Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi


Download 0.75 Mb.
bet51/69
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1293238
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69
Bog'liq
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz

Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va faol ishtirok etish;
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
Vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliyqadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish;
DTS talablari: Bolalarga ta’lim va tarbiyaning uyg`unligi mavzusiga bilim, kunikma va malaka hosil qildirish.
Dars turi: Amaliy, og`zaki
Dars jihozi: Darslik, doska va bur.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. О`tilgan mavzuni savol-javob asosida mustaxkamlash.

  1. Mahalla ahliga qo'shila olmaydigan, uning quvonch-tashvishlariga befarq odam boshqa joyda o'zi haqida yaxshi taassurot qoldirishi murakinmi?

  2. Hozirga qadar o'z mahallamga oz bo'lsa-da obro' olib keldim yoki uning obodligiga o'z ulushimni qo'shdim, deya olasizmi?

  3. O'zbek mahallasining tarixini, tabiatini tushunmaydigan yoxud atay uning obro'sini to'kmoqchi bo'lgan kishilarga siz qanday javob bergan bo'lardingiz?

  4. «Mahalla - ham ota, ham ona» degan hikmatli naqlni izohlashga harakat qiling.

  1. Har bir mahallada bo'lgani singari siz yashayotgan joyda ham mahallaning barcha yumushiga hamisha tayyor bir kishi bor. Shu odamning yurish-turishi, tabiati to'g'risida sinfdoshlaringizga gapirib bering.



III. Yangi mavzuning bayoni.
TA'LIM VA TARBIYANING UYG'UNLIGI
Ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo'ja Behbudiy bundan qariyb yuz yil avval - 1914-yilda «Oyna» jurnali orqali «Muhtaram yoshlarga murojaat» e'lon qilib, unda, jumladan, shunday degandi: «Muhtaram birodarlar! Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki, makotib (maktab - tahr.) - taraqqiyning boshlang'ichi, madaniyat va saodatning darvozasidir. Har bir millat eng avval, makotibi ibtidoiysini (eski maktabini - tahr.) zamoncha isloh etib ko'payturmaguncha taraqqiy yo'lig'a kirub madaniyatdan foydalanmas. Madaniyati hoziradan (zamonaviy madaniyatdan - tahr.) mahrum qolub, sanoye' va maorif salohi ila (san'at va ma'rifat quroli bilan - tahr.) qurollanmagan millat esa, dunyoda rohat va saodat yuzini ko'rolmas», - degan edi. Uning zamondoshi va izdoshi Abdulla Avloniy esa o'zining «Turkiy Guliston yoxud axloq» asarida:

Bu zamonda fil ila jang aylamak erlik emas,


Er o'shaldurkim tutar ilm-u hunarning yoqasin.
Beshlab, o'nlab so'm topishsa, ilm ila ag'yorlar,
Biz bo'lib hammol, olodurmiz tiyinlab choqasin.
Boshqalar san'at, tijorat-la taraqqiy aylasa,
Bizni el tortar ayog'din o'lgan otning toqasin -

deya kuyinib yozgan. (Bu satrlardagi «ag'yor» - yovlar, raqobatchilar, «hammol» esa yuk tashuvchi mardikor, «toqa» - otning taqasi ma'nosini anglatadi.)


Aziz o'quvchilar, yuqoridagi tarixiy misollarni keltirishdan ko'zlagan maqsadimizni anglab turgan bo'lsangiz kerak. Balli, endi siz ham yaxshi bilasizki, u yoki bu mamlakatning hozirgi darajasi, kelajakdagi taqdiri o'sha yurtdagi maktablarning holiga, u yerda beriladigan ta'lim va tarbiyaning mazmuni hamda sifatiga chambarchas bog'liqdir. Zero, bugunning va ertaning egalari ayni shu ilm dargohlarida voyaga yetadi, inson bo'lib shakllanadi.



Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling