Sana: Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari Sinf


Download 0.75 Mb.
bet55/69
Sana24.03.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1293238
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69
Bog'liq
9-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz

Buni yodda tuting!
«Fikr qaramligi, tafakkur qulligi har qanday iqtisodiy yoki siyosiy qaramlikdan ham ko'ra dahshatlidir».
Darhaqiqat, dunyo ishlariga, atrofda sodir bo'layotgan hodisalarga mustaqil va sergak qaray olmaydigan, buning uchun zarur bilim va tajribaga ega bo'lmagan, eng achinarlisi - har bir voqea-hodisaga o'z xalqi, mamlakati manfaatlaridan kelib chiqib yondashishdek muhim ko'nikmani egallamagan insonni yovuz niyatli kuchlar xohlagan tomonga boshlab ketishi mumkin. Undan yurtini, o'zini tanimaydigan, Vataniga xiyonat qiluvchi terrorchi-jinoyatchini yasash ham, el-u yurt boyligini talon-toroj qilib xorijga pullovchi nafs bandasini tarbiyalash ham mumkin. Yoki ota-onasi, xalqi bergan non-tuzga oyoq bosuvchi ko'rnamaklar ham, millati, xalqining azaliy ma'naviyatiga, yuksak axloqiy qarashlariga mutlaqo yot bo'lgan, mazmun-mohiyatida bezbetlik, uyatsizlik, behayolik singari illatlar yashirin «ommaviy madaniyat»ga farosatsizlarcha taqlid qiluvchi takasaltanglar ham aynan fikri qaram, tafakkuri qullikka mubtalo bo'lgan yoshlardan yetishib chiqadi. Aksincha, odam bolasi qachonki mustaqil, erkin va faol fikrlasa, uning qalbida yurtiga, ota-onasiga, oilasi va mahallasiga mehr-u muhabbat hislari to'liq boisa, bu insonni osonlikcha yengib ham, ezgu yo'ldan ozdirib ham bo'lmaydi. Bu ibratli holatga, yuksak aql-u tafakkur bilan yuksak ma'naviyatning bu mukammal uyg'unligiga faqat ta'lim va tarbiyaning uyg'un olib borilishi, inson takomilining har ikki jabhasiga birdek katta e'tibor berilishi orqaligina erishish mumkin.
IV darsni mustahkamlash.

  1. Odamlar o'rtasidagi o'zaro muomala-muloqotni aks ettirishda G'arb va Sharq, juraladan, o'zbek kino ijodkorlari uslublari orasida qanday farqlarni ilg'agansiz?

  2. Ta'lirn va tarbiya olish odamning butun umri davomida to'xtamasligi kerak, degan gapni qanday tushunasiz?

  3. «Aqlli odam» bilan «dono odam» o'rtasidagi o'xshash va farqli jihatlarni izohlab bering.

  4. O'qituvchingiz rahbarligida «Olim bo'lish oson, odam bo'lish qiyin» mavzusida sinfdoshlaringiz bilan bahs uyushtirish.


Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling