Sana : Sinf: 9 Fan: Kimyo


Download 19.05 Kb.
Sana21.10.2019
Hajmi19.05 Kb.

Aim.uz

Sana : ________

Sinf: 9

Fan: Kimyo
Mavzu: Dastlabki kimyoviy qonunlar. Mol-modda miqdori, Avagadro qonuni, gazlarning zichligi va nisbiy zichligi, ekvivalentlik qonuni.

Darsning maqsadi.



a.) Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga mol-modda miqdori, Avagadro qonuni, gazlarning zichligi va nisbiy zichligi, ekvivalentlik qonuni haqida ma’lumotlar berish.

b) Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarga odob axloq haqida tushunchalar berish.

d) Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, nutq madaniyatini o’rganish, o’z – o’zini boshqarishga yo’naltirish, hozirjavoblik, topqirlik xususiyatlarini rivojlantirish.

Darsning jihozi: dars konspekti, darslik, 8 – sinflar uchun o’quv ko’rgazmalar .

Dars turi: Noan’anaviy.

Dars o`tish metodi: “Aqliy hujum”, “Juftlikda ishlash”, “Guruhlar bilan ishlash”,

Dars rejasi: 1. O’qituvchining kirish so’zi, 2. Guruhlarga bo’lish 3. Diqqatni tortish o’yini.

4.Juftlikda ishlash uchun topshiriq, 5. Mavzuga ijodiy yondashish , 6 .Mavzuga oid amaliy ish ishlash. 8. Mavzuni mustahkamlash 9.O’quvchilarni baholash 10.Uyga vazifa

VI .Darsning borishi: a) Darsning tashkil etilishi. b) Salomlashish, davomatni aniqlash.

c) O’quvchilarni darsga hozirlab, jonli muhit yaratish. d) Guruhlarga bo’lish



Qoidalar: Faollik, Vaqtga rioya qilish, Fikrni takrorlamaslik, O’zaro hurmat, To’g’ri javob uchun rag’bat, O’ng qo’l qoidasi, Bir yoqadan bosh chiqarish, Intizom.

O’tilgan mavzuni takrorlash.

2.Oldingi darsda o’rganilgan bilimlarni tekshirish va xotirani sinash maqsadida “Aqliy hujum” qo’llaniladi. Tezkor savol-javoblar

1. Avagadro doimiysi qiymati nechaga teng?

2. Kimyoviy formula nima?

3. Valentlik deb nimaga aytiladi?

Mavzu bayoni:


  • Bir mol-moddaning nisbiy molekular massasiga son jihatidan teng va gramm bilan ifodalangan qiymatdir.

  • Bir mol -12C uglerod izotopining 12 gramida nechta atom bo’lsa o’shancha struktura (molekula, atom,ion, elektron) tutgan moddaning miqdoridir.

  • 12 gramm uglerodda 6,02* 1023 ta atom bo’ladi.

  • Modda miqdori -n harfi bilan belgilanadi va u mollar bilan ifodalanadi.

  • Moddaning molyar massasi -M harfi bilan belgilanadi.

  • Bir xil sharoitdagi turli gazlarning birxil hajmlaridagi molekulalar soni bir xil bo’ladi.

  • Gaz va bug’ holatdagi moddalarning molar hajmi VM ni aniqlash uchun VM=V/n formuladan foydalanamiz.

  • V-gaz moddaning hajmi, n-modda miqdori;

  • Bir mol gaz va bug’ hoilatdagi modda n.sh.da 22,4 l hajmni egallaydfi.

  • Gazning zichligini topish uchun, p =M/VM formuladan foydalanamiz.

  • Gazning nisbiy zichligini topish uchun d=M1/M2 formuladan foydalanamiz. M1- zichligi topilayotgan gazning molyar massasi. M2 - nisbatan olingan gazning molyar massasi.

  • Kimyoviy elementlar bir-biri bilan o’z ekvivalentlariga proporsional bo’lgan og’irlik miqdorlardabirikadi yoki almashinadi.

  • Elementning ekvivalenti deb 1 mol vodorod atomi (1 g) bilan birikadigan yoki shuncha miqdor vodorodning o’rnini oladigan miqdoriga aytiladi.

Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Vodorodga nisbatan zichligi 32 bo’lgan gazning molekular massasini hisoblang.

2. 3,4 g fosfin n.sh.da qanday hajmni egallaydi?

3. Massasi 51 g bo’lgan O2 200C temperatura va 250 kPa bosimda qanday hajmni egallaydi?



O’quvchilarni baholash:

Uyga vazifa: Mavzuni darslikdan o’qish, “Savol va topshiriqlar” ni bajarish.


Aim.uz



Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling