Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf
Erursen shoh - agar ogohsen sen
Download 0.75 Mb.
|
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buni bilib oling!
Erursen shoh - agar ogohsen sen,
Agar ogohsen sen - shohsen sen. Dunyoni bilish, yon-atrofda sodir bo`layotgan voqealarning asl ma`nosini anglash insonga kuch-quvvat bag`ishlaydi. Dunyodan bexabarlik, johillik esa odamni zaif qilib qo`yadi. Shuning uchun hamma narsadan ogoh bo`lgan odam - kuchli odamdir. Ogohlik, ayniqsa bugungi kunda, insoniyat taraqqiyot borasida juda ilgarilab ketgan XXI asrda g`oyatda muhim ahamiyat kasb ctmoqda. Chunki eng kuchli qirg`in qurollari ishlab chiqilgan, sayyoramizni bir necha marotaba yo`q qilib yuborishga qodir bo`lgan yadroviy qurollar zaxirasi to`planib qolgan, ekologik va Icxnogen halokatlar xavfi kuchaygan, insoniyat taqdiri qil uctida lurgan hozirgi paytda beparvo va loqayd yashash - o`z hayoti va manfaatlariga qarshi borish bilan barobar. Mafkuraviy immunitetning muhim shartlaridan biri ma`rifatdir. Chunki ma`rifatli odam faqat bilim asosida yashaydi, har bir masalaning mohiyatini bilishga, har bir harakatini bilim asosiga qurishga intiladi. U yolg`onga, soxta g`oyalarga emas, haqiqatga, asl qadriyat-larga xizmat qiladi, umrini, hayotini shu yo`lga bag`ishlaydi. Shuni esda tutingki, ma`rifatli, bilim izlab, ezgulikka intilib yashaydigan insongina barkamol bo`lishi mumkin. Chunki uning hayotdagi har bir qadami komillik sari tashlangan qadamdir. Mamlakati-mizda ta`lim tizimida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar, xalqimiz ma`naviyatini yuksaltirish, sog`lom avlodni tarbiyalash borasida qilinayotgan sa`y-harakatlar - barchasi bilimli, ma`rifatli va ongli insonni voyaga yetkazishga qaratilgani bilan ayniqsa e`tiborlidir. Bilimli odam soxta mafkuraviy oqimlar va boshqa shakldagi zararli ta`sirlarga berilmasdan, insoniyatning sinalgan tarixiy tajribalari, eng avvalo, o`z ajdodlarining an`analari yo`lidan boradi, har qanday jozibali g`oyalar bilan niqoblanmasin, jaholatning asl mohiyatini anglab, unga qarshi ma`rifat bilan kurashadi. Buni bilib oling! Ma`rifat vositasida kurashish deb, muayyan g`oyaviy yoki mafkuraviy xavf-xatarning mohiyatini bilib, tushunib, unga, uning ildizlariga qarshi ongli ravishda kurashishga aytiladi. Bizning mamlakatimiz o`rin olgan Markaziy Osiyo mintaqasi jug`rofiy jihatdan qulay hududda joylashgan. Yer osti va yer usti boyliklari ko`p bo`lgani uchun bu mintaqa qadim zamonlardan buyon turli davlatlar o`rtasida kurash maydoni bo`lib keladi. Bosqinchi va yovuz kuchlar o`zlarining g`arazli maqsadlariga erishish uchun avvalo bu yerdagi xalqlarni g`aflatga solish, jaholat domida qoldirish usulidan foydalanishga harakat qilgan. Bu hoi sobiq sho`ro istibdodi davrida ham yaqqol namoyon bo`lgani haqida siz tarix fanidan yaxshi xabardorsiz. Shuning uchun jasur bobolarimiz maktablar, ilm dargohlari, gazeta-jurnallar ochish, xalqni bilimli va ma`rifatli qilish yo`lida o`z jonlarini ham ayamaganlar. XX asr boshidagi ma`rifatparvar bobolarimizning jadidchilik harakati bunga misol bo`la oladi. Bugungi kunda Prezidentimiz «Kuch - bilim va tafakkurda» degan shior asosida yoshlarimizni zamonaviy talablar darajasida bilim olish, kasb-hunarlarni puxta egallashga da`vat etmoqda. Yurtimizda yoshlarning zamonaviy bilim va tafakkur egalari bo`lib voyaga yetishi uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. Bunday e`tibor va g`amxo`rlikka javoban siz, aziz yoshlar, avvalo bilim va 1111narlarni, ona tilimiz bilan birga xorijiy tillarni ham puxta egallab, kclgusida bor kuch-g`ayratingizni barchamiz uchun onadek inuqaddas bo`lgan Vatanimiz ravnaqi yo`liga baxsh etmog`ingiz lo/im. Ayniqsa, g`oyaviy jihatdan doimo hushyor va ogoh bo`lib, yurtimiz tuprog`ini har qanday tahdidlardan himoya qilishga tayyor lurishingiz zarur. Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling