Samsung kompaniyasi tarixi
Download 0.58 Mb.
|
Samsung kompaniyasi haqida
Elektron sanoat
Konsernning 70 foizdan ortiq savdosi elektron sanoat sohasiga to’g’ri keladi. Mazkur bo’linma kompaniyalari: •Samsung Electronics • Samsung SDI • Samsung Electro-Mechanics • Samsung SDS • Samsung Networks Kompaniyaning elektron sanoati bo’linmalari butun dunyoda faoliyat olib boradi, mahsulotlarning ko’p qismi eksport qilinadi. 1969-yilda tashkil etilgan Samsung Electronics kompaniyasi kichik bir eksport korxonasidan to katta elektron mahsulotlar kompaniyasigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tdi. Hozirgi kunda kompaniya turli kategoriyadagi eng yaxshi mahsulotlar ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Bugun Samsung Electronics — yarimo’tkazgichli va telekommunikatsiya uskunalar sohasida hamda raqamli texnologiyalar sohasida jahonda yetakchilardan hisoblanadi. Kompaniya ofislari jahonning 57ta mamlakatlari hududlarida mavjud, ularda 70 mingga yaqin ishchi-xodim mehnat qiladi. Kompaniyaning sof daromadi 2013-yilda $7,6 milliard tashil etib, smartfonlar ishlab chiqarishdagi asosiy raqobatchisi Appleni ortda qoldirib ketishga erishdi. Gartner kompaniyasi ma’lumotlariga ko’ra, hozirda Smartfon bozorining 31,1 foizini Samsung , 15,6 foizini Apple, qolgan 53,3 foizni esa ZTE, Heawai, HTC, LG va boshqa kompaniyalar egallab turibdi. "Samsung Electronics" 2005 yildan " Chelsi ” futbol jamoasining (Angliya) nishon homiysi hisoblanadi. Shu davrdan boshlab jamoa futbolchilari ko’kragiga kompaniya belgisi tushirilgan moviy-oq rangli kiyimda maydonga tushadi. Shartnoma 2010 yili nihoyasiga etgach, yana uch yilga uzaytirildi. Mobil olamning eng yirik kompaniyalaridan biri bo‘lmish Samsung mobil va elektronika sohasida gigant kompaniyaga aylanib ulgurgani hech kimga sir emas. 1938-yilda asos solingan kompaniya mana shu davrga qadar katta o‘zgarishlarni boshdan kechirdi, shuningdek, butun dunyo bozorlariga innovatsiyalarni olib kirgani holda ulkan burilishlarga sabab bo‘ldi. Samsung'ning tarixi juda qiziq. Uning hikoyasi yorug‘ va qorong‘u kunlarga to‘la. Keling, endi gapni qisqa qilib, koreys giganti haqida bir qator qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lsak. Asoschi Li Bying-chul kompaniyaning katta ahamiyat kasb etishiga ishonardi. "Samsung" nomi ham aynan shu e’tiqodni o‘zida aks ettirgan. Koreys tilida "Uch yulduz" ma’nosidagi brend nomi ushbu xalq madaniyatida katta, ulkan va qudratli kabi tushunchalar ramzi sanaladi. Qizig‘i, bu o‘sha paytda 40 tagina ishchisi bo‘lgan mahalliy mahsulotlar va ugra bilan savdo qiluvchi kichik bir korxona uchun juda katta iddao edi. Shu davrdan buyon kompaniya lag‘mon biznesidan kattaroq faoliyat bilan shug‘ullanishga kirishdi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling