Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
VIII.Darsning borishi (reja)
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- IX.Yangimavzubayoni
VIII.Darsning borishi (reja):
1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX.Yangimavzubayoni: Darvin yashash uchun kurash iborasini keng ma’noda, ya’ni organizmlarning o‘zaro hamda anorganik tabiatning noqulay sharoitlari orasidagi murakkab va xilma-xil munosabatlarini, shuningdek, normal nasl qoldirish layoqatini tushungan. Yashashuchunkurashxillari.Darvinyashashuchunkurashninguchxil: a) har xil turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; b) bir turga kiruvchi organizmlar orasidagi kurash; d) organizmlarning organik tabiatning noqulay sharoitlariga qarshi kurashi kabi formalarini farqlagan. Har xil turlarga mansub organizmlar orasidagi kurash nihoyatda turli- tuman. Chunonchi, bo‘ri va tulkilar tovushqonlar bilan oziqlanadilar. Shunga ko‘ra bo‘rilar bilan tulkilar, shuningdek, tulkilar bilan tovushqonlar orasida doimo yashash uchun o‘zaro kurash kuzatiladi. Yirtqich - o‘lja, parazit va xo‘jayin muno- sabatlari turlararo yashash uchun kurashning yana bir ko‘rinishidir. Markaziy Osiyoda ko‘p tarqalgan hind maynasi chigirtkalar bilan ham oziqlanadi. Chigirtkalar chumchuqlar uchun ham oziqa sanaladi. Binobarin, maynalar bilan chumchuqlar orasida raqobat yuz beradi. Tuyoqli hayvonlar o‘simliklar bilan oziqlanadi. O‘simliklar bilan chigirtkalar ham oziqlanadi. Chigirtkalarning tez ko‘payishi tuyoqli hayvonlarning och qolib o‘lishiga sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan tuyoqli hayvonlar hayoti yirtqich hayvonlarga bog‘liq. O‘simliklarning mavjudligi faqat o‘txor hayvonlargagina emas, balki ularning chang- latadigan hasharotlar, shuningdek boshqa o‘simlik o‘rtasida bo‘ladigan raqobat bilan ham aloqador. Joy uchun kurashda kulrang Bir turga kiruvchi organizmlar o‘rtasidagi kurash. Yuqoridagilardan farqli ravishda bir turga kiruvchi organizmlarning oziqa, yashaydigan hudud va hayot uchun zarur bo‘lgan boshqa omillarga nisbatan talabi o‘xshash bo‘ladi. Bir turga kiruvchi qushlar orasida urchish paytida uya qurish uchun joy tanlash bo‘yicha raqobat ro‘y beradi. Sutemizuvchi hayvonlar, qushlarda erkak organizmlar o‘rtasida urg‘ochi organizmlar bilan qo‘shilish uchun kurash ketadi (40-rasm). G‘o‘za, bug‘doy va boshqa o‘simlik urug‘lari zich ekilganda, ular orasida yorug‘lik, namlik, oziqa uchun raqobat kuzatiladi. Oqibatda ular nimjon bo‘lib o‘sadilar. Bir turga kiruvchi daraxtlar, butalar orasida ham bunday holat kuzatiladi. Shox-shabbasi keng quloch yozgan eng baland daraxtlar quyosh nurining ko‘p qismini tutib qoladi. Ularning baquvvat ildiz sistemasi tuproqdan ko‘proq suv va unda erigan mineral moddalarni shimib oladi. Buning hisobiga qo‘shni daraxtlar zaif bo‘lib o‘sadi yoki o‘sishdan to‘xtab nobud bo‘ladi . Tur ichidagi kurash eng shiddatli bo‘ladi. Chunki bir tur individlarining hayotiy ehtiyojlari bir xil bo‘ladi. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling