Sana: 201 y. Mavzu: Natural sonlarni bo’lish. Bo’linmaning asosiy xossasi Darsning maqsadi


Download 41 Kb.
Sana24.12.2022
Hajmi41 Kb.
#1063421
Bog'liq
Sana 201 y. Mavzu Natural sonlarni bo’lish. Bo’linmaning asosi


Aim.uz

Sana: «___» _____________ 201__ y.


Mavzu: Natural sonlarni bo’lish. Bo’linmaning asosiy xossasi


Darsning maqsadi: Natural sonlarni bo’lishning asosiy xossasi haqida ma’lumot berish. Misollar bilan tushuntirish.


Darsning borishi:

  1. Darsning mazmuni.

  2. Misollar yechish.

  3. Uyga vazifa (___-___).



Darsning mazmuni:
Natural sonlarni bo’lish
1. natural sonlarni bo’lish.

Ko’paytma bilan bir (ma’lum) ko’paytuvchiga ko’ra ikkimchi (noma’lum) ko’paytuvchini topish amali bo’lish deb ataladi.












Masala. 3 ta qurut 30 so’m turadi. Bitta qurut necha so’m turadi?


Y e c h i s h. 30 ni uchta bir xil qo’shiluvchilar yig’indisi ko’rinishida yozish mumkin: 30 = 3 ∙ 10 bo’lgani uchun, 30 ni 3 ga bo’lish mumkin: 30 : 3 = 10.
Xuddi shuningdek, 24 = 6 ∙ 4 bo’lgan uchun 24 : 6 = 4. «24 ning ichida 6 talikdan 4 ta bor».



Agar a = bc tenglikni qanoatlantiruvchi c natural son mavjud bo’lsa, a son b ga bo’linadi deyiladi va bu a : b = c kabi yoziladi.
a : b = c tenglikda a – bo’linuvchi, b – bo’luvchi, c – bo’linma, shuningdek, a : b ham bo’linma deyiladi.
a va b natural sonlar bo’lsin: ab (a son b dan katta yoki b ga teng; a soni b dan kichik emasi) deylik.

Har qanday natural son
1 ga bo’linadi:
a : 1 = a.

Noldan farqali har qanday a son uchun a : a = 1 bo’ladi.


2

Agar bo’linuvchi va bo’luvchini ayni bir natural songa ko’paytirilsa (yoki bo’linsa), bo’linma o’zgarmaydi:


a : b = (a n) : (bn) | a : b = (a : n) : (b : n)
. Bo’linmaning asosiy xossasi.

230. Bo’lish to’g’ri yoki noto’g’ri bajarilganligini tekshiring:
1) 210 : 35 = 6; 4) 7777 : 77 = 101;
2) 840 : 20 = 41; 5) 2268 : 108 = 21;
3) 945 : 15 = 63; 6) 368 : 23 = 16.
231. 1) Samolyot 4500 km masofani 750 km/soat tezlik bilan uchib o’tdi. Samolyot necha soat uchgan?
2) Samolyot 6 soatda 5100 km masofani uchib o’tish uchun qanday tezlik bilan uchishi kerak?
232. Birinchi son 315 ga teng. Ikkinchi son undan 3 marta kichik. Uchinchi son esa ikkinchi sondan 5 marta kichik. Shu sonlar yig’indisini toping.
233. Birinchi son 256 ga teng. U ikkinchi sondan 4 marta, uchinchi sondan esa 8 marta katta. Shu sonlar ko’paytmasini toping.
234. Bo’linuvchi 15000 ga, bo’luvchi esa 2500 ga teng. Bo’linmani toping. Bo’linuvchini va bo’luvchini 10 marta; 25 marta; 50 marta; 250 marta kamaytiring. Hosil bo’lgan bo’linmalarni dastlabki topilgan bo’linma bilan taqqoslang.
5. Darsga yakun yasash va baholash – darsning maqsadini yana bir bor eslatish va unga qanchalik erishilganligini o’quvchilar bilan birgalikda aniqlash. O’quvchilarning mavzu bo’yicha savollariga javob berish, ulaming o’zlashtirganlik darajasini aniqiash, darsning asosiy lahzalarini qayd qilish. Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni tilga olish va baholash;
6. Uyga vazifa ________________________



Aim.uz



Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling