Samdu akademik litseyida “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida onlayn shaklda o‘tiladigan
Download 11.54 Kb.
|
Mustaqillik darsi-5 (2)
SamDU akademik litseyida “Sen – qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim!” shiori ostida onlayn shaklda o‘tiladigan “Mustaqillik darsi” 5- Mavzu: Yangi O‘zbekiston: milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari Mamlakatimizda mustaqillikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi dadil qadam 2016 yildan boshlandi, desak mubolag‘a qilmagan bo‘lamiz. Boshqacha so‘z bilan aytganda, biz bugun barchamiz engni shimarib, yangi O‘zbekistonni barpo etishga kirishdik, uning mustahkam zaminini yarata boshladik, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda bir necha o‘n yillar davomida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar bajarildi. O‘zbekiston tom ma’noda milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari yuz tutdi. Mamlakat rahbari mustaqillikni mustahkamlash, yangi O‘zbekistonni barpo etishni faqat va faqat o‘z kuchimiz bilan, mehnatkash, zahmatkash, fidoyi xalqimiz bilan birga qura olishimiz, buning uchun nimaiki zarur bo‘lsa, barchasi mavjudligini bot-bot ta’kidlamoqda. Ayni paytda mamlakatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasida oldimizda turgan ulkan vazifalar, ularni hal etish yo‘llari hususida juda kuyunchaklik bilan gapirganini ham doimo esda tutish lozim, deb o‘ylaymiz. Xususan, YUrtboshimizning “Xalqimiz shuni yaxshi bilishi kerak: oldimizda uzoq va mashaqqatli yo‘l turibdi. Barchamiz jipslashib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansak, ishimizni mukammal va unumli bajarsak, zamonaviy bilimlarni egallab, o‘zimizni ayamasdan oldinga intilsak, albatta, hayotimiz va jamiyatimiz o‘zgaradi”. Darhaqiqat, shunday. Mustaqillik yo‘li tekis, ravon emas. Unga erishish juda qiyin. Mustaqillikni mustahkamlash esa undan ham murakkab. Biz hozir ana shu murakkab, ayni paytda o‘ta mas’uliyatli vazifani bajarmoqdamiz. Eng muhimi, bugun barcha vatandoshlarimiz buyuk va muqaddas tuyg‘u bo‘lgan mustaqillik ne’matlaridan bahramand bo‘lmoqda. Bu yo‘lda barchamiz elkama-elka bo‘lib, yanada jipslasha olsakkina mazkur fenomen hodisa uchun jon fido qilgan millatparvarlarimiz, istiqlolchilarimiz ruhi shod bo‘ladi, bugungi avlod bizdan rozi bo‘ladi, kelajak uchun, milliy taraqqiyotimiz uchun esa mustahkam poydevor qurgan bo‘lamiz. Download 11.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling