Sana “ ” 201 yil. Mavzu: geografiya fanlari tizimi haqida tushuncha


Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi


Download 1.46 Mb.
bet78/103
Sana03.02.2023
Hajmi1.46 Mb.
#1154894
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103
Bog'liq
10-sinf Geografiya(konspekt)

Dars materiallari va jihozlari: 10 sinf, geografiya “ darsligi. .
2.,,Mavzuga oid chizmalar
3.Doska, bo‘r, daftar.
4.Tarqatma material: darsda o‘rganiladigan asosiy atamalar va tushunchalar yozilgan kartochkalar.
I. Tashkiliy qism:
5.Sinfda o‘quvchilarni darsga jalb qilib, ishchi muhitni yaratish.
6.Sinf holati bilan tanishish va davomadni aniqlash
II. Darsning mazmuni:
7.Darslikning dasturi, maqsadlari va vazifalari.
8.Darslikdagi materiallar tizimi va uni o'rganish uslubiyati va usullari.
9.O‘rganiladigan ma’lumotlar hayotiy bog’liqligi..
III. Dars mazmunini ro‘yobga chiqarish ustida ishlash:
11. O'qituvchining 10-sinfdagi ,, geografiya “ fani vazifalari va xususiyatlari, darslikdagi materiallar tizimi, uni o’rganish uslubiyati va usullari to‘g‘risida tushuntirish.
Yangi dars bayoni:
G‘arbiy Afrika Sahroyi Kabir va Gvineya qo‘ltiqlari oralig‘ida joylashgan bo‘lib, hududi tropik cho‘llar, savanna, hamda nam ekvatorial mintaqaga to‘g‘ri keladi. Ushbu subregionda Afrikaning aholi soni jihatidan yetakchi davlati - Nigeriya joylashgan. Aholisining milliy tarkibi ancha murakkab. Mustamlakachilik davrida qulchilik eng avj olgan mintaqa hisoblanadi.Subregionning zamonaviy qiyofasini, birinchi navbatda, bu yerda qadimdan rivojlanib kelgan qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashuv belgilaydi. Plantatsiya xo‘jaligining rivojlanishi bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘lgan subregion davlatlari, asosan, texnik ekinlar yetishtirishga ixtisos lashgan. Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan monokultura ekinlarining (yeryong‘oq, turli mevalar, tabiiy kauchuk, kakao, kofe) asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi. Konchilik sanoati asosiy rivojlangan sanoat tarmog‘i hisoblanadi. Asosan, temir va uran rudalari, boksit, qalay, neft, olmos, oltin qazib olinadi. Nigeriya G‘arbiy Afrikaning iqtisodiyoti nisbatan rivojlangan davlatlariga misol bo‘la oladi.Markaziy Afrika mamlakatlari materikning markaziy qismida, nam ekvatorial o‘rmonlar hamda savanna mintaqalarida joylashgan.
Janubiy Afrika – Yevropa, Osiyo, Amerika qit’alaridan ancha uzoqda joylashgan bo‘lsada, qulay transport-geogra$ k o‘ringa ega. Uning qirg‘oqlaridan muhim dengiz yo‘li yo‘nalishlari o‘tadi. Janubiy yarimsharning tropik va subtropik mintaqalarida joylashgan subregion turli tabiiy resurslarga (ayniqsa, mineral resurslarga) boy. Janubiy Afrika Res publikasi nafaqat subregiondagi, balki qit’adagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat hisoblanadi. U jahon bozoriga turli mineral resurslarni yetkazib beruvchi davlatlardan biri. Uning iqtisodiyotida
konchilik sanoatidan tashqari, qayta ishlovchi tarmoqlar ham salmoqli miqdorda mahsulot tayyorlab beradi. Subregionning boshqa davlatlari iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi muhim o‘rin tutadi. Aholisi etnik jihatdan rang-barangligi bilan ajralib turadi. Shu bilan birga JAR aholisi
milliy tarkibida yevropaliklarning salmog‘i ham yuqori.Afrika katta miqdorda tabiiy, ijtimoiy, iqtisodiy resurs imkoniyatlariga ega. Lekin, mintaqa davlatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish da-
rajasi pastligi, aholisining milliy va diniy tarkibidagi o‘ziga xosliklar, uning turmush hamda savodxonlik darajasining past ko‘rsatkichlari, siyosiy mustaqillikka erishish davrida etnik xususiyatlar e’tiborga olinmagan holda milliy chegaralanishning amalga oshirilganligi kabi holatlar ko‘plab geosiyosiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoq da. Mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik esa ekologik muammolarning (masalan, cho‘llashish muammosi) yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan.



Download 1.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling