Sana: 1 –mashg’ulot mavzusi: Saxovatli fasl. Mashg’ulotning maqsadi


Download 228.94 Kb.
Sana24.11.2020
Hajmi228.94 Kb.
#151433
Bog'liq
4-SINF O'QISH TO'GARAKI


SANA:

1 –mashg’ulot mavzusi: Saxovatli fasl.

Mashg’ulotning maqsadi: 1. O'zbekistonda oltin kuz tabiati haqida o'quvchilar bilimini boyitish. 2. O'quvchilarda ona-yurtimiz boyliklarini asrash, xalq an'analarini hurmatlash va davom ettirish hissini tarbiyalash. 3. Lug'atini boyitish, nutqini o'stirish, o'qish malakalarini takomillashtirish.

Mashg’ulotning turi: yangi bilim beruvchi, hikoya o'qish, she’r o’qish mashg’uloti.

Mashg’ulot shakli: Noan'anaviy mashg’ulot.

Asosiy masalalar. O'quvchilarning kuz tabiati, kuz faslida poliz mahsulotlarini yig'ib olishning tartib-qoidalari, dehqonchilik, xalq an'analari haqidagi tushunchalarini boyitish, o'qish malakalarini takomillashtirish.

Tayanch tushunchalar. Sep, qirov,tuyoqli jonivorlar, chug’urchuqlar, uzunqanotlar, ko’kqarg’alar.

Mashg’ulotda foydalaniladigan ta'limiy vositalar: turli meva, sabzavotlar rasmlari, poliz mahsulotlarini yig'ib olish tasviri, test topshiriqlari.

TK:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:jamiyatda bo’layotgan voqea hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish.

FK: Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari ularning mazmunini to’liq yoki qisqartirib va mashg’ulotlikdagi rasmga qarab fikrini og’zaki bayon qila olish

Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: o’rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o’qituvchi yordamida ularga baho bera oladi, asar mazmunidan ta’sirlana oladi, o’qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga jaqvob bera oladi



Mashg’ulot metodi: izohli o'qish, ifodali o’qish, tarmoqlash, muammoli o'qitish metodi.

Identiv o'quv maqsadi:

1. Hikoya matnini to'g'ri, o'quv sur'atiga mos, ongli va ifodali o'qish.

2. Asar matni yuzasidan berilgan topshiriqlarni yakka va juft bo'lib bajarish.

3. Matn mazmunini qayta hikoyalash.



Mashg’ulotning borishi

I. Da'vat bosqichi.

1. Kuz haqida she'rlar ifodali yod ayttiriladi va o'qitiladi.

2. O'qituvchi o'quvchilarning kuz haqida, uning noz-ne'matlari haqida suhbat o'tkazadi.

– O'lkamizga kuz fasli kelganini nimalardan bilish mumkin?

— „Oltin fasl" matnidan tabiat tasvirini topib o'qing.

— Kuzda qaysi sabzavot va mevalar pishadi?

— Stol ustidagi uzum rasmlarini olib, nomini ayting (kishmish, husayni, hasayni, charos, ..

— Siz olmaning qaysi navlarini bilasiz?



— Uzum nomlarini tarmoqlash usulida ko'rsating. Namuna:


III. Anglash bosqichi: O’qituvchi hikoyasi:

SAXOVATLI FASL

Ona diyorimizga oltin kuz o'zining barakali sepini yoydi. Salqin kechalar, ertalab maysa-ko'katlar, dov-daraxtlar barglarini bezaydigan shudringlar kuz kelganidan darak bermoqda.

Kuzning birinchi oyi mevalar, sab-zavot mahsulotlari, qovun-tarvuzlar serob bo'lishi bilan dillarga quvonch baxsh etadi. Noklar, shaftolilar, olma-lar g'arq pishadi, uzum va anor ham dasturxonni bezaydi.

Ertalab va quyosh botayotgan paytlarda chug'urchiqlar galasi ko'zga ko'rinib qoladi. Ular hali diyorimizdan uchib ketishgani yo'q. Sentabr oxiriga borib chug'urchiqlar biz bilan xayrlashib, o'zlari uchun qadrdon bo'lib qolgan joylarga parvoz qilishadi.

Issiqsevar qaldirg'ochlar, uzunqanotlar, ko'kqarg'alar birinchi bo'lib uchib ketishadi.

Sentabrda tuyoqli jonivorlarning ham hayoti sezilarli o'zgaradi. Ular ko'k o'tlar bilan birga, don ozuqasi, mevalarni ham ishtaha bilan yeyishadi. Bu ularning qishga ko'p kuch to'plab olishiga imkon beradi.

Bu davrda paxta dalalari ham o'ziga xos manzara kasb etadi. Quyosh ufqdan bosh ko'tarishi bilan uning zarrin nurlari g'o'za qator oralariga tushib, barglaridagi shudringlar rango-rang bo'lib tovlanadi. Quyosh nuri tushgan barglar, kech ochilgan gullar, lo'ppi-lo'ppi paxtalar ko'zni qamashtiradi.

IV. Mustahkamlash.

1. Kuz faslida tabiatda qanday o'zgarishlar ro'y beradi?

2. Kuzda qaysi qushlar boshqa o'lkalarga uchib ketadi?

3. Kuzda jonivorlar hayotida ro'y beradigan o'zgarishlar to'g'risida nimalarni bilasiz?

4. Dehqonlarning kuzdagi yumushlari haqida gapiring.



V. Uyga vazifa: matnni o’qib so’zlash.
MMIBDO’____________


2- mashg’ulot: Dehqon. S. Rahmon

Sana:______________

Mashg’ulotning maqsadi: 1. O'zbekistonda oltin kuz tabiati haqida o'quvchilar bilimini boyitish. Dehqonning zahmatli mehnatini tushuntirish. 2. O'quvchilarda ona-yurtimiz boyliklarini asrash, xalq an'analarini hurmatlash va davom ettirish hissini tarbiyalash.

3. Lug'atini boyitish, nutqini o'stirish, o'qish malakalarini takomillashtirish.



Mashg’ulotning turi: yangi bilim beruvchi, hikoya o'qish, she’r o’qish mashg’uloti.

Asosiy masalalar. O'quvchilarning kuz tabiati, kuz faslida poliz mahsulotlarini yig'ib olishning tartib-qoidalari, dehqonchilik, xalq an'analari haqidagi tushunchalarini boyitish, o'qish malakalarini takomillashtirish.

TK:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:jamiyatda bo’layotgan voqea hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish.

FK: Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari ularning mazmunini to’liq yoki qisqartirib va mashg’ulotlikdagi rasmga qarab fikrini og’zaki bayon qila olish

Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: o’rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o’qituvchi yordamida ularga baho bera oladi, asar mazmunidan ta’sirlana oladi, o’qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga jaqvob bera oladi

Mashg’ulotda foydalaniladigan ta'limiy vositalar: turli meva, sabzavotlar rasmlari, poliz mahsulotlarini yig'ib olish tasviri.

Mashg’ulot metodi: izohli o'qish, ifodali o’qish, tarmoqlash, muammoli o'qitish metodi.

Mashg’ulot jarayoni:

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni aniqlash;

Mashg’ulotga hozirlik ko’rish.



II. O’tgan mashg’ulotni so’rash va mustahkamlash.

- Fasllar va dehqonchilik bilan bog'liq qanday an'analarni bilasiz? O'zingiz shunday an'analarda ishtirok etganmisiz?

- An'analarni saqlab qolish va davom ettirish uchun nima qilish kerak?

III.Yangi mashg’ulot bayoni.

DEHQON Sulaymon Rahmon

Dehqon desam, ko'z o'ngimda

Jonlanadi saxiy inson.

Dehqon desam, ko'z o'ngimda

Yashnab turar bog'-u bo'ston.


Jonlanadi, dehqon desam,

Sahrolarda kulgan bahor.

Ko'z o'ngimda: saxiy g'o'zam,

Savat-savat olma-anor.

IV. Mustahkamlash.

1. Shoir dehqonni qanday so’zlar bilan ulug’laydi?

2. U dehqonni nima uchun yer naqqoshi deb ataydi?

3. She’rni yod oling.



V.Uyga vazifa: she’rni yodlash.

VI.Mashg’ulot yakuni.

MMIBDO’____________




SANA: 3-mashg’ulot

Mashg’ulot mavzusi: Salomlashish odobi.

Mashg’ulotning maqsadi:

O`quvchilarning og`zaki nutqini o`stirish, mantiqiy fikrlashga, aniq ravon so`zlashga va ifodali o`qishga o`rgatish, salomlashishning hosiyati haqida tushuncha berish; ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, mehr-oqibatli, sahovatli insonlar bo`lib kamol topishiga hissa qo`shish. maqsad: o`qish malakalarini, dunyoqarashini , xulqi, odobini, mukammal insoniy fazilatlarini rivojlantirish.



TK:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:jamiyatda bo’layotgan voqea hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish.

FK: Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari ularning mazmunini to’liq yoki qisqartirib va mashg’ulotlikdagi rasmga qarab fikrini og’zaki bayon qila olish

Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: o’rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o’qituvchi yordamida ularga baho bera oladi, asar mazmunidan ta’sirlana oladi, o’qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga jaqvob bera oladi

Mashg’ulotning turi: yangi bilim beruvchi mashg’ulot.

Mashg’ulotning uslubi: noan`anaviy, suhbat-munozara, aqliy hujum.

Mashg’ulotning jihozi: ko`rgazmali qurollar, mashg’ulotga oid rasmlar, test topshiriqlari.

Mashg’ulotning tashkiliy qismi :

O`qituvchi: - Bugun oddiy mashg’ulot emas,

Balki sinov mashg’ulotidir.

O`tib olsak sinovdan

Bu hammmadan yaxshidir.

Qani ayting bolalar

Kim navbatchi bo`ladi?

Ushbu kunning hisobin,

Menga aytib beradi

Marhamat!

O`quvchi: - Bugun hafta kunining

Beshinchisi bo`libdi.

Olloh ushbu kunga

Katta nazar solibdi

Yaxshilik farishtasi

Yer yuziga qo`nibdi

Barcha yaxshi yumushlar,

Ezgu niyat, orzular

Ushbu kunning o`zida

Ijobat ham bo`libdi.

Sinfimizda 18 ta o`quvchi bor. Hamma o`quvchilar mashg’ulotda qatnashmoqda.

Uy vazifasini so`rash:

O`qituvchi o`quvchilar bilan turli mashg’ulotlarda savol-javob o`tkazadi . Savol- javob tugagach, uy vazifasi so’rab, baholanadi. O’quvchilar “ Dehqon “ she’rini yoddan aytishadi. Salomlashish haqida suhbat o’tkaziladi.

O’tgan mashg’ulotni mustahkamlash.

Savol- javob orqali mashg’ulotni mustahkamlayman:

1) Til nima?

2) Til odobi haqida nimani bilib oldingiz?

3) O’zbekistonda “ Davlat tili to’g’risidagi Qonun” qachon qabul qilindi?

Yangi mashg’ulot bayoni.

O’qituvchi bolalar yordamida yaxshilikning turli ko’rinishlarini xattaxtaga yozadilar va ularga izoh beradi.

Salomlashish odobi

Husayn Voiz Koshifiy

Salom — salomatlik ma'nosini ifodalaydi. Agar sendan necha mavridda salomlashish kerak, deb so'rasalar, yetti holatda, deb javob bergin. Avvalo: yor-u do'stlarni, aka-ukalarni ko'rganda salomlashish kerak. Ikkinchi: jamoat joylariga borganingda salom berishing lozim. Uchinchi: biror xonadonga borsang, u yerga salom berib kirgin. To'rtinchi: bir yerda jam bo'lib o'tirgan kishilar davrasiga kirsang, salomlashgin. Kishilar huzuridan turayotganingda ham salomlashishni unutma, uni vidolashish (xayr-u xo'sh) salomi deyiladi. Oltinchi: maqbaraga, qabristonga borsang, salom ber. Yettinchi: o'z xonadoningga kirganingda ham oila a'zolaringga salom berishni kanda qilma.

Hammomda salom berilmaydi. Qazoyi hojatdagi kishilarga, baland ovoz bilan qiroat qilayotgan odamlarga salom bermaydilar. Otliq piyodaga, turgan odam o'tirganlarga salom berishi lozim.

Kichiklar kattalarga, yolg'iz odam jamoat bo'lib turganlarga salom beradi. Salom berayotgan kishi ochiq chehrali bo'lishi darkor. Imo-ishora bilan emas, ovoz chiqarib salomlashish kerak.



Yangi mashg’ulotni mustahkamlash.

O’quvchilar mashg’ulotni ichda o’qiydilar. So’ngra savol- javob o’tkaziladi.

1. Salom so’zi qanday ma’noni bildiradi?

2. Qaysi holatlarda salomlashish kerak?

3. Qanday holatlarda salom berilmaydi?

O’quvchilardan salomlashish haqida bilgan rivoyatlari, maqol va she’rlari so’raladi.

SALOM

Tolib Yo'ldosh



Salom bilan boshlanar

Bilsang odob va axloq.

Salom bilan begona

Bo'lar tezda do'st-inoq.

Salom, assalom ming-ming

So'zlar ichra durdona.

Salom har bir bolaning

Odobidan nishona.

2. Salomlashish haqida ertaklardagi voqea¬-hodisalarni eslang.

Namuna: Saloming bo'lmaganda,

Hadis. Bir-birlaringiz bilan salomlashib yuringlar. Shunda o'rtalaringizda mehr-u oqibat paydo bo'ladi.

Mashg’ulotni yakunlash. O’quvchilarni rag’batlantirish. Uyga vazifa berish.

Salomlashish va odob- axloq haqida maqollar toping va yod oling.


MMIBDO’____________
SANA:

4- mashg’ulot

Mashg’ulot mavzusi: “Odamdan nima qoladi? ” ertagi.



Maqsad: O’quvchilarga mashg’ulot haqida tushuncha berish, ularning ezgulik haqida tasavvurlarini boyitish, o’qish ko’nikmalarini shakllantirish, insoniy fazilatlarni tarbiyalash.

Tayanch kompetentsiyalar:

TK2 Axborot bilan ishlash kompetensiyasi:

mavjud axborot manbalaridan (kitob, telefon, kompьyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga ongli munosabat bildirish, xulosa chiqarish;



TK3: badiiyasarda bo‘layotgan voqea jarayonlariga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish ;

Fanga oid kompetensiyalar: FK1:asarni tushunib, ongli, ifodali (bo‘g‘inlamay sidirg‘a) o‘qiy olish FK2: o`qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera olish;

Jihozlar: rasmlar, tarqatma materiallar.

Mashg’ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism:

  1. O’quvchilar bilan salomlashish;

  2. Mashg’ulotga o’quvchilarni tayyorlash;

  3. Davomatni aniqlash;

  4. kuz tabiati haqida savol- javob.

  1. O’tgan mashg’ulotni so’rash va mustahkamlash.

“Salomlashish odobi“ mashg’ulotsi yuzasidan savol –javob o’tkazaman:

  1. Salom so’zi qanday ma’noni bildiradi?

  2. Qaysi holatlarda salomlashish kerak?

  3. Qanday holatlarda salom berilmaydi?

O’quvchilardan salomlashish haqida bilgan rivoyatlari, maqol va she’rlari so’raladi

  1. Yangi mashg’ulot bayoni:

Odamdan nima qoladi? Yusuf Xos Hojib

I

Qo'ling el aro uzun bo'lsa, sen o'z fe'l-atvoringni ezgu tut. Yigitlik mangu emas, u juda tez kechadi. Tiriklik chirog'i ham ko'z ochib-yumguncha o'chadi. Hayot tushdek bir gap. U yashindek tez kechadi. Tiriklikda jami ezguliklarni yig'moq kerak. Ular keyinchalik yegulik va kiygulik bo'ladi. Kishilarning ezgusi bu haqda shunday deydi:



— Bu nafas oluvchi, ya'ni tirik jon, oxir-oqibatda o'ladi. Axir olamda tug'ilgan odamzodning biri ozroq, boshqa biri ko'proq yashaydi, so'ng baribir vafot etadi. Lekin podshoning ham, oddiy odamning ham vafotidan keyin qoladigan narsasi — nomi bor.

Agar senga shu navbat joyi tekkan bo'lsa, sen unga munosib tarzda yashagin.

Tirik oxir o’lar qora yer quchib

Norn ezgu esa-chi, ketarmi o'chib?!

Ikki xil nom qolar tilda begumon:

Biri yaxshilig-u, birisi yomon.

Dono maqtov olar, nodon-chi — so'kish

O'zing o'yla, senga ma'qul qaysi ish?

Ezgularning nomi buyuk bo'ladi, yomonlar nasibi esa qarg'ish va so'kishdan boshqa narsa bo'lmaydi. Bunga tarixdan quyidagi hodisa juda yaxshi misoldir:

Nedan bo'ldi Zahhok so'kishga duchor, Faridunga nechun omad sazovor? Biri ezgu erdi — oldi u duo, Esiz bo'lgani-chi, so'kish beado.

Ana endi o'zing aytgin-chi, sening tabiatingga ezgulik mosmi yoxud yomonlik? Sen o'z sha'ningga maqtov istaysanmi, yoki so'kish - qarg'ishmi?

Tilaging qanaqa bo'lsa, shundan kelib chiqib o'zing birini tanlab ol. Keyin o'kinib yurma.

Shunga o'xshatibdi sinagan odam, Sinagan odamga ayondir olam. Yaxshi nom oladi, ko'r, ezgu kishi, Yomonlar nasibi — el-yurt qarg'ishi.

Tajribalarda juda ko'p marta tasdiqlangan shunday hikmat bor: yomonlarning omadi hech qachon kelmaydi, ularning ishi har vaqt orqaga ketadi:

Yomonlik go'yo o't, yondirar, yoqar, O'tishga kechig yo'q: u soy tez oqar.


  1. Yangi mashg’ulotni mustahkamlash.

Mashg’ulotni izohli o’qish beriladi. O’quvchilar navbat bilan qismlarga bo’lib o’qiydi va izoh beradi. So’ngra mashg’ulot yuzasidan savol- javob o’tkaziladi.

1. Insonni vafotidan keyin qanday esga oladilar?

2. Zakkok nima uchun so’kishga duchor bo’lgan?

3. Faridunni duo qilishlarining sababi nimada?

4. “Yaxshi nom oladi, ko’r, ezgu kishi,

Yomonlar nasibi – el yurt qarg’ishi” misralarining mazmunini aytib bering.

O’quvchilar javobi tinglanadi va xulosa yasaladi.

O’quvchilar mashg’ulot asosida klaster tuzadilar:


yaxshi nom qilgan ezgu ishlari komil farzandlari




Odamdan nima qoladi


yozgan qo’lyozmalari qurgan binolari ekkan daraxtlari


Topshiriq:

  1. Boshqotirmani daftaringizga chizing.




  1. Katakchalarning ortiqchasini o'chirsangiz «Odob - inson bezagi» gapi kelib chiqadi.

IV. Mashg’ulotni yakunlash. O’quvchilarni rag’batlantirish. Uyga vazifa berish.

Odamdan nima qoladi? mashg’ulotsida oiladagi katta yoshdagilar bilan suhbatlashish.


MMIBDO’____________

Sana:__________________________

5-mashg’ulot mavzusi: Eng ulug‘ fazilat.

Mashg’ulotning maqsadlari: Ta'limiy maqsad: eng ulug’ fazilat ertagini o’qish, Donishmandlar odob-axloq to'g'risida” kitobidan berilgan matnlarni o’qish. ota-onani hurmat qilish haqida tushunchalar berish. o'qilganlardan xulosa chiqarishga va qahramonlarni baholashga o'rgatish.

TK:Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:jamiyatda bo’layotgan voqea hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish.

FK: Adabiy-nutqiy kompetensiya elementlari ularning mazmunini to’liq yoki qisqartirib va mashg’ulotlikdagi rasmga qarab fikrini og’zaki bayon qila olish

Badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi: o’rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata oladi va o’qituvchi yordamida ularga baho bera oladi, asar mazmunidan ta’sirlana oladi, o’qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga jaqvob bera oladi

Mashg’ulot metodlari: hikoya, suhbat, tushuntirish, amaliy ish, kuzatish.

Mashg’ulotning borishi:



I. O'tgan mashg’ulotda o'tilgan mashg’ulotni o'quvchilarga ifodali o'qitish yaxshi, yomon narsalar haqida tushunchalarini test orqali aniqlash va izohli baholashdan boshlanadi.

II.Yangi mashg’ulot bayoni:

Qadim zamonda bir mo‘tabar odamning uch o‘g‘li bor edi. Bir kuni ularni huzuriga chaqirib, shunday debdi:

- 0‘g‘illarim, sizlarni sinamoqchiman, bir oy sayohat qiling. Shu bir oylik umringizni xalqqa foydali, yaxshi ishlarga sarf eting. Qaysi biringizning qilgan yaxshiligingiz eng ulug‘ fazilat kasb etsa, barmog‘imdagi mana shu juda qimmatbaho uzukni unga beraman.

0‘g‘illari har tarafga tarqalib, sayohatga chiqib ketib-dilar. Bir oy sayohat qilib yurib, yana otalarining huzuriga qaytib kelibdilar.

Ota katta oglidan so'rabdi: - 0‘g‘lim, shu bir oy ichida qanday eng ulug‘ fazilatli ish qilding?

- Otajon, bir kuni tanho o'zim bir bog1 ko'chasidan otib ketayotsam, bir yerda juda ham qimmatli olmos tushib yotgan ekan. Uni olib darhol tegishli ma’murlarga topshirdim. Ma’murlar boshligi menga tashakkur aytdi.

Qo'limga mana shu taqdirnomani yozib berdi. 0lmosning egasini toptirib, unga topshirdi.

Shu qilgan ishim to‘g‘riligimga bir dalil. Shu harakatim eng ulug‘ fazilat emasmi?

- Juda to‘g‘ri ish qilgansan, o‘g‘lim! Vijdonan vazi-fangni ado etgansan. Lekin u olmos sening xususiy mulking emas-ku!

Keyin o‘rtancha o‘g‘li so'zga kirishdi: - Men bir kuni katta bir ariq yoqasidan ketib borardim. Shu choqda bir yosh bola suvga tushib ketdi. Halok bo'lish xavfi ostida ekanini ko’rib qoldim. Darhol 0‘zimni suvga tashladim. Ko‘p mashaqqat chekib, bolani suvdan olib chiqdim. Uni halokatdan qutqazib, ota-onasiga eson-omon topshirdim. Ota-onasi mendan ko‘p minnatdor bo'lib, haqimga duo qildilar. Hayotim qo‘rqinch ostida qolsa ham yosh bolani halokatdan qutqazish uchun qilgan shu harakatim bilan mukofotingizga loyiq bo'lsam kerak, deb o‘ylayman.

Otasi o'rtancha oglining qolini ushlab, shunday dedi: - Ofarin, o‘g‘lim. Seni tabriklayman, faqat shu go'zal ishing tufayli qalbing zavq-shavq bilan tolganini his etgansan. Shuning o‘zi mukofot emasmi?

Keyin kichik o'g'li otasiga ta’zim qilib aytdi:

- Otajon, menga doimo dushmanlik nazari bilan bo-qib, zarar yetkazib yurgan bir odam bor. Men unga hech bir yomonlik qilmagan bo'lsam ham, u payimda yuradi. Hatto meni yo'q qilish uchun fursat kutadi. Kecha u dushmanimning bir jar yoqasida uxlab yotganini ko'rdim. Agar uyqusirab, bir yondan ikkinchi yonga ag'darilsa yoki qattiqroq tovush chiqarib uyg'otilsa, turishga ’harakat qilib, jarga qulab tushishi mumkin edi. Men tovush chiqarmasdan, sekingina yurib uning yoniga bordim. Juda ehtiyotkorlik bilan uni ushlab, asta-sekin o'z tomonimga torta boshladim. Ancha beriga kelib xavf-xatardan qutulgandan keyin ruhim ko'tarildi, shodlanib yo'limda davom etdim.

Otasi oglining bu yaxshi ishidan, oliyjanobligidan shodlanib ko'ziga yosh oldi. Uni quchoqlab, yuz-ko'zidan o'pib dedi:

- Bor bo'l, o'g'lim! Yasha, umring uzoq bo'lsin! Mukofotimni olishga sen haqlisan, chunki dunyoda eng ulug' fazilat yomonlikka yaxshilik qilishdir, - deb qimmatli uzugini o'g'lining barmog'iga taqdi, uning haqqiga duo qildi.

IV. Mustahkamlash. O’quvchilar savollarga javob beradilar.

1. “Dehqon” she’rining muallifi kim?

A) S. Rahmon B) Sh. Sa’dulla C) A.Oripov

2.Salom so’zining ma’nosi nima?

A) salomatlik B) baxt C) shodlik

3. Qayerlarda salom berilmaydi?

A)Hammomda B) hojatxonada C) A va B to’g’ri

4. Odamdan nima qoladi?

A) Boyligi B) Nomi C) Uy- joyi

5. Hokim otboqardan nimani iltimos qildi?

a) sirini saqlashni b) ukasini o’ldirishni c) ot choptirishni

VI. Mashg’ulotni yakunlash, o’quvchilar bilimini baholash.

V. Mashg’ulotni yakunlash, o’quvchilar bilimini baholash.

VI. Uyga vazifa: Mashg’ulotni o’qish.

MMIBDO’____________


34 soatga mo’ljallangan to’garak reja va konspektini olish uchun

+998902869494 Raqamiga qo’ng’iroq qilib yoki telegramdan murojaat qilishingiz mumkin Fayl narxi: 10.000 so’m





Download 228.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling