Samdu raqamli texnologiyalar fakulteti Informatika o’qitish metotikasi yo‘nalishi
Download 32.5 Kb.
|
tavsifnoma
Sharof Rashidov nomidagi SamDU Raqamli texnologiyalar fakulteti Informatika o’qitish metotikasi yo‘nalishi 403-guruh talabasi Davronova Oybarchinning Jomboy tumani 42 -umumta’lim maktabi rahbariyati tomonidan ТАVSIFNОMА Davronova Oybarchin 2022-yil 5-sentabrdan 24-mayga qadar pedagogik amaliyotni o’tash davomida amaliyotni boshlanishidan o’zining puxta Matematika va informatika fanlarini chuqur bilishi, harakatchanligi, xushmuomilaligi, o’ziga nisbatan talabchanligi bilan boshqa talabalardan farq qilishi bilan ko’zga tashlandi. O’quvchilar bilan tez til topishib ketdi. Maktabning o’quv jaroyonida ham yaxshi bilishi, me’yoriy hujjatlar bilan ishlay olishida ham alohida ajralib turdi. Maktabning tajribali o’qituvchilarining darslarini kuzatish bilan bir qatorda o’zi ham sinov darslarini noa’nanaviy tarzda o’tishga harakat qildi. Dars o’tish jaroyonida o’quvchilarning informatika fanini o’rganishga qiziqtira oldi. Zamonoviy Pedagogik texnologiyalarning turli xil (aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, savol-javob, klaster va boshqa) usullaridan foydalanib darsni qiziqarli va mazmunli o’tdi. Guruh rahbari sifatida ham o’quvchilardan pedagogik va psixologik nuqtai nazardan o’rganishga harakat qilib, ularning oilaviy ahvoli, dars jaroyoni va darsdan tashqari paytlardagi turli- hatti harakatlarini tez orada o’rganishga erishdi. Ular bilan qisqa vaqt ichida til topisha oldi. Maktabda o’tkazilgan tadbirlarni o’tkazishda ham faol ishtirok etdi. Shuni ishonch bilan aytish mumkinki, talaba Davronova Oybarchinning Pedagogik amaliyotni o’tash jaroyonida o’zining mehnatsevarligi, harakatchanligi, odob-axloqi bilan pedagog uchun zarur bo’lgan qobiliyati borligini ko’rsata oldi. Shu bilan bir qatorda umid qilish mumkinki, kelgusida o’z ustida ishlab, izlanishni davomiy tarzda davom ettirsa mamlakatimiz ravnaqi uchun o’z hissasini qo’sha oladigan malakali mutaxasis, mohir pedagog bo’lib yetishadi. Maktab direktori: Alimova. Sh Fan o’qituvchisi: Karabayeva .Z Download 32.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling