Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi


Download 444.72 Kb.
bet51/118
Sana13.07.2023
Hajmi444.72 Kb.
#1660166
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118
Bog'liq
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org

III.Yangi mavzu bayoni.
Adabiyot san’at turlaridan biri ekanligidan xabardorsiz. Bu san’at turi haqidagi ilm adabiyotshunoslikdir. Quyi sin㰊ardan o‘tmish adiblarning eng sara, tanlangan vakillari ijodini aks ettiruvchi mumtoz adabiyot namunalari bilan tanishib kelmoqdasiz. Asosiy ijod shakli she’riyat bo‘lgan mumtoz adabiyotni ilmiy o‘rganadigan soha mumtoz adabiyotshunoslik deyiladi. Mumtoz ada biyotshunoslik uch qism — aruz ilmi, qo〰ya ilmi, badiiyat ilmi. Aruz she’rning vazni (o‘lchovi) haqida, ikkinchisi qo〰ya tuzilishi, ahamiyati, unsurlariga ko‘ra turlari to‘g‘risidagi bo‘lsa, oxirgisi ilmi badi’ deb ham ataladi. Ilmi badi’ arabcha birikma bo‘lib, chiroyli so‘zlash, nodir, ajoyib ifoda ilmi degani. Badiiy tasvir vositalarining she’r badiiyatini ta’minlashdagi o‘rnini tushunish uchun Atoyi gazallariga murojaat qilamiz:
Jamoling vasfini qildim chamanda,
Qizordi gul uyottin anjumanda.
Baytni tushunishni osonlashtirish uchun undagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltirib olamiz hamda misralarda ochiq ishtirok etmay, yashirin kelayotgan bo‘laklarni qavs ichida beramiz: (Men) chamanda jamoling vasfini — ta’rifini qildim, (shunda) anjuman, ya’ni chamanzordagi gul uyatdan qizarib ketdi.
Endi o‘ylab ko‘ring, oddiy til bilan aytganda, shoir nima demoqchi o‘zi? Bilib turganingizdek, u: “Mening yorim juda ham chiroyli”, — deyapti, xolos. Ana shu oddiy 〰krni shoirona badiiy ifodalamoqda. Tahlilda Siz xayolga, 〰krlaringizga erk bering, tasvirlangan lavhani, matnni kengaytirib oling. Yuqoridagi baytni quyidagicha sharhlash
mumkin: gullar yig‘ini — anjumanida bir gul: “Dunyoda eng go‘zal menman”, — deya maqtanardi. Buning ustiga kelib qolgan oshiq o‘z ma’shuqasini ta’rif qilgan edi, o‘zidan bir necha marta go‘zalroq jamol egasi borligini eshitgan gul maqtanchoqligidan sharmanda bo‘lib, qizar ib ketdi va shundan keyin dunyoda qizil gul paydo bo‘ldi. Ko‘rib turganingizdek, shoir gulni insonlardek jonli qilib tasvirlayapti. Demak, baytda jonlantirish san’ati qo‘llangan. Bu tasvir vositasi mumtoz adabiyot ilmida tashxis (shaxslantirish) san’ati deb ataladi. Yana bir holat. Dunyoda qizil gul paydo bo‘lishiga mazkur baytda aytilganidek, oshiqning chamanda ma’shuqa ta’rifini qilishiga aloqasi bormi? Yo‘q, albatta. Aslida, bu go‘zalgacha ham chamanzorda qizil gullar bor edi.
Shoir esa men sevgilimning ta’rifini ovoza qilganimdan keyin ulning uyalishidan borliqda qizil gul paydo bo‘ldi deydi. Yo‘q shoirona lutf bilan aloqadorlik tiklangan. Bu kabi bir narsa (tasvir, holat)ni unga aloqasi bo‘lmagan boshqa narsa bilan izohlash husni ta’lil (chiroyli dalillash) deyiladi.
Tamanno qilg‘ali la’lingni ko‘nglum,
Kishi bilmas onikim, qoldi qanda?
Avvalo, lug‘at yordamida notanish so‘zlar ma’nosi aniqlab olinadi: tamanno qilmoq — orzu qilmoq; la’l — lab, la’lning o‘zi qimmatbaho qizil toshdir; qanda — qayerda. Misralardagi gap bo‘laklarini odatdagi tartibga keltiramiz: Ko‘nglim la’l kabi qizil labingni orzu qilgan edi, (lekin hech bir) kishi labingning qayerda ekanligini bilmaydi.
O‘ylang-chi, shoir ma’shuqaning labi qayerda ekanligini hech kim ilmasligini aytish bilan nima demoqchi bo‘lyapti? Sharq mumtoz she’riyatida noziklik — go‘zallikning belgisi. Bu baytda “Yorning og‘zi juda ham tor”, — degan oddiygina fikr bildirilayapti. Lekin Atoyi uni shoirona tarzda yorning og‘zi shu qadar kichikki, kishi har qancha tikilsa ham labi qayerdaligini topa olmaydi shaklida ifodalamoqda. Yorning og‘zi tor degan ma’no bo‘rttirib, o‘ta kuchaytirib berilmoqda. Adabiyotshunoslikda juda bo‘rttirish yoki o‘ta kuchaytirib tasvirlash mubolag‘a deyiladi.
Solib borma meni, ey Yusufi husn,
Bu kun Ya’qubtek baytul hazanda.
Baytdagi “baytul hazan”ni arabchadan so‘zma-so‘z tarjima qilsak, “g‘am uyi” degan ma’noni anglatadi. Bu yerda kuchli iztirob, qayg‘u ma’nosi ifodalanmoqda. Baytda “Ey husni Yusuf (kabi yor), bukun sen meni Ya’qubdek qilib qayg‘u uyiga solib qo‘ymagin“ tarzidagi mazmun berilayotganini sezgan bo‘lsangiz kerak. Misralardagi Yusuf, Ya’qub obrazlari ishora qilayotgan ma’noni tushungan kishi baytni to‘la idrok eta oladi.
IV. Mustahkamlash. Savol va javob.
V. Uyga vazifa. 99-100-bet.
VI. Baholar tahlili

O’IBDO’ _________




Download 444.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling