Samsung kompaniyasi tarixi


Li Byon Chxol -Samsung Group asoschisi


Download 295.42 Kb.
bet2/3
Sana05.01.2022
Hajmi295.42 Kb.
#231470
1   2   3
Bog'liq
Avazbekov.J s.m

Li Byon Chxol -Samsung Group asoschisi

Li Byon Chxol -Samsung Group asoschisi 1930-yillarda Koreyada tadbirkor Li Byon Chxol guruch uni ishlab chiqarish bo’yicha o’z ishini tashkil etgan. Tegu shahridagi kichik bir ombor Samsung kompaniyasi katta tarixining boshlanish asosi bo’ldi. Shu davrda Koreya Yaponiyaning koloniyasi hisoblangan va mamlakatda xususiy tadbirkorlik bilan

shug’ullanish ancha qiyin bo’lgan. Shunga qaramay, 1938-yildayoq Li birinchi, o’zining

mustaqil — Koreyadan Xitoy va Manchjuriyaga eksport qilish kanalini yaratishga muvaffaq bo’ladi. Guruch, shakar va quritilgan baliq kabi iste’mol mahsulotlarini yetkazib berishni faol

rivojlantirish Samsung Trading Company savdo belgisini rasman ro’yxatdan o’tkazish

imkonini berdi.

Chet ellik (Koreya uchun) nomining kelib chiqishi koreys tadbirkorining

uzoqni ko’zlab, katta maqsadlardagi rejasi natijasi bo’ldi: 1950-yillar oxiriga kelib, Li Byon Amerika qit’asi mamlakatlari bilan savdo yo’lga qo’yishni rejalashtiradi. AQSh qo’shinlarini Koreys yarim oroliga tushirilgandan keyin esa guruch arog’i va piva ishlab chiqarish bo’yicha zavod mahsulotlari ittifoq qo’shinlari vakillariga sotila boshlandi. Koreyadagi urush ushbu beznesni barbod qildi. Omborlar kompaniyaning asosiy zavodlari kabi talon-taroj qilindi va yondirildi. Bir afsonada Li Byon o’t qo’yilgan uy vayronalaridan pul yashirib qo’yilgan yashikni topib olgani va shu pullar bilan o’zining yangi ishini boshlagani hikoya qilinadi. Bular to’qimachilik fabrikasi, shakar zavodi, keyinchalik esa sug’urta biznesi bo’lgan. Koreyada 1960-yillarda

aholi jon boshiga o’rtacha daromad 80 dollardan oshmagan bo’lsa ham Li Byon tezda

boyib ketadi. O’sha davrda hatto poytaxtda, Seulda ham elektr quvvati domiy ravishda ta’minlanmaganligini, elektr quvvati kuniga bir necha soatga berilganligini, markaziy vodoprovod bo’lmaganligini aytib o’tish o’rinli bo’ladi. Tez orada sodir etilgan harbiy to’ntarish Li Byonning yaqin do’sti va prezident Li Son Manni taxtdan ag’daradi, u boy tadbirkor sifatida quvg’in qilingan hukmdorning yaqinlari qatoriga kirardi. Li Byon Chxolning o’zini poraxo’rlik va ag’darilgan prezident bilan yaqin tanish bo’lganligi uchun qamoqqa oladilar.




Download 295.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling