Samarqand viloyati hokimligining joriy yil 2dekabr kunidagi №1308/01-15-sonli
Download 12.52 Kb.
|
samarqand
Samarqand viloyati hokimligining joriy yil 2dekabr kunidagi №1308/01-15-sonli topshirig’i ijrosini va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Suv hisobini yuritish va suvni tejash bo’yicha amalga oshirilayotgan oshlar va 2023-yilgi asosiy vazifalar to’g’risida o’tkazilishi rejalashtirilgan yig’ilishga Inspeksiya tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan malumotlar taqdim etish suralgan yuzasidan yuborgan topshirig’ingiz Inspeksiyaning Oqdaryo tuman bo’limi tomonidan malumot va ijro uchun qabul qilindi Tumanda 2022-yil davomida suvni tejaydigan sug’orish tehnologiyalarini joriy qilish rejasi jami 2842 gektar bo’lib shundan 1600 gektar maydonlarni tomchilatib sug’orish hamda 1242 gektar maydonlarni lazerli tekislash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bugungi kunda, tumandagi 1600 gektar maydonlarda tomchilatib sug’orilishi rejalashtirilgan paxta va bog’ maydonlarining 605 gektarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilingan bo’lib , shundan 605 gektar paxta maydonlarida tomchilatib sug’orish texnologiyasi o’rnatilgan. Bundan tashqari tumandagi 1242 gektar maydonlarda rejalashtirilgan lazerli tekislash ishlaridan 805 gektar lazerli tekislash ishlari amalga oshirilgan. “O’zagroinspeksiya”ning Oqdaryo tuman bo’limi tomonidan o’tkazilgan nazorat tadbirlari va tekshirishlar davomida suv tejovchi sug’orish texnologiyalaridan foydalanish davomida kamchiliklar hamda qonun buzulish holatlariga yo’l quygan shaxslarga nisbatan 35 ta ta’sir choralari ko’rilgan bo’lib, shundan 16 ta holatda ogoxlantirish xatlari, 16 ta holatda yozma ko’rsatmalar va 3 ta holatda qonun buzilish holatlari yuzasidan chora ko’rishlik uchun to’plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan. Amalga oshirilgan ishlar natijasida 7 ta qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar tomonidan jami 93 gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalarning asosiy qismlari tushirilishi taminlanadi. Mazkur topshiriq ijrosi yuzasidan monitoring tadbirlari davom ettirilmoqda. Download 12.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling