Sana: “ ” Biologiya fani Sinf: 10-A10-B10
Download 2.84 Mb.
|
10-sinf. BIOLOGIYA KONSPEKT [uzsmart.uz]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars bosqichlari Vaqt
- VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism : a)
- IX.Yangimavzubayoni
- Odamning boshlang‘ich ajdodlari. Bundan taxminan 25 mln yil
V.Didaktik jihoz:Tarqatma materiallar, slaydlar ,bukletlar.
VI.Texnik jihoz:Kadoskop,kompyuter, flepchat doska. VII.Darsuchun talab etiladigan vaqt:45 minut: Darsning texnologik xaritasi:
VIII.Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi 2.Uyga vazifani so`rab baholash:a) og`zaki so`rov b) daftarni tekshirish v) tarqatma materiallar orqali g) misollar yechish e) amaliy. IX.Yangimavzubayoni: Odamning tarixiy rivojlanishiga oid paleontologik materiallar uning evolutsiyasida to‘rt bosqich - odamning boshlang‘ich ajdodlari, eng qadimgi odamlar, qadimgi odamlar, hozirgi zamon qiyofasidagi odamlar bo‘lganligini ko‘rsatadi. Odamning boshlang‘ich ajdodlari. Bundan taxminan 25 mln yil muqaddam driopiteklar yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish, irsiy o‘z- garuvchanlik tufayli ikki tarmoqqa - hozirgi odamsimon maymunlar va odamlarning dastlabki ajdodlariga ajralganlar. Birinchi tarmoq vakillarining kelgusi rivojlanishidan gorilla, shimpanze kelib chiqqan. Sharoitning keskin o‘zgarishi tufayli driopiteklarning ba’zilari ikki oyoqlab yurishga o‘tganlar. Natijada «janubiy maymunlar» - avstralopiteklar paydo bo‘lgan. Ularda ikki oyoqlab yurish tayyor tayoqlar, toshlar, yirik hayvon suyaklaridan qurol sifatida foydalanish imkonini bergan. Ular o‘rmon-dasht, ochiq yerlarda yashagan. Bo‘yi 120-140 sm bo‘lib, tanasining massasi 36-55 kg, kalla suyagining hajmi 500-600 sm3 bo‘lgan. Avstralopiteklar chanoq suyagining tuzilishi ikki oyoqlab harakatlanganligidan dalolat beradi. Avstralopiteklarning suyak qoldiqlari Keniyaning Rudolf ko‘li atrofidan 5,5 mln yoshda bo‘lgan yer qatlamlaridan topilgan. Avstralopiteklarning bir turi rivojlanib, dastlabki odam (homo habilis)ni hosil qilgan. Bosh miyasining hajmi 650-680 sm3 bo‘lgan. Bo‘yi 135-150 sm. Ular tayyor tosh, yog‘och qurollar yordamida yirik hayvonlarni ovlaganlar, o‘simliklarning yer ostidagi piyozlari, tuganaklari, ildizlarini kovlaganlar. Homo habilis olovdan foydalanishni bilgan hamda yirik toshlardan o‘zlari uchun kulba yasagan. Shu sababli ular «uquvli odam» deb atalgan. Eng qadimgi odamlar - (arxantroplar). Arxantroplar tik yuruvchi odam - homo erectus turiga kiritiladi. 1891-yili gollandiyalik olim Dyubua Yava orolidan pitekantrop (maymun odam)ning suyak qoldiqlarini topgan. Uning bo‘yi 170 sm, miyasining hajmi 800-1100 sm3 bo‘lgan. Pitekantroplar toshdan, suyakdan qurollar yasagan, olovdan foydalanishni bilgan va jamoa bo‘lib yashagan. 1927-1937-yillarda Pekin atrofidagi g‘ordan sinantrop odamning suyak qoldiqlari topilgan. U 500-300 ming yil avval yashagan. Sinantroplar miyasining hajmi 850-1220 sm3, bo‘yi 150-160 sm bo‘lgan. Ular olov yoqishi va uni saqlashni bilganlar. Pitekantroplar, sinantroplar, hozirda homo erectus turiga kiritilib, eng qadimgi odamlar arxantroplarsanaladi. Arxantroplar o‘lgandan keyin yaqinlarini ko‘mganlar, go‘rlarini har xil hayvon shoxlari, tishlari bilan bezaganlar. Qadimgi odamlar (paleoantroplar). Germaniyaning Neander daryosi yaqinida, shu jumladan, Surxondaryo viloyatining Teshiktosh g‘oridan qadimgi odamning kalla, jag‘ va oyoq suyaklari topilgan. Unga neandertal odam deb nom berilgan. Neandertallar 250-40 ming yil avval yashaganlar. Uning peshanasi qiyali bo‘lib, iyagi yaxshi rivojlanmagan. Bo‘yi 155-165 sm, miyasining hajmi 1400 sm3 bo‘lgan. Ular jamoa bo‘lib yashaganlar. Ular bolalarga, keksalarga va kasallarga g‘amxo‘rlik qilganlar, o‘lganlarni ko‘mganlar. Download 2.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling