzidan olinadi. Toza sabzi ildizmevalari maydalanadi. Keyin esa ochiq havoda 24 soat davomida uy haroratida quritiladi. Keyin esa bosqichma – bosqich issiqlik ishlovi beriladi. Bunday dastlab havo atmosferasida 40 o C da 2 soat ishlov beriladi, keyin esa 60 o C da 2 soat ishlov beriladi. Oxirida esa 90 o C da yana ikki issiqlik ishlovi beriladi. Keyin esa karotinoidli bo’yoq moddalari 90 0 li etanol bilan ekstraksiya qilinadi. Bunda etanolning temperaturasi 50 o C ni tashkil etishi kerak. Ekstraksiya jarayonini o’tkazishda 20 g quritilgan xom ashyoga 50 ml spirt mikroida hisoblash ishlari amalga oshirilishi kerak. Ekstraksiya esa 24 soat davom etadi. So’ngra bo’yoq ekstrakti filtrlanadi va vakuumlarda ishlov berib quyultiriladi. Uzum to’ppasidan bo’yoq moddasi olish. Sharbati ajratib olingan uzum to’ppasiga 1:1 nisbatda 1 % li kimyoviy toza xlorid kislotasi eritmasi solinadi va 12 – 20 soat davomida ekstraksiya jarayoni borishi uchun ushlab turiladi. Bunda massani vaqti – vaqti bilan aralashtirib turish tavsiya etiladi. So’ngra bo’yoq moddalarining eritmaga tezroq o’tishini ta’minlash uchun 65 – 70 o C gacha qizdirilib, 30 – 60 daqiqa davomida ushlab turiladi. Ekstraksiya jarayoni tugashi bilan massa sovutiladi, suyuq qismi ajratib olinadi, qolgan qismi esa presslanib, suyuq fraksiyasi ajratiladi. Bu suyuq fraksiya birinchi olingan suyuq qismga qo’shiladi. Keyin tindiriladi va filtrlanadi. 103 Shu asosda uzum to’ppasidan tayyorlangan birinchi ekstrakt qizil rangli suyuqlik bo’lib, uning zichligi 1010 – 1080 kg/m 3 ni tashkil etadi. Bu rangli suyuqlikning 1 litrining tarkibida qand mikroi 3 – 5 % ni, bo’yoq moddalari esa 5 – 7 g ni tashkil etadi. Bu ekstrakt tarkibida bo’yoq moddalarining konsentrasiyasi juda kam bo’lganligi uchun oziq – ovqatlarni bo’yash uchun yaroqli emas. Shu sababli bu ekstraktni zanglamaydigan po’latdan qilingan vakuum – apparatlarda 60 – 65 o C haroratda quyultiriladi. Bu ekstraktni saqlaganda cho’kma hosil bo’lishi tezlashadi. Buning asosiy sababi rang beruvchi modda enin, sekinlik bilan glyukozani yo’qotib, suvda yomon eriydigan aglyukon enidin hosil qiladi. Tabiiy bo’yoqda bo’yovchi moddalar mikroini oshirish maqsadida bo’yovchi moddalar pasta va kukun holatiga ham keltiriladi. Masalan: Italiya firmasi kukun holidagi uzum bo’yog’i ishlab chiqaradi. Buning uchun uzum to’ppasi ekstrakti tayyorlanib, neytralizasiya qilinadi va eritma purkash usulida quritilib, undan kukun tayyorlanadi. Bu mahsulotda bo’yovchi moddalarning mikroi oshlovchi moddalar bilan birga 67,5 % ni tashkil etadi. Shuningdek, quruq enobo’yoq moddalari olishning yana bir usuli antosianlarni ikki valentli metallarning kompleks birikmalari holatida cho’kmaga tushirish usuli hisoblanadi. Bunda dastlab bo’yoq moddalarining xlorid kislotadagi eritmasi NaOH bilan RN birga teng bo’lguncha neytralizasiya qilinadi. Keyin esa eritma CaCl 2 tuzi bilan ishlanadi. So’ngra 3 – 4 soatdan keyin suvda erimaydigan cho’kma ajratiladi, quritiladi. Keyin esa quritilgan massa maydalanadi (A2, X3, I- s). Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling