Sana: “24” oktabr “2022”-yil. Kurs:” 3” Guruh


Download 23.38 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi23.38 Kb.
#1060118
1   2
Bog'liq
921 20 guruh talabalari Reyimbayev Sherxon Farmonov Husniddin Talim

Modellashtirish — real hayotda va jamiyatda yuz berayotgan hodisa va jarayonlarni ixchamlashtirilgan va soddalashtirilgan ko`rinishini (modelini) sinfxonada yaratish va ularda o`quvchilarni shaxsan qatnashishi va faoliyati evaziga ta`lim olishini ko`zda tutuvchi metod.
Hamkorlikda o`rganish modeli—o`quvchilarning mustaqil guruhlarda ishlashi evaziga ta`lim olishini ko`zda tutadigan metod.
O`rganishning tadqiqot modeli — o`quvchilarni muayyan muammoni yechishga yo`naltirilgan, mustaqil tadqiqot olib borishini ko`zda tutuvchi metod.
Noan`anaviy (ta`lim jarayoni markazida o`quvchi bo`lgan) o`qitish metodlarning afzalliklari:

  • O`qitish mazmunini yaxshi o`zlashtirishga olib kelishi.

  • O`z vaqtida aloqalarning ta`minlanishi.

  • Tushunchalarni amaliyotda qo`llash uchun sharoitlar yaratilishi.

  • O`qitish usullarining turli xil ko`rinishlari taklif etilishi.

  • Motivatsiyaning yuqori darajada bo`lishi.

  • O`tilgan materialning yaxshi eslab qolinishi.

  • Muloqotga kirishish ko`nikmasining takomillashishi.

  • O`z—o`zini baholashning o`sishi.

Noan`anaviy o`qitish metodlari quyidagi kamchiliklarga egadir:

  • Mashg`ulotga tayyorgarlik uchun juda ko`p vaqt talab etilishi.

  • O`quvchilarni har doim ham keraklicha nazorat qilish imkoniyatining pastligi. Juda murakkab mazmundagi material o`rganilayotganda ham o`qituvchi ro-lining past bo`lishi.

  • «Kuchsiz» o`quvchilar bo`lganligi sababli «kuchli» o`quvchilarning ham past baho olishi.

  • O`qituvchining o`zi ham yaxshi rivojlangan fikrlash qobiliyatiga va muammolar yechish ko`nikmalariga ega bo`lishining talab etilishi.



Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. O’quv jarayoni qanday tashkillashtiriladi?
2 O’quv jarayoni tashkillashtirishning shakli qanday?
3. O’quv jarayoni tashkillashtirishda nimalarga rtibor berish lozim?
4. O’quv ishlarini tashkil etishning umumiy shakli qanday?
5. Ta'limni tashkil etishning guruhiy shakli qanday?
O‘quvchilarni baholash: O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar.
Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.
O’qituvchi: _______ Matyazova N.S
Download 23.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling