Samarqand viloyati pedagoglarni yangi
Download 1.76 Mb. Pdf ko'rish
|
DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANI OʻQITUVCHILARINI ISHLABCHIQARISHDAN
Ushbu usulning maqsadi – guruhda qisqa vaqt ichida koʻp miqdordagi variantlarni olib,
tinglovchil ar esa nimalarni oʻzlashtirganligini aniqlashdan iborat. Mashgʻulot davomida 57 muammoni hal eta oladigan gʻoyalar taklif qilinishi, umumiy fikr almashinish uchun zamin yaratilishi va tinglovchil ar oʻz mulohazasini bildirishi mumkin. Bu jarayon mohiyat eʻtibori bilan guruhga mavzu savol va topshiriqlar beradi. Guruh aʻzolari esa bir necha daqiqa ichida shu mavzu yuzasidan munozara yuritib, barcha fikrlarni bayon qiladilar va ular sinf taxtasiga daftarga bir vaqtda yozib boriladi. Mulohazalar noaniq, bahsli, boʻlsada yozilaveradi. Hamma tinglovchi oʻz fikrini muhokama qilmasdan bayon etadi, chunki maqsad koʻp miqdorda va xilma-xil takliflar olishdir. Taʻqiqlar boʻlmaydi va baho berilmaydi. Oʻquvchilarning takliflarini tahlil qilish, norozilik bildirish va taklif etilgan hamma fikrlarni muhokama qilish uchun keyinroq imkon beriladi. Agar faollik sust boʻlsa, oʻqituvchi oʻz fikrlaridan baʻzilarini yozib olishni taklif etadi, bundan oldin esa u biroz sabr qiladi. Bu usulning qiymati shundaki, u guruhni birlashtirib yakdillikka undaydi. Har bir tinglovchi uning taklifini yozib olishga arzishini his qilish imkonini beradi. Bu muammo yechimini musobaqaga aylantirmay, balki birgalikda bajariladigan ishga aylantirish imkonini beradi, bunga guruh aʻzosi, muammoning oʻzi asosiy raqib boʻlib qoladi. Sinektika: Bu usulda oʻquv materiali ancha tez va batafsil oʻzlashtiriladi, xotirada uzoq saqlanib ilmiy amaliy maqsadlarda keng qoʻllanilishi mumkin. Bu usulda oʻquvchi - tinglovchi ancha uquvli, oʻqituvchi esa yaxshi koʻrsatma beruvchiga aylanadi. Natijada oʻqishning intelektualmantiqiy natijasi kuchaytiriladigan «reklama samarasi» ga erishiladi. “Obrazli” tarzda oʻqitishning oʻziga xos jihati shundaki, oʻquvchi ongiga tayyor holdagi obraz majburiy berilmay, u faollik bilan shakllantiriladi va oʻquv jarayoni bilan materialni «boʻrttiradigan» boʻladi. Tinglovchi oʻz layoqatini ishga solib, uni fikran boyitishga majburdir. Bu usul amaliy mashgʻulotlarda keng qoʻllanilib nazariy materialni ishlab chiqish va mustahkamlash, uning oʻzlashtirilganligini tekshirib koʻrishda ahamiyati katta. U anʻanaviy soʻrovlar oʻrnini bosishi va nafaqat javob berayotgan tinglovchi va boshqa guruh aʻzolarining fikrlash jarayonini faollashtiradi. Download 1.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling