Sambo (ruschadan „qurolsiz oʻzini himoya qilish ) sport kurashi turi. Unga


Download 97.15 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.03.2023
Hajmi97.15 Kb.
#1290163
Bog'liq
Sambo - Vikipediya



Sambo
Sambo (ruschadan „qurolsiz oʻzini
himoya qilish“) — sport kurashi turi. Unga
kurashning milliy turlaridagi eng samarali
usullar asos kilib olingan. XX-asrning 30-
yillarida SSSRda paydo boʻlgan.
Samboning sport (kurash) va jangovar
turlari mavjud. S kurashida kurashchilar
maxsus belbogʻli kalta yaktak kiyadilar.
Samboda raqibining koʻl va oyoqlaridan
olish, oyoqlar bilan oyoqlariga, qoʻliga va
gavdasiga qarshi harakatlar qilish ruxsat


etilgan. Samboda oʻz oyogʻida tik turib
raqib kuragini yerga tekkizsa yoki
ogʻrituvchi usul qoʻllanganda raqib oʻzini
magʻlubiyatga uchraganligini tan olsa,
shuningdek, ballar boʻyicha farq 12 taga
yetsa, raqib man etilgan usulni qoʻllab
jazolansa sof gʻalaba qayd qilinadi.
Rakiblardan biri sof gʻalabaga erisha
olmasa, olishuv natijasi sportchilarning
toʻplagan ballariga karab aniklanadi.
Jangovar samboda kurashchilar boshga
shlem, qoʻllariga barmoqlari ochiq
qoʻlqop kiyib, ogʻizga kapa (tishni himoya
qilish uchun) solib musobaqalashadilar.
Jangovar samboda tepish, urish,
ogʻrituvchi usullar qoʻllash va boʻgʻish
mumkin. Kurash 10x 10 m dan 13x13 m


gacha kattalikdagi gilamda oʻtkaziladi.
Kurashchilarning olishuv maydoni 6x9
diametrli boʻlishi kerak. Kurash
tanaffussiz 4—5 min. davom etadi.
Samboning sport turida: yoshlar (20
yoshgacha) va erkaklar: 52, 57, 62, 68, 78,
82, 90, 100 kg dan ortiq: qizlar (20
yoshgacha) va ayollar: 48, 52, 56, 60, 64,
68, 72, 80 kg dan ortiq; oʻsmir oʻgʻil
bolalar (16—18 yosh): 48, 52, 56, 60, 65,
70, 75, 81, 87 kg dan ortiq; oʻsmir qizlar
(16—18 yosh): 40, 44, 48, 52, 56, 60, 65,
70, 75 kg dan ortiq vaznlarda
bellashadilar. Faxriylar (35 yoshdan
yuqori) va samboning jangovar turida esa
62, 68, 74, 82, 90, 100 kg dan yuqori vazn
toifasida musobaqalashadilar. Sambo


boʻyicha Xalqaro havaskorlik
federatsiyasi (FIAS; 1985-yil tashkil
etilgan)ga 80 ga yaqin mamlakat aʼzo.
1980-yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga
kiritilgan. 1973-yildan samboning sport
turi boʻyicha, 2001-yildan jangovar sambo
boʻyicha jahon chempionati oʻtkaziladi.
Oʻzbekiston sambo federatsiyasi 1964-yil
tuzilgan. Ayol sambochilarning
federatsiyasi dunyoda faqat
Oʻzbekistonda tashkil etilgan (1996) va u
ham Jahon hamda Osiyo federatsiyasiga
aʼzo boʻlib kirgan. 1971-yil Toshkentda
xalqaro turnir, 1972-yil I Yevropa
chempionati, 1998, 2001 va 2002-yilda
esa oʻsmirlar, yoshlar va erkaklar
oʻrtasida Osiyo chempionati, 2001 va


2003-yillarda ilk bor ayollar sambo
yulduzlarining jahon chempionati
musobaqalari oʻtkazilgan. Oʻzbekiston
sambo terma jamoasi jahon
chempionatida 1-oʻrinni egalladi (1993,
Omsk), Osiyo chempionatida bir necha
marta jamoa hisobida (ayollar va
erkaklar, qizlar va oʻsmirlar) gʻoliblikni
qoʻlga kiritdi. Sambo boʻyicha sport
ustasi J. Sharapatov Osiyo sambo
federatsiyasining prezidenti (2001-
yildan), xalqaro toifadagi sport ustasi
Fazliddin Poʻlatov vitseprezidenti va
Osiyoda sambo kurashini rivojlantirish
qoʻmitasi raisi (2003-yildan) hisoblanadi.
Sobir Kurbonov, Sayfiddin Xodiyev,
Bobomurod Fayziyev (2 martadan),


Shuhrat Xoʻjayev, Akobir Qurbonov,
faxriylar oʻrtasida esa Fazliddin Poʻlatov,
Oʻrol Jumaniyozov, Oston Choʻliyev (2
martadan) jahon chempioni boʻlishgan.
Oʻzbekiston Respublikasining barcha
viloyatlarida bolalar va qizlar sambo
bilan muntazam shugʻullanadilar.
Respublika oliy sport mahorati maktabi,
viloyatlar sport mahorati maktablari,
shuningdek, Olimpiya zaxiralari
kollejlarida sambo kurashi boʻlimlari bor.
OʻzME.
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Sportga oid ushbu maqola chaladir. Siz
uni boyitib, (https://uz.wikipedia.org/w/in
dex.php?title=Sambo&action=edit)
Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Sambo&oldid=3565270" 
dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 28-Yanvar 2023, 14:20 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 97.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling