Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashash huquqi
- Jazo chorasi
Konstitutsiyaviy huquq-huquqning yetakchi tarmogʻi, shuningdek, huquqiy fanlar va
o`quv-taʻlimi turlaridan biri. Konstitutsiya va konstitutsiyaviy huquqning farqi shundan iboratki, konstitutsiya birgina qonun hisoblansa, konstitutsiyaviy huquq juda ko`p huquqiy manbalarni, shuningdek, konstitutsiyani o`z ichiga oluvchi butun bir huquqiy tarmoqni qamrab oladi Yashash huquqi-fuqarolarning O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 24 moddasida mustahkamlab qo`yilgan asosiy huquqlaridan biri. “YAshash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng ogʻir jinoyatdir” Deklaratsiya (Bayonnoma)-qonundan farqli o`laroq deklaratsiya huquq va erkinliklarni eʻlon qiladi, konstitutsiya esa fuqarolar uchun ham, shu davlat hududida yashovchi odamlar uchun ham majburiy ravishda amal qilishni o`rnatadi Jazo chorasi-jazo jinoyat sodir etishdan aybli ekanligi isbot qilingan shaxsga nisbatan sud hukmi bilan davlat nomidan qo`llaniladigan majburlov vositasi. Mahkum qonunlarda nazarda tutilgan ravishda muayyan huquqlardan mahrum etilgan, qilgan aybiga qarab, jamiyatdan ajratib, qamab qo`yiladi. Jazo mahkumni qayta tarbiyalash, jinoiy faoliyatini davom ettirishiga to`sqinlik qilish, mahkumning qayta jinoyat qilmasligini va boshqa shaxslarning jinoyat qilishdan tiyilishlarini ko`zda tutuvchi majburlov chorasi 103 Qonun-Davlat xalq xo`jaligining tegishli sohasiga oid meʻyorlarni belgilovchi, Oliy Majlisda qabul qilinadigan, sohaning strategik rivojlanishini ifodalovchi, uzoq muddatga mo`ljallangan, takomillashib boruvchi hujjat. Farmon-Tegishli soha yoki muhim obʻektga, voqeylikka nisbatan chiqarilgan O`zbekiston Respublikasi Prezidentimizning topshiriq va ko`rsatmalarini ifodalovchi meʻyoriy hujjat. Farmoyish-ijro etish muddati tezlikni, operativlikni talab etuvchi vakolatli idoralar rahbarlari tomonidan chiqariladigan meʻyoriy hujjat. Buyruq sohaga oid vakolatga ega bo`lgan tashkilotlarning turli rahbarlari tomonidan davlat qonuni, PF va Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda yuqori tashkilotlarning turli ko`rsatmalar ijrosini taʻminlash hamda korxona, muassasa, tashkilotlar boshqaruvini amalga oshirish uchun chiqarilgan meʻyoriy hujjat. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling