Samarqand viloyati pedagoglarni yangi


-QISM  2.2. Rivojlangan xorij davlatlarida davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish


Download 1.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/120
Sana23.11.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1795947
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN

2-QISM 
2.2. Rivojlangan xorij davlatlarida davlat va huquq asoslari fanini oʻqitish 
tajribalari.
Xozirgi davrda Yaponiya ilmiy tadqiqotlarga ketgan sarmoya miqdori boʻyicha dunyoda 2-
oʻrinda turadi. 
Yaponiya ta’limida “iqtidorli o‘quvchi” tushunchasi yo‘q. Chunki, har bir o‘quvchi alohida 
iqtidor sohibidir.
Yaponiya taʻlim tizimining tarkibi quyidagicha: maktabgacha taʻlim, boshlangʻich maktab, 
kichik oʻrta maktab, yuqori oʻrta maktab, oiliy taʻlim tizimlariga kiruvchi oliy oʻquv yurtlari 
mavjud.
Boshlangʻich maktabda oʻqituvchilar bolalarni tanqidga, yaʻni oʻz xulqining yomon 
jihatlarini, maktabdagi kamchiliklarni tanqid qilishga oʻrgatishadi. Bundan koʻrinib turibdiki, 
oʻqituvchi faqat taʻlim berish bilan cheklanib qolmay, bolaning har tomonlama rivojlanishiga 
tasir etadi.
Yaponiya rivojlangan davlatlar ichida oʻqituvchining maoshi davlat rahbarlari orasida ham 
yuqori boʻlgan yagona davlat. 
Majburiy taʻlim muhiti. Taʻlimning bu pogʻonasi 6 yoshdan 15 yoshgacha boʻlgan 
bolalarni oʻz ichiga oladi. Muhtoj oilalarning bolalariga moddiy yordam koʻrsatiladi.
Yuqori oʻrta maktab 10-11-12-sinflarni oʻz ichiga oladi, bunday maktablarning kunduzgi, 
sirtqi, kechki boʻlimlari mavjud.
Yuqori bosqich oʻrta maktablarda butun oʻquv jarayonida oʻquvchilar 80 ta sinov 
topshirishadi. Oʻquvchilar majburiy asosiy fanlardan tashqari oʻz xohishlariga koʻra ingliz tili, 
texnik taʻlim va maxsus sinovlarga jalb etiladi. Universitetlariga yuqori va oʻrta maktabning yoki 
12 yillik oddiy maktabni bitirgan oʻquvchilari qabul qilinadi. Universitetlarga qabul qilinish 2 


48 
bosqichga boʻlinadi: 1-bosqich turar joyda oʻtkaziladi, buning uchun yapon tili, matematika, 
fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, huquq fanini boʻyicha test sinovlaridan oʻtkaziladi.
Yaponiyada oliy taʻlim majburiy hisoblanadi va u kasb taʻlimi bilan uzviy bogʻliqdir. 
Yaponiyada bolalar tarbiyasida onalarning roli va masʻuliyati ayniqsa kattadir. Ular 
farzandlarining aqlli, dono va mehnatsevar boʻlib oʻsishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida 
oʻzlarini maʻsul deb hisoblaydi.
Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida koʻplab metodik qoʻllanmalar va tavsiyanomalar 
nashr etiladi, radio va televideniya orqali koʻplab pedagogik maslahatlar berib boriladi.
Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir. U mukammal, yon tomonidan 
muhofazalangan qurilma boʻllib, parta ustida kitob javoni, yoritkich, soat, qalam, qogʻoz, 
mikrokalkulyator va boshqa zaruruy ashyolar, shuningdek kerak boʻlib qolgan taqdirda ota-
onalarini chaqiradigan signal tugmachalarigacha oʻrnatilgan. 
Yaponiya oʻrta maktablarining saviyasi AQSH oʻrta maktablari saviyasidan bir muncha 
yuqori turadi.
Yuqoridagilardan koʻrinib turibdiki yaponiyada taʻlim tizimi ham shaklan ham mazmunan 
yuksak uygʻunlik kasb etgan. Ibrat olsa, oʻrgansa arziydigan jihatlari koʻp. Eʻtiborli yana bir 
tomoni – Yaponiyada faqat milliy anʻanalar bilan cheklanib qolmay jahondagi AQSH, Fransiya, 
Germaniya kabi taraqqiy etgan mamlakatlarning ilgʻor pedagogik ish tajribalari ham ijodiy 
oʻzlashtirilgan.
Bunday tajribalar Respublikamiz taʻlim tizimini yanada yuqori pogʻonaga koʻtarishda qoʻl 
kelishi shubhasiz. 
Qiziq tomoni shundaki, yapon taʻlim muassasalarida nafaqat taʻlimga, balki tarbiyaga ham 
alohida eʻtibor qaratiladi, ularda atrofdagilarning eng yaxshisi va eng yomoni tushunchasi 
mavjud emas. 
Yaponiya – kun chiqar mamlakat aholisi farzandlarining tarbiyasiga oʻta jiddiy qarashadi. 
Bu yerda har bir yoshga nisbatan maʻlum bir munosabatda boʻlinadi va ayrim tarbiya usullari 
qoʻllaniladi. Mashhur yapon ruhshunosi Masara Ibukining fikriga koʻra, bolaga asosiy tarbiyani 
3 yoshgacha berish lozim. Aynan 3 yoshga qadar farzandingizdagi yashirin iqtidorni yuzaga 
chiqarish mumkin. 
Yaponiyaliklar 5 yoshgacha boʻlgan kichkintoyga qiroldek muomala qilishadi. Ular 
istaganlaricha oʻynashlari, miyasiga kelgan ishni qilishlari mumkin. Hattoki bolalar 
bogʻchalarida bolakaylar flomaster bilan devorga toʻygunlaricha chizishlari uchun maxsus 
xonalar mavjud. 
5 yoshdan 15 yoshga qadar kichik yaponiyaliklarni tartib-intizomga va kattalar gapini ikki 
qilmaslikka oʻrgatishadi. Tarbiyaga bunday yondashuv asrdan-asrga oʻtib kelayotgani va 
Yaponiya jamiyatining ajralmas boʻlagi boʻlganligi bois bolalar buni meʻyordagi holat sifatida 
qabul qilishadi. 
Maktabning oʻquv dasturiga esa, albatta, kuzatuv darslari kiritilgan. Unda oʻquvchilar 
tabiat qoʻyniga chiqib, tirik tabiatni kuzatish, his etish, eshitish, asrashni oʻrganishadi. Bu oʻz 
navbatida fuqarolarni yoshligidanoq Yaponiya tabiatini asrab-avaylashga oʻrgatadi. 
15 yoshdan soʻng esa oʻsmirlarga teng huquqli fuqaro sifatida qaraladi.
Aytish joizki, Yaponiya bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etiladigan 
jinoyatchilikning kamligi va insonlarning hayot farovonligining yuqoriligi bilan dunyoda 
yetakchidir. Albatta, bunda tarbiyaning roli juda ham kattadir. 
Yaponiya taʻlimining shakllanishi 1867-1868 yillarda boshlangan. Yaponiya oʻz oldiga 2 
vazifani: 1-boyish, 2-gʻarb texnologiyalarini Yaponiya ishlab chiqarishiga kiritish masalasini 
qoʻydi va bu ishni amalga oshirish uchun birinchi galda taʻlim tizimini tubdan oʻzgartirish 
kerakligini angladi. 
Boshlangʻich maktab taʻlimning ilk 6 yilini qamrab oladi va uning asosiy qismi 
hisoblanadi. Yaponiyada maktabga 6 yoshdan boriladi. Yaponiyada boshlangʻich taʻlim 
majburiy va bepul boʻlib, mashgʻulotlar aprel oyida boshlanadi. Oʻquv yili 3ta chorak-trimestrga 
boʻlinadi. 1-chorak-6 apreldan-20 iyulgacha davom etadi, keyin yozgi taʻtil boshlanadi. 1-


49 
sentyabrdan 2-simestr boshlanadi va 26 dekabrgacha davom etadi. 26-dekabrdan 7-yanvargacha 
qishli taʻtil boʻladi. Oxirgi 3-simestr 7-yanvardan 25-martgacha davom etadi. 25-martdan 6-
aprelgacha bahorgi taʻtil boʻladi. Shu paytda taʻlim oluvchilar sinfdan sinfga koʻchadi.
Yaponiya oliy taʻlim muassasalariga katta oʻrta maktabni yoki 12 yillik oddiy maktabni 
tugatgan oʻquvchil ar qabul qilinadi. U yerda 460 ta universitet boʻlib, 95 tasi davlat tasarrufida, 
34 tasi munitsipal, 331 tasi xususiy, 1toifadagi universitetlarda har bir oʻqituvchiga 8 nafar, 2-
toifali universitetlarda esa 20 tadan talaba toʻgʻri keladi. Universitetlarga qabul qilish ikki 
bosqichga boʻlinadi: 1-bosqichi turar joyda oʻtkaziladi: buning uchun yapon, eski yapon tili, 
matematika, fizika, kimyo, jamiyatshunoslik, Davlat va huquq asoslari fanini boʻyicha test 
sinovlaridan oʻtadilar.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling