Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash


Download 0.75 Mb.
bet30/69
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1293238
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69
Bog'liq
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz

II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.

  1. Xalqning, millatning o`zligini namoyon etishda tilning o`rni qanday?

  2. Prezidentimiz bu haqda qanday ibratli mulohazalarni aytgan?

  3. Xalqimizning dunyo sivilizatsiyasiga qo`shgan hissasida o`zbek tili qanday o`rin tutgan?

  4. Ona tili ezgu fazilatlar, yuksak tuyg`ular manbayi ekanini nimalar bilan isbotlay olasiz?

  5. Ona tilimizning nufuzini oshirish uchun qaysi davrlarda qanday kurashlar olib borilgan?



III. Yangi mavzuning bayoni.


ONA TILI - MILLAT RUHI
Ona tilini sevish - vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi. O`z tilini asrab-avaylagan xalq o`zligini, g`ururini asrab-avaylagan bo`ladi. Shuni esda tutingki, ona tilimizda xalqimizga xos his-tuyg`ular, tushuncha va tasavvurlar, urf-odat hamda nn`analar chuqur aks etgan. Tilimizdagi hayo, ibo, andisha, oriyat, nomus, mehr-oqibat degan so`zlarni boshqa tillarga aynan tarjima qilib bo`lmaydi. Ularni faqat o`zbek tili orqali ifoda etish mumkin. Chunki bu tushunchalar ko`proq bizning xalqimizga xos va ularni bayon etishga ham faqat shu xalqning tili qodir. Bir so`z bilan ;iytganda, ona tilimiz xalqimiz dilining tubida bo`lgan eng murakkab tuyg`u va tushunchalarni ham ifoda eta oladi. Chunki bu til necha asrlar, ming yillar davomida shu xalq bilan birgalikda shakllangan. Shuning uchun ham ona tili millatning ruhi deymiz.
Ona tiliga bo`lgan muhabbat, avvalo, har bir so`zning ma`nosini chuqur anglagan holda ishlatish, uni yaxshi bilish, asrab-avaylash kabi fazilatlardako`rinadi.
Til bilish - madaniyat belgisi. Xalqimiz ta`biri bilan aytganda, til bilgan el biladi. Shuning uchun ota-bobolarimiz qadim-qadim-dan ikki-uch tilni bilgan. Bu esa ularga boshqa millat vakillari bilan erkin muloqot qilish, ulardan o`rganish va ular bilan tinch-(otuv, hamkor-u hamnafas bo`lib yashash imkonini bergan. Ay­niqsa, bugungi kunda, mamlakatimiz butun dunyo bilan keng ko`lamda hamkorlik qilayotgan paytda til bilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuning uchun yurtimizda nufuzli xalqaro tillar sirasiga kiradigan tillami o`rganishga ixtisoslashgan maxsus maktab va litseylar, oliy o`quv yurtlari ochilmoqda, talabalarimiz til o`rganish uchun xorijga yuborilmoqda. Lekin ona tili har qanday sharoitda ham inson uchun ruhiy tayanch bo`lib qoladi. Ayniqsa, milliy o`zlikni anglash, «Kim edim-u, kim bo`ldim?» degan savolga javob topish, xotira tuyg`usi bilan yashashda ona tilining ahamiyati beqiyos. Aynan ona tili tufayli inson o`z ajdodlari bilan doimo ruhiy muloqot qilib yashaydi. Ya`ni, ulaming aytgan o`gitlari, yozib qoldirgan asarlari, qilgan ezgu ishlari ona tili orqali avloddan avlodga o`tib boradi.
Shu bilan birga, ona tilimizning imkoniyatlaridan keng foyda-lanish, uning xalqaro maydondagi obro`-e`tibori va nufuzini yuksaltirish, eng zamonaviy soha va tarmoqlarda faol qo`llahishini ta`minlash bo`yicha ko`pgina ishlarni amalga oshirishimiz lozim. Ana shu jarayonda ishtirok etish ona tilimizdan bahramand bo`lib voyaga yetgan, shu til orqali o`zini, o`zligini, butun dunyoni tanigan insonlar sifatida siz-u bizning ham farzandlik burchimizdir. Bu haqda o`ylaganda, Yurtboshimizning quyidagi fikrlarini doimo yodda saqlashimiz kerak: «Ayni vaqtda jamiyatimizda til madani-yatini oshirish borasida hali ko`p ish qilishimiz lozimligini ham unutmasligimiz zarur. Ayniqsa, ba`zan rasniiy muloqotlarda ham adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma`lum bir hudud doirasida ishlatiladigan sheva elementlarini qo`shib gapirish holat-lari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo`lib qolayotganitii ko`rsatadi. Bu haqda so`z yuritganda, bobomiz Alisher Navoiyning “Tilga e`tiborsiz - elga e`tiborsiz” degan so`zlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqat mujassam ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz».
O`zbek tili dunyoning eng qadimiy va.boy tillaridan biridir. Bu tilning beqiyos imkoniyatlari qadimiy toshbitiklarda, xalqi-mizning zamonlar sinovidan o`tib kelayotgan maqol va hikmatli so`zlari, betakror iboralari, qo`shig`-u dostonlarida, mumtoz shoirlarimiz, XX asrdagi ijodkorlarimiz asarlarida yaqqol namoyon bo`lgan.
Shunday qilib, ona tilini puxta bilish, u bilan g`urur-iftixor qilish milliy ma`naviyat, o`zlik ifodasi bo`lsa, boshqa tillami bilishga intilish madaniyat belgisi, qo`shimcha bilim quroliga ega bo`lishdir.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling