Quyosh orasidagi masofa 147 mln km ga teng. Yer orbitasining Quyoshdan
eng uzoq nuqtasi esa afeliy deyilib, Yer bilan Quyosh o„rtasidagi masofa
152 mln km bo„ladi. Shuning uchun Yer orbita bo„ylab turli tezlikda
harakat qiladi, ya‟ni perigeliyda eng tez (30,3 km/sekund), afeliyda eng sekin
(29,3 km/sekund) aylanadi. Buning oqibatida Quyosh Shimoliy yarimsharga
186 kun, Janubiy yarimsharga esa 179 kun nur sochadi. Lekin bu Yerga
keladigan issiqlikning miqdoriga ta‟sir qilmaydi. Yer orbitasining aylanaga
yaqin ellipsligi tufayli Yerga keladigan issiqlikning miqdori o„zgarmaydi,
ya‟ni doimiydir. Shu sababli Yer yuzida doimiy issiq sharoit yuzaga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |