Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi: Ruhiy kamolot vositasi
Download 444.72 Kb.
|
Sana 9-sinf Adabiyot 1-dars Dars mavzusi Ruhiy kamolot vositasi-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborot bilan ishlash kompetensiyasi
- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi
- I. Tashkiliy qism
IV. Mustahkamlash.
V. Uyga vazifa. 191-208-betlarni o’qish. VI. Baholar tahlili. O’IBDO’ ___________ Sana_______________ 9-sinf adabiyot Dars mavzusi: Abdulla Oripov hayoti va ijodi. Darsning maqsadi: 1.Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga yangi mavzuni tushuntirish 2. Tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarga nafosat tarbiyasini berish . 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning bilim va tafakkurini o’stirish, bilim olishga bo’lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlashga o’rgatish. Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: mavjud axborot manbalaridan (kitob, ommaviy axborot vositalari, internet, lug‘at, ma’lumotnomalar, (audio-video yozuv), telefon, kompyuter) foydalana olish va ulardagi materiallarga munosabat bildirish. O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: shaxs sifatida ma’naviy, ruhiy va intellektual kamolotga intilishni ehtiyojga aylantira olish; Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va unda faol ishtirok etish; Milliy va umummadaniy kompetensiya: badiiy adabiyot va san’atda aks etgan vatanparvarlik, insonparvarlik g‘oyalarini, umuminsoniy va milliy qadriyatlar tasvirini anglash, ulardagi go‘zallik va ezgulikdan o‘rnak olishga intilish, yovuzlik va xunuklikdan nafratlana olish. Darsning usuli: an’anaviy, bahs-munozara Darsning jihozi: darslik, tarqatmali savollar. Darsning borishi. I. Tashkiliy qism: a) o’quvchilar bilan salomlashish: b) davomatni aniqlash: v) she’riy daqiqa. II. O’tgan mavzuni so’rash. a) yakka tartibda (tarqatmali savollar asosida) b) ommaviy tarzda (uy vazifasi nazorati) III. Yangi mavzu bayoni Hayoti va ijodi. Abdulla Oripov 1941- yilning 21- martida, ya’ni Yilboshi bayrami kuni Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Neko‘z qishlog‘ida tug‘ildi. Qishloq Qo‘ng‘irtov etagiga o‘rnashgan bo‘lib, oqar suv taqchil bo‘lsa-da, seryomg‘ir kelgan yillarda ko‘kat-u maysalarga ko‘milib qoladigan kengish joy edi. Ana shunday go‘zal maskanda tug‘ilib o‘sgan bo‘lajak shoirning otasi Orifboy Ubaydulla o‘g‘li ishbilarmon dehqonlardan bo‘lib, jamoa xo‘jaligi raisi edi. Onasi Turdixol momo ko‘pchilik o‘zbek ayollari singari sarishta, mehnatkash, mehribon, g‘oyat ta’sirchan va ezgulikka tashna ayol bo‘lgan. Oilada to‘rt o‘g‘il, to‘rt qiz bo‘lib, Abdulla o‘g‘illarning kenjasi edi. Bolaligi qishloqdagi boshqa tengdoshlariniki qatori o‘tdi: qo‘y boqdi, suv tashidi, pichan o‘rdi, yantoq chopdi, somon to‘pladi. Ayni vaqtda, u boshqacharoq ham edi: qandaydir xayolchan, serta’sir, o‘ychil, kitobga haddan tashqari ko‘ngil qo‘ygan. Abdulla hali maktabga bormay turib, qandaydir so‘zlarni bir-biriga uyqash qilib aytib yurishni xush ko‘rar, so‘zning mazmunidan ham ko‘ra ohangi uni(rom etardi) qattiq bezovta qilardi. Buni shoir keyinchalik shunday eslaydi: «...birinchi she’rlar yoza boshlaganimga nima turtki bo‘lganini aniq bilmayman. Har holda so‘zlarni qofiyalashga ishqiboz bo‘lib qolganim esimda. Balki zerikkanimdan, balki zavqim toshib, nimadir yozgim kelaverardi. Fikr esa yo‘q. Yozmaslikning ham iloji yo‘q». Abdulla o‘z qishlog‘idagi yetti yillik maktabda o‘qiy boshladi. 1958- yilda qo‘shni Tayzan ovulidagi o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirgan yigit Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) «O‘zbek filologiyasi» fakulteti jurnalistika bo‘limiga o‘qishga kirib, uni 1963- yilda imtiyozli diplom bilan bitirdi. A. Oripov oliy maktabni tugatgach, Toshkentdagi «Yosh gvardiya» nashriyotiga muharrir bo‘lib ishga kiradi. Bu yerda to‘rt yil ishlagach, 1967—1974- yillarda G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyotda muharrir, katta muharrir bo‘lib xizmat qiladi. 1974—1976- yillarda «Sharq yulduzi» jurnalida nazm bo’limini boshqaradi. Olovli shе’riyati bilan muxlislari mеhrini qozongan shoir 1976 — 1982- yillar orasida O‘zbеkiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi sifatida adabiyotga endi kirib kеlayotgan yosh ijodkorlarga rahnamolik qildi. 1982—1983- yillarda O‘zbеkiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkеnt viloyat bo‘limida mas’ul kotib bo‘lib faoliyat ko‘rsatdi. 1983- yilda shoir “Gulxan” jurnalining bosh muharriri bo‘ldi a u yеrda 1985- yilgacha, ya’ni O‘zbеkiston Yozuvchilar uyush asini ng kotibi lavozimiga o‘tguncha ishladi. Uyushmaga uch yil kotiblik qilgan A.Oripov 1988- yilda O‘zbеkiston Rеspublikasi mualli⏠ik huquqini himoya qilish qo‘mitasi raisi lavozimiga o‘tkazildi. 1996- yil ning mart oyidan 2009- yilning mayiga qadar shoir O‘zbеkiston Yozuvchilar uyushmasining raisi vazifasida ishlab kеldi. Birinchi marta rеspublika matbuotida “Qushcha” dеgan shе’ri chiqqan paytda A.Oripov talaba edi. Shoirning birinchi shе’rlar to‘plami “Mitti yulduz” esa 1965- yilda chop etilgan. Undan kеyin “Ko‘zlarim yo‘lingda” (1967), “Onajon” (1969), “Ruhim” (1971), “O‘zbеkiston”, “Qasida” (1972), “Xotirot” (1974), “Yurtim shamoli” (1974), “Jannatga yo‘l” (1978), “Hayrat” (1979), “Hakim va ajal” (1980), “Najot qal’asi” (1981), “Yillar armoni” (1983), “Haj daftari” (1992), “Saylanma” (1996), “Sohibqiron” (1996), to‘rt jildlik “Tanlangan asarlar” (2000 — 2001) singari qator kitoblari bosilib chiqdi. A.Oripov xalqini dunyo adabiyotining sara namunalari bilan tanishtirish borasida ham salmoqli ishlarni amalga oshirgan. U Dantеning “Ilohiy komеdiya” asari, L. Ukrainka, T. Shеvchеnko, N. Nеkrasov, Q. Quliyеv, R. Hamzatov singari atoqli shoirlar asarlarini o‘zbеkchaga o‘girgan. Abdulla Oripovga 1989- yilning 25-avgustida “O‘zbеkiston xalq shoiri” unvoni bеrilgan. 1994- yilda shoir Alishеr Navoiy nomidagi davlat mukofotiga loyiq ko‘rildi, 1998- yilda esa “O‘zbеkiston qahramoni” unvoni bilan taqdirlandi. Download 444.72 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling