Sana “ ” 201 yil. Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha


Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi


Download 1.46 Mb.
bet51/103
Sana03.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1154894
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103
Bog'liq
10-sinf Geografiya(konspekt)

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
Demak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon aholi sonining ko‘payishi keskin tezlashdi. Bu jarayon fanda demografi k portlash deb ataladi. Bu hodisaning sababi – ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika taraqqiyoti tufayli aholining turmush darajasi yuksalishi, yashash sharoiti yaxshilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rtacha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib ketganligidir. Dastlab demogra] k portlash XIX asrning boshi – XX asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ro‘y bergan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmida esa Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi rivojlanayotgan mamlakatlar aholi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi.Rivojlanayotgan mamlakatlar aholisi yuqori tezlik bilan o‘sib kelgan bir paytning o‘zida, Yevropa davlatlari va Yaponiyada aholining
tabiiy ko‘payishi keskin sekinlashdi. Hattoki, ayrim hollarda tug‘ilish o‘limdan ham pastroq darajaga tushib ketib, aholining tabiiy kamayish (depopulyatsiya) jarayoni ham ro‘y berdi.
Demogra] k portlashdan keyingi tug‘ilishning pasayib ketish jara yoni sabablarini demografi k o‘tish nazariyasi yordamida izohlash mumkin. Bu nazariyaga ko‘ra, jamiyatda aholining takror barpo bo‘lishi 4 ta bosqichdan o‘tib o‘zgarib boradi (7-rasm). Dastlabki, 1-bosqichda
tug‘ilish bilan o‘lim juda yuqori bo‘lib, orasidagi tafovut, ya’ni aholi tabiiy ko‘payishi minimal darajada saqlanadi. Bunday demogra] kvaziyat “an’anaviy turg‘unlik” deb ataladi. Keyingi, 2-bosqich davomida o‘lim darajasi keskin kamayib, yuqorida ta’rifl angan demogra] k portlash hodisasi ro‘y beradi.
Dunyoning turli mamlakatlari demografik o‘tishning har xil bosqichini boshdan kechirmoqda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi rivojlangan mamlakatlar 4-bosqichda bo‘lib, tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining pastligi bilan ajralib turibdi. Osiyoda Janubiy va Shimoliy Koreya, Singapur, Tailand va hattoki aholi soni jihatidan dunyoda yetakchilik qilayotgan Xitoham demografi k o‘tishning yakuniy bosqichiga kirdi. Lotin Amerikasi va Okeaniyaning ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarida ham o‘xshash demografi k vaziyat kuzatilmoqda. Tug‘ilish va aholining tabiiy ko‘payishining eng past ko‘rsatkichlari esa Vengriya, Bolgariya, Serbiya, Ruminiya, Latviya, Litva, Ukraina kabi Yevropaning o‘tish iqtisodiyotidagi davlatlariga xos. Bu davlatlarda bir necha yildan buyon aholining tabiiy kamayishi sodir bo‘lmoqda.Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi demografi k o‘tishning 3-bosqichini kechirmoqda, ularda tug‘ilish ko‘rsatkichlari asta-sekin pasayib bormoqda. Demografi k o‘tish jarayonining eng past sur’atlari esa Afrika davlatlari uchun xos. Ayniqsa, G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy Afrika mamlakatlarida tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining yuqori darajalari saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2016-yil yakunlari bo‘yicha, jahonning aholi tabiiy ko‘payish sur’atlari bo‘yicha 10 ta yetakchi davlat ichida 9 tasi Afrika materigida joylashgan, birinchi beshlikdan esa faqat Afrika mamlakatlari (Malavi, Uganda, Burundi, Niger, Mali) joy olgan. Demak, dunyoning eng rivojlangan davlatlari hamda o‘tish iqtisodiyotidagi ko‘p davlatlar demografi k o‘tishni yakunlab qo‘ygan bo‘lsa lar, Afrikaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan eng sust rivojlangan mamlakat-
lari 2-bosqichdan 3-bosqichga o‘tish arafasida turibdi. Shuning uchun hozirgi sharoitda dunyo aholisi, asosan, rivojlanayotgan va eng qoloq mamlakatlar hisobiga ko‘payib bormoqda. Hozirgi davrda dunyo aholisi har yili o‘rtacha 70–80 mln kishiga ko‘paysa, bu ko‘payishning 97% Afrika, Osiyo va Lotin Amerikasining rivojlanayotgan davlatlariga to‘g‘ri keladi (8-jadval).

Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling