Sana: Mavzu


Download 1.79 Mb.
bet2/2
Sana11.01.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1088087
1   2
Bog'liq
2-sinf Tabiiy Fan (Science) Tirik organizmlar va jonsiz tabiat dars ishlanma

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa

I.Tashkiliy qism. 1.O’quvchilar bilan
2.Salomlashish .
3.Davomatni aniqlash . II .O’tgan mavzuni mustahkamlash: O’tgan mavzu yuzasidan savol javob orqali guruhlar bilan ishlab mavzu haqidagi fikrlar va umumiy hulosalar mustahkamlanadi. O’quvchilarni qiziqtirgan mavzuga doir qo’shimcha savollarga javob beriladi.
III. Yangi mavzu bayoni.

Tirik organizmlar va jonsiz tabiat bir-biri bilan qanday bog‘langan?


O‘simlik, hayvon, zamburug‘ va bakteriyalar tirik organizmlardir.



Jonsiz tabiatga suv, quyosh, havo, tuproq misol bo‘ladi.

Tirik organizmlar yashash muhitiga moslashgan.

Burgutlar baland cho‘qqilarga in quradi. Ular qanotlari yordamida havoda uchadi. Burgutlar quyon, yumronqoziq kabi hayvonlar bilan oziqlanadi.




Tuyalar cho‘lda yashaydi. Ular cho‘l o‘simliklari bilan oziqlanadi. Tuyalar suvsizlikka juda chidamli.




Baliqlar suvda yashaydi,suzgichlari yordamida harakatlanadi. Baliqlar suvdagi mayda hayvonlar va suvo‘tlar bilan oziqlanadi.




Oziqlanish. Barcha organizmlar oziqlanish orqali o‘sadi va rivojlanadi. O‘simliklar quyosh nuri, havo va suv yordamida o‘ziga oziq hosil qiladi. Hayvonlar boshqa organizmlarni iste’mol qiladi.
Nafas olish. Tirik organizmlar kislorod bilan nafas oladi. Oziqdan energiya olish uchun kislorod zarur.
Harakatlanish. Hayvonlar o‘ziga oziq izlash jarayonida harakatlanadi. O‘simliklar harakatini novdaning yorug‘likka tomon, ildizning tuproqqa tomon o‘sishida ko‘rish mumkin.
O`sish. Yosh organizmlar o‘sadi. Nihol daraxtga, toychoq otga aylanadi.
Ko‘payish. Tirik organizmlar ko‘payish orqali nasl qoldiradi.





IV .Yangi mavzuni mustahkamlash .O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilarni savollariga javob beriladi ularga tabiat va tabiat hodisalari haqida olayotgan bilimlari va tushunchalari haqida so’ralib bir birlari bilan tasurotlarini o’rtoqlashadilar.
1. Tirik organizmlar qaysi xususiyatlari bilan jonsiz tabiatdan farq qiladi?
2. Tirik organizmlar va jonsiz tabiatning o‘zaro bog‘liqligiga misollar keltiring.
V. O’quvchilarni rag’batlantirish darsni yakunlash:Dars yakunida , darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish , darsni yakunlash . VI . Uyga vazifa : O`tilgan mavzu yuzasidan ma’lumotlar yig’ish


O`IBDO`:______________________________
Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling