Samarqand viloyati Narpay tumani


PISA tadqiqoti quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega


Download 17.55 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi17.55 Kb.
#251460
1   2
Bog'liq
Ona tili PISA(1)

PISA tadqiqoti quyidagi o’ziga xos xususiyatlarga ega

  • Ta`lim sohasidagi eng yirik ,keng ko’lamli xalqaro monitoring tadqiqotlaridan biri sanaladi;

  • Tadqiqotda umumiy o’rta ta`lim muassasalarida ta`lim olayotgan 15 yoshli o’quvchilar ishtirok etadilar;

  • Tadqiqotda o’quvchilarning “hayotga tayyorgarlik” darajasi y`ani ularning maktabda egallagan bilim va ko`nikmalaridan hayot faoliyatida uchrashi mumkin bo’lgan muammolarni hal etishda qay darajada foydalana olishlari baholanadi;

  • Tadqiqotda o’quvchilarning matematika , o’qish ( matnni tushunish ) tabiiy fanlar yo’nalishidagi global muammolarni hal etish sohasidagi funksional savodxonligi baholanadi;

  • O’zbekistonning PISA tadqiqotida ishtirok etishi quyidagilarga imkon yaratib beradi ;

  • O’zbekiston umumuta`lim maktablari bitiruvchilarning ta`lim olishni davom ettirishga qay darajada tayyorligini aniqlash;

  • Mamlakatdagi umumiy o’rta ta`limni takomillshtirish yo’nalishlarini aniqlash

  • O’quvchilarni ta`lim sohasidagi yutuqlari shuningdek turli mamlakatlarda ta`lim tizimlari haqidagi ma`lumotlarni olish;

Ta`lim sifatini baholashga yo’naltirilgan PISA kabi xalqaro tadqiqotlar ta`lim tizimi uchun ilk marta o’tkazilayotganligi sababli ularni to’g’ri , samarali va obyektiv o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Mavzu; “Hayrat ul- abror” dostonidan

o’ninchi maqolat

Dars maqsadi;


  1. ta`limiy maqsad: o’quvchilarga Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosining ilm- fan, madaniyatimiz taraqqiyotida tutgan o’rni va ahamiyati haqida bilim berish ;

  2. tarbiyaviy maqsad : o’quvchilar qalbiga hamkorlik, to’g’riso’zlik,rostgo’ylik , ajdodlarimizdan fahrlanish, tabiatga muhabbat tuyg’ularini singdirish ;

d)rivojlantiruvchi maqad ;o’zoro hurmat, mustaqil fikrlash qobiliyatini o’stirish.

Darsning jihozi:darslik , rasmlar (mavzu asosida) kompyuter ,

Dars turi :yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi.

Darsda foydalaniladigan usullar:”Mushohada “ , “aqliy hujum” .

D arsning borishi :

I . Tashkiliy qism. O’quvchilar bilan salomlashish ,davomatni aniqlash,sinf xona va o’quvchilarni dars ga tayyorligini ko’zdan kechirish.

Ma’naviyat daqiqalari .” Mamlakatimizning o’z taraqqiyotining yangi davrida qadam qo’ygan xozirgi kunda o’zbekiston respublikasini 2017-2021 yillarda beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko’lamli o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.Ana shu islohatlarning muvaffaqiyati ,mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan,zamonaviy davlatlar qatoridan munosib o’rin egallashi avvalo ilm – fan va ta’lim – tarbiya sohasining rivoji bilan ,bu borada bizning dunyo miqiyosida raqobatdosh bo’la olishimiz bilan uzviy bog’liq…”

SHavkat Mirziyoyev

II .O’tilgan mavzuni so’rash

1 . “ Sher va durroj “ hikoyatining g’oyaviy mazmuni haqida so’zlang.

2 . Qanday illatlar durrojni fojiaga ilib keldi v anima uchun do’sti yordamga kelmadi?

3. Rostgo’ylik, to’g’rilik fazilatlarining insonlar uchun ahamiyatini qanday tushunasiz ?

4. Rost so’z , to’g’ri yashash haqidagi g’oyalar ilgari surilgan qanday asarlarni bilasiz ?

III . Yangi mavzu bayoni .

“sher va durroj” hikoyati. Sinf doskasi tepasiga o’rnatilgan televizordan o’quvchilarga “sher va durroj” multi filmi namoyish etiladi “ Sher va durroj “ hikoyatidan parcha :

Bor edi bir beshada bir tund sher,

Vahshat aro ko’k asadidek daler.

Chun bo’lur erdi bolalab zavqnok,

Mo’r bolasin qilur erdi halok.

Tishlabon ul moyayi payvandini,

Og`zida asrar edi farzandini.

Bor edi durroje o’shul beshada,

Sheri jayon vahmidin andeshada.

Sherki tishlab bolasin dam-badam

Beshada har yon qo’yar edi qadam

Yetgach aning boshi uza nogahon

Fir eta uchsa edi ul notavon

IV Mustahkamlash.

O’ninchi maqolat va “Sher va durroj “ hikoyati bo`yicha oldindan tuzilgan PISA testlari o`quvchilarga tarqatiladi va vaqt belgilanadi. Bunda o’quvchilarning matnni tinglab tushunushi , fikrlashi va tezkorligi hisobga olinadi. Vaqt katta ahamiyatga ega.Chunki o`quvchida tezkor fikrlash qobiliyatini shakllantirish lozim.

Bu mashg’ulotni bajarishingiz uchun hikoyatni o’qib chiqishingiz va o’qiganlaringiz haqida savollarga javob berishingiz lozim . Ayrim savollarimiz qiyinroq va ayrimlari osonroq tuyulishi mumkin .Qiyinlariga ham, osonlariga javob berishga harakat qiling.

Test

1.”Hayrat ul-abror” dostonidagi o’ninchi maqolatda qaysi mavzuda so’z yuritiladi?

a)Do’stlik c)to’g’rilik

b)Muhabbat d)Mardlik

2.”Sher va durroj” hikoyatida keltirilgan sher nima sababdan o’z bolasini og’zida olib yurardi?

a)Chumolilardan asrash uchun

b)ovchilardan asrash uchun

c)O’z juftidan asrash uchun

d)Boshqa yirtqichlardan asrash uchun

3.Sher majoziy obrazida qanday insonlarga xos jihatlar mujassamlashagan?

4. Ahil yashash , qo’shnichilik munosabatlari haqida o’z tushunchalaringizni so’zlang .

V . Baholash va rag’batlantirish

O’quvchilar darsdaishtirokiga ko’ra rag’batlantiriladi va baholanadi. O’quvchilarbajargan PISA testlaring baholari kelasi darsda elon qilinadi.

VI . Uyga vazifa



Insoniy fazilatlar va yomon hulqlar borasida o’z fikrlaringizni yozib kelish .

Xulosa :PISA xalqaro baholash dasturi o’quvchilarni dasr jarayonida o’rgangan bilim va ko’nikmalarni hayotda qo’llashni o’rgatadi.
Download 17.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling