Sana “ ” 201 yil


Download 1.85 Mb.
bet53/85
Sana02.11.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1740060
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85
Bog'liq
10 sinf kimyo dars ishlanma

Yangi dars bayoni:
Nomenklaturasi. Oddiy ketonlarning nomlari karbonil guruh bilan bog‘langan radikallar nomiga “keton” so‘zini qo‘shish bilan hosil qilinadi.Agar radikallar har xil bo‘lsa, radikali kichik bo‘lganidan boshlab aytiladi va oxirida keton so‘zi qo‘shiladi.
Olinishi:
Alkinlarni gidratlanishi. 1. Alkinlarning (asetilendan tashqari) gidratlanishidan ketonlar olinadi.
2. Bitta uglerodi ikkita galogen tutgan digaloid alkanlarni (galogenlar chetki uglerod atomlarida bo‘lmagan birikmalar) gidrolizlash yo‘li bilan ham olinadi:
Fizik xossalari.
Ketonlarning quyi vakillari aldegidlar kabi suvda yaxshi eriydi va o‘ziga xos yoqimsiz hidga ega bo‘ladi.
Kimyoviy xossalari.
Ketonlar ham aldegidlar kabi birikish, oksidlanish reaksiyalariga kirishadi. Reaksiyaga kirish qobiliyati aldegidlarga nisbatan sustroq.Birikish reaksiyalari. Ketonlar katalizator ishtirokida vodorodni biriktirib
ikkilamchi spirtlar hosil bo‘ladi:
Ketonlar faqat kuchli oksidlovchilar (KMnO4 yoki K2Cr2O7) ta’sirida oksidlanadi.
Aseton(dimetilketon) CH3 CO CH3 56,5° C da qaynaydigan, o‘ziga xos hidli, rangsiz suyuqlik. Aseton yog‘ochni quruq haydashdan hosil bo‘lgan sirka kislotaning kalsiyli tuzidan olinadi. Ilgari bu usul aseton olishda yagona hisoblanar edi. Hozirda sanoatda aseton olishning bir necha samarali usullari
kashf qilingan. Masalan, asetonni to‘g‘ridan to‘g‘ri sirka kislotaning o‘zidan ham olish mumkin. Buning uchun CH3COOH bug‘lari (Al2O3) katalizatorlar ustidan o‘tkaziladi. Aseton sanoatda keng qo‘llaniladi. Undan xloroform va yodoform olishda, kislotalar, asetat ipagi ishlab chiqarishda erituvchi sifatida
ko‘p miqdorda foydalaniladi. Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Ketonlar qaysi guruh moddalari bilan izomer hisoblanadi?
2. Ketonlarning aldegidlarga o‘xshash va farqli belgilarini aytib bering.
3. C5H10O tarkibga ega bo‘lgan keton struktura formulalarini yozing va ularni nomlang.
4. C4H8O tarkibga ega bo‘lgan keton struktura formulalarini yozing va ularni nomlang.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling