Samarqand viloyati Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2–son ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktab Kimyo fani o‘qituvchisi Astanova Dilbar Zubaydovnaning ochiq dars ishlanmasi
Download 343.46 Kb.
|
Ochiq dars ishlanmasi Astanova D Документ Microsoft Office Word
Samarqand viloyati Samarqand tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2–son ixtisoslashtirilgan Davlat umumta’lim maktab Kimyo fani o‘qituvchisi Astanova Dilbar Zubaydovnaning ochiq dars ISHLANMASI DARSNING TA’LIMIY MAQSADI: O‘quvchilarda uglerod (IV)-oksidning xossalari bilan tanishish yuzasidan tushuncha hosil qildirish; DARSNING TARBIYAVIY MAQSADI : Karbonat ioniga xos bo‘lgan reaksiyalarni aniqlash yuzasidan o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashlarini kengaytirish; DARSNING RIVOJLANTIRUVCHI MAQSADI : O‘quvchilarda kimyo laboratoriyasida ishlash , kimyoviy reaktivlar bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalari bilan yaqindan tanishish ko‘nikmalarini hosil qildirish, ularni mantiqan fikrlashga o‘rgatish; DARSNING TURI: noan’anaviy, amaliy; O‘QUV – MODDIY TA’MINOT: bo‘r, yozuv taxtasi , rangli jadvallar, kimyoviy elementlarning davriy jadvali, kimyoviy reaktivlar va jihozlar, mashg‘ulot taqdimoti. DARSNING BORISHI Tashkiliy qism - 5 daq. o‘quvchilar bilan salomlashish; sinf tartibi va tozaligini nazorat qilish; sinf davomatini tekshirish; o‘quvchilarni darsga jalb etish; Amaliy mashg‘ulotning borishi 25 daq. Amaliy mashg‘ulotning maqsadini e’lon qilish - 5 da; mashg‘ulotni olib borish uhun kerakli reaktiv va jihozlar bilan o‘quvchilarni tanishtirish; Ishning borishi: 1-tajriba. Probirkaga bir necha bo‘lak marmardan solinadi, ustidan suyultirilgan xlorid kislota eritmasidan ozgina quyiladi: CaCO3 + 2 HCl = CaCl2 + H2O + CO2 Probirka og‘zi gaz o‘tkazgich nayli tiqin bilan berkitiladi va nayning uchi ohakli suv quyilgan probirkaga tushirilib, probirkada sodir bo‘layotgan holat kuzatiladi. Ya’ni eritmada dastlab loyqalanish kuzatiladi (CO2 uchun sifat reaksiya) , gaz yuborilishi davom ettirilsa, eritma yana tiniqlashadi: Ca(OH)2 + CO2 = CaCO3 + H2O CaCO3 + CO2 + H2O = Ca(HCO3)2 2-tajriba. Gaz o‘tkazgich nayni distillangan suv quyilgan eritmaga tushirib, gaz o‘tkazish 2-3 minut davom ettiriladi. Hosil bo‘lgan eritmaga bir necha tomchi lakmus eritmasidan tomizdiriladi. Eritma rangining pushti rangga bo‘yalishi karbonat angidridining kislotali oksid ekanligidan dalolat beradi: CO2 + H2O H2CO3 3-tajriba. Probirkaga suyultirilgan o‘yuvchi natriy eritmasidan olinadi va unga bir necha tomchi fenolftalein indikatoridan tomizdiriladi. Eritma rangi qizil anor rangga kiradi. Bu eritma orqali qizil rang yo‘qolgunga qadar karbonat angidrid gazi o‘tkaziladi: 2NaOH + CO2 = Na2CO3 + H2O 4-tajriba Karbonat va gidrokarbonat ionlariga xos bo‘lgan sifat reaksiyalarni kuzatish. Bir probirkaga ichimlik sodasidan olinib, ustidan xlorid kislota eritmasidan 2-3 ml quyiladi: NaHCO3 + HCl = NaCl + H2O + CO2 Ya’ni xarakterli qaynash jarayoni kuzatiladi. O‘tkazilgan tajribalar yuzasidan o‘quvchilarga topshiriqlar beriladi: Bajarilgan tajribalarning reaksiya tenglamalarini yozish; Bajarilgan tajribalar yuzasidan xulosa tayyorlash; IY. Darsni yakunlash - 5 daq. O‘quvchilarning amaliy mashg‘ulot daftarlarini yig‘ib olish; Uyga vazifa berish (56-betdagi topshiriqlarni bajarib kelish) Mashg‘ulot rahbari: D.Astanova Download 343.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling