Sana: Fan: O’qish Mavzu: “Qo’zichoq” Maqsad


Download 346.27 Kb.
bet4/6
Sana10.01.2023
Hajmi346.27 Kb.
#1086385
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
qo\'zichoq 4-sinf ochiq dars

saxiy,
odamlarga
yordam beradi,
hech narsasini
ayamaydi.

So’ngra guruhlarga o’tgan mavzu yuzasidan savollar beriladi.


-Birinchi saxiy tunu-kun nima qilar edi?
-Eng og’ir damlarda ham ahdidan tushdimi?
-Odamlar nima to’g’risida tortishib qolishdi?
-Chin saxiy qaysi biri ekanligini kim aniqlab berdi?
-Saxiylik haqida maqollar ayting.
-Himmatga minnat begona.
-Saxiy aziz, baxil xaris.
-Ko’ngli ochiqning,qo’li ochiq.
-Yomon baxil bo’ladi,yaxshi ahil.
Ven diagrammasidagi birinchi va ikkinchi saxiyga berilgan ta’rif muhokama qilinadi va guruh a’zolari baholanadi.Past o’zlashtiruvchi o’quvchilarga o’tgan mavzu o’qitiladi.
Aqliy hujum savollari:
1-guruhga: -Ertaklar ……maqolni davom ettiring. ( yaxshilikka yetaklar.)
-Madhiyani musiqasini kim bastalagan? (Mutal Burxonov.)
- «O’zbekiston kelajagi - buyuk davlat,» - deb kim aytgan? (I.Karimov .)
2-guruhga: -O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan? (1992-yil, 8-dekabrda.)
-Tinchlik qushining nomi? ( Oq kabutar.)
-Madhiyani so’zini kim yozgan? (A.Oripov.)
3-guruhga: -Qaysi kun ,,Xotira va qadrlash kuni’’ deb e’lon qilingan? ( 9-may.)
-,,Kuch - bilim va tafakkurda’’ deb kim aytgan? ( I.Karimov.)
-Sajdagoh kabi muqaddas joy qayer? ( Vatan.)
-Guruhlar baholanadi va yangi mavzuga zamin yaratiladi.
III.Yangi mavzu bayoni
QO‘ZICHOQ Rauf Tolib
Yaylovda bir Qo‘zichoq tug‘ilibdi. Ikki ko‘zi munchoq day,
yunglari jingalak-jingalak, quyosh nurida jimirlab, ko‘zni qamashtirar ekan. Qo‘zichoqni ko‘rgan qo‘ylar hayron bo‘lib qolishibdi.
– Voy, qo‘zichoq ham shunaqa chiroyli bo‘ladimi-ya? – deyishibdi bir-birlariga.
– O‘zimning shirintoyimdan aylanib ketay, – yalabyulqabdi Ona Qo‘y.
Qo‘zichoq juda tez o‘sa boshlabdi. Keng, yashil yaylovda irg‘ishlab sira-sira tolmas, dikanglab, onasining ketidan qolmas ekan. U bir-ikki oy deganda ancha to‘lishib, barra o‘tlarni yeb semiribdi. Yanayam ko‘zga tashlanibdi. Ko‘rganlar uni maqtashga tushishibdi.
– O‘-ho‘, ajoyib qo‘chqorcha ekan, – debdi burama shoxli Qora Qo‘chqor unga havas bilan boqib.– Antiqa, antiqa, – debdi Oq Qo‘chqor. Bu gaplardan Qo‘zichoqning burni ko‘tarilib ketibdi.– To‘g‘ri aytasiz, bunaqa antiqa qo‘zilar kam tug‘iladi, – ularning gapini quvvatlashibdi qo‘ylar.
Dars davomida 3 ta guruhdan eng yaxshi rasm chizadigan o’quvchi tanlab olinib, ularga ,,Qo’zichoq’’ rasmini chizish topshiriladi. (Rauf Tolib haqida ma’lumot beriladi)

Rauf Tolib Abdullo Avloniy mukofoti sovrindori. Bolalar shoiri va yozuvchisi Uning “Osmon bog” ,” Mirjalol nega lol?”, “Suhbat”, Jirafaning bo’yni nega uzun?”, “Hamma hayron” , “Orzular”, “Non savatim” ”Yo’ldagi suhbatlar” kabi she’r va hikoyalari aytib o’tiladi.


Download 346.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling