I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.
Milliy qadriyatlar deganda nimalarni tushunasiz?
Milliy g`oyamiz qaysi milliy qadriyatlarimizdan oziqlanadi?
Milliy g`oyamiz qaysi umumbashariy qadriyatlardan oziqlanadi?
Umumbashariy qadriyatlar negizida turadigan asosiy g`oya nima?
Insonparvarlikni ulug`lashga qaratilgan xalqimizga xos fazilatlardan qaysilarini bilasiz?
Xalqimizning umumbashariy qadriyatlarga sodiqligi qaysi maqollarimizda yaqqol aks etgan?
III. Yangi mavzuning bayoni.
TARAQQIYOTNING O`ZBEK MODELI VA UNING AHAMIYATI
Aziz o`quvchi, siz tarix fanidan yaxshi bilsangiz kerak, ozpdlik va mustaqillikka erishgan har qanday mamlakat dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o`rin egallash uchun o`ziga xos tiklanish yo`lini bosib o`tadi. Bu yo`l odatda o`sha davlatning milliy tiklanish yo`li yoki taraqqiyot yo`li deb ataladi. O`zbekiston ham davlat mustaqilligiga erishganidan so`ng hayotning barcha sohalarida tiklanish va islohot jarayonlarini amalga oshirish o`tkir zaruratga aylandi. Chunki eski sovet tuzumi davrida hamma soha bir tomonlama, ya`ni faqat «qizil imperiya» deb atalgan sobiq SSSRning manfaatlariga moslab rivojlantirilgan edi. Masalan, bizning yurtimiz iqtisodiyotining vazifasi sobiq markaz uchun xomashyo yetkazib berishdan iborat edi. Xomashyo esa tayyor mahsulotga nisbatan bir necha barobar arzon. Xomashyoni suvte-kinga yetkazib berib, undan tayyorlangan mahsulotni bir necha barobar qimmatiga, yana qancha yo`l xarajatlari, har xil rasmiyat-chiliklar evaziga sotib olish milliy - iqtisodiyotimizni zaiflashtirib, nochor ahvolga solib qo`ygan edi.
Mana shunday achinarli holatlarning barchasiga barham berish, xalqimizning bunyodkorlik, ijodkorlik dahosini qayta uyg`otish, uni o`z taqdiri, o`z hayotining torn ma`nodagi egasiga aylantirish uchun yangicha taraqqiyot yo`li taqozo etilardi. Bu yo`l hayotning hamma sohalarini xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini inobatga olgan holda isloh etishning umumiy yo`nalishlarini belgilab berishi lozim edi. Prezident Islom Kari-inov ana shu o`ta muhim masa-lalarning barchasini chuqur tahlil ctgan holda, mustaqillikning clastlabki yillarida jamiyat hayo-lini isloh etish tamoyillarini ish-lab chiqdi. Bu tamoyillar yurtimiz hayotining hamma sohalarini tubdan o`zgartirish va yangi jamiyat qurishning strategik yo`li sifatida o`zini oqladi va «taraq-qiyotning o`zbek modeli» degan nom bilan butun dunyoda tan olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |