Samarqand veterinariya meditsinasi instituti
Dastlabki quritishdan keyin namlikni aniqlash
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
sabzavot va mevalar
Dastlabki quritishdan keyin namlikni aniqlash. Don tarkibida namlik 18%
dan ortiq bo’lgan hollarda, namlikni aniqlash ikki yo’l bilan, ya’ni dastlab quritib amalga oshiriladi. Dastlabki quritish uchun texnik torozilarda 20 gr don tortilib 8-10 sm diametrli yuza idishga joylanadi va quritish javonida 105 0 haroratda 30 daqiqa davomida bir oz quritiladi. Shu vaqt o’tgandan keyin idish javondan olinadi, ochiq holatda sovutiladi va 0,01 aniqlikda tortiladi. So’ngra don tegirmonchada (DAST da belgilanganidek kattalikda) yanchiladi va har biri 5 gr dan ikki namunacha tortiladi. Quritish javonida namunalar 130 0 haroratda 40 daqiqa quritiladi. Dondagi namlik hisobi-ni aniqlash quyidagi formulada amalga oshiriladi: Xq100-(S·ch) bu erda: X – don namligi (%); 121 S – quritilgandan keyingi maydalanmagan 20 gr og’irlikdagi don; ch – dastlabki quritilgan va quritilgandan keyingi maydalangan 5 gr don og’irligi. Ushbu formula quyidagicha echiladi. Dastlabki quritilgan va maydalangan 5 gr donni quritish natijasida nam (5-ch) lik bug’lanadi. Dastlabki quritilgan donning hamma namunadan (S) esa: 5 ) 5 ( ч С Quritilgunicha 20 gr nam donda namlik mavjud. 5 ) 5 ( ) 20 ( г С С Х yoki г С Х 5 ) 20 ( Namlikni umumiy miqdorini foizda quyidagi formula orqali echiladi: ) 100 20 100 5 20 ч С С Namlikni har biri 5 gr namunada alohida hisoblanadi. Namlik foizi esa ikki aniqlashning o’rtacha arifmetik ma’lumotlardan 0,1 aniqlikkacha ko’rsatiladi. Ikkala parallel aniqlash o’rtasidagi farq 0,25% dan oshmasligi kerak. Misol, agar quritilgandan keyin 20 gr namunadagi maydalanmagan don og’irligi 17,82 gr, maydalangan donning 5 gr namunachani batamom quritilgandan keyingi og’irligi (ch) 4,35 gr teng bo’lsa, namlik foizi formula bo’yicha quyidagiga teng bo’ladi: 100-(17,82·4,35)=100-77,52=22,48% Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling