Sana: 1-mavzu: O’zbekiston-Vatanim manim! Tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Download 0.99 Mb.
|
1-3 mavzular Sinf soati
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar, bayromona holat. O`qituvchi: Saylov — ovoz berish orqali davlat organlari, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa tuzilmalarni tashkil etish vositasi. Fuqarolarning oʻz saylov huquqini amalga oshirishi — ularning davlatni boshqarishda ishtirok etishining eng muhim shakllaridan biri. S. oʻtkazish tartibi va qoidalari, odatda, qar bir davlatning konstitutsiyasi va boshqa konstitutsiyaviyhuquqiy hujjatlarda belgilanadi. S. turli koʻrinishda boʻladi. Unda aholi qatnashishi yoki ularning vakillarigina ishtirok etishi mumkin. S. ochiq yoki yashirin ovoz berish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Qaysi organ saylanayotganligiga qarab parlamentga yoki prezidentlikka S, parlamentning umumiy yoki bir qismi uchun S oʻtkazilishiga qarab yalpi yoki qisman S. boʻlishi mumkin. Hududiga qarab umumdavlat yoki mahalliy; oʻtkazilish vaqtiga qarab navbatdagi yoki muddatdan oldingi; bir partiyali, koʻp partiyali yoki partiyasiz; muqobillik asosida va nomuqobil (agar yagona nomzod koʻrsatilsa); toʻgʻri yoki koʻp bosqichli; asosiy yoki qoʻshimcha S. oʻtkazilishi mumkin. Fuqaroning saylovda ovoz berishda ishtirok etish, saylash huquqi (faol Saylov huquqi) va saylov asosida tashkil etiladigan davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini uzi boshqarish organlariga saylanish huquki (passiv Saylov huquqi). Oʻzbekistonda fuqarolarning faol S.h umumiy, teng , toʻgʻridan toʻgʻri va yashirin ovoz berish prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilangan. Oʻzbekistonda saylash huquqiga OʻzR Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, 18 yoshga yetgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari egadirlar. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash va saylanish huquqiga egadirlar. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. O‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmagan, davlat tilini yaxshi biladigan hamda bevosita saylovgacha kamida o‘n yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotg an O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish huquqiga ega. Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylanish huquqiga egadirlar. Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan, kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga va mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga saylangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatiga saylanish huquqiga egadirlar. Saylov kuni yigirma bir yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hokimiyatning mahalliy vakillik organlariga saylanish huquqiga egadirlar. (4-modda) Eslatma: 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. Har bir fuqaro-saylovchi bir ovozga ega. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling