Sana: Fan: O`zbekiston tarixi Sinfi: 10 Mavzu


Qayta qurish siyosatining barbod bo‘lishi


Download 0.53 Mb.
bet102/110
Sana05.01.2022
Hajmi0.53 Mb.
#230257
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110
Bog'liq
10sinf O'z.tarixi konspekt [uzsmart.uz]

Qayta qurish siyosatining barbod bo‘lishi. Mamlakatda bolgan qayta qurish jamiyatning ijtimoiy va siyosiy tuzilishida bir qator o‘zgarishlarni kelti- rib chiqardi. KPSSning sovet jamiyatidagi rahbarlik va yetakchilik mavqeyiga putur yetdi, saylov tizimini o‘zgartirish to‘g‘risida qonun qabul qilindi. Qayta qurish pirovardida siyosiy jihatdan safsatabozlikka aylanib, tub demokratik o‘zgarishlarni amalga oshirish va boshlangan islohotlarni oxiriga- cha yetkazish imkoniyatini bermay mag‘lubiyatga uchradi. Bu holatning sa- bablari quyidagicha edi:

Birinchidan, qayta qurishning aniq va izchil, ilmiy jihatdan puxta ishlab chiqilgan dasturi yo‘q edi. Demokratiya va oshkoralik kabi shiorlar haqida ko‘p gapirilsa ham, amalda partiya siyosiy rahbariyati eski qarashlar girdobida bo‘lib, rahbarlikning demokratiyaga zid bo‘lgan ma’muriy-buyruqbozlik usul- laridan foydalanish davom etardi.

Ikkinchidan, mamlakatdagi partokratik rahbariyat “nomenklatura”ni saqlab qolishdan manfaatdor edi. Chunki mamlakatni eskicha usulda boshqarish oson edi.

Uchinchidan, qayta qurishda milliy respublikalarning suvereniteti haqida gapirilsa ham Ittifoqni yangilangan holatda saqlab qolish ko‘zda tutilgan edi.


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling