Sana: Sinf : 8 b mavzu


Download 14.11 Kb.
Sana11.02.2023
Hajmi14.11 Kb.
#1189960
Bog'liq
12 Energetik pog‘onachalar


Sana:
Sinf : 8 B

Mavzu: Energetik pog‘onachalar.


Darsning maqsadi :


a)ta’limiy: O‘quvchilarga elektronlarning yadro atrofida
hara katlanish qonuniyatlari, kvant sonlari, ko‘zga ko‘rinmas mikrool-
amdagi harakatlanish qonuniyatlari haqidagi tushunchalarni etkazib,
ularning bu boradagi bilimlarini kengaytirish.


b)Tarbiyaviy: O’quvchilarga axloqiy, iqtisodiy tarbiya berish.


s) Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, dunyoqarashini kengaytirish.
g) DTS – talablari.


Dars turi: Yangi bilim berish
Dars uslubi: Ananaviy
Dars jihozi: Darslik, davriy sistema, ko’rgazmali qurollar, kadaskop, kompyuter.
Darsning borishi :

  1. Tashkiliy qism

Salomlashish, navbatchi axboroti, sinf tozaligini nazorat qilish, manaviyat daqiqasi, fan yangiliklari.


II. Otgan mavzuni so’rash:

Darsni munozarali o‘tkazish uchun quyidagi savollar berish


maqsadga muvofiqdir:
1) Elektronlar manfiy zaryadlangan bo‘lsa nima uchun musbat
zaryadlangan yadroga tortilib, yopishib qolmaydi?
2) Elektronlar yadro atrofida juda katta tezlik bilan aylanma hara-
kat qilishi natijasida hosil bo‘lgan markazdan qochuvchi kuch tufayli, qarama-qarshi zaryadlarning bir-biridan itarilishi nati-
jasida nima uchun yadrodan uzoqlashib, sochilib ketmaydi?
III. YANGI MAVZU BAYONI
Iqtidorli o‘quvchilar uchun magnit kvant soni va spin kvant sonlari
haqida ham tushunchalar berish mumkin. Ushbu dars oldingi dars ning
davomi bo‘lganligi uchun quyidagi savollar asosida, o‘quvchilarda mav-
zuni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish tavsiya etiladi.
Yadro atrofida elektronlar qanday harakatlanadi? Albatta, tartibsiz,
guruh-guruh bo‘lib emas. Elektronlar manfiy zaryadlangan zarrachalar
bo‘lgani uchun bir-biridan iloji boricha uzoqda joylashishi kerak. Buni
qanday izohlaysiz?
O‘quvchilarning bu borada bildirgan fikrlari eshitiladi va o‘zaro
munozara uyushtiriladi. Elektronlar yadro atrofida energetik pog‘onalarda harakatlanadi.
Energetik pog‘onalar pog‘onachalarga, pog‘onachalar energetik
yacheykalarga bo‘linadi.
Elektronlarning harakati to‘rtta kvant soni bilan xarakterlanadi.
1. Bosh kvant soni – n n=1, 2, 3, 4, 5, ·····
K L M N O ·····
Bosh kvant sonining qiymati qancha kichik bo‘lsa, ayni
pog‘onachalardan elektronlarning yadro bilan bog‘lanish energiyasi
qabul qilib n qiymati kattaroq bo‘lgan pog‘onacha ko‘chadi.
Har qaysi energetik pog‘onadagi elektronlar soni 2n2 formula bilan
topiladi.
n=1 bo‘lganda : 2·12= 2 ta elektron
n=2 bo‘lganda : 2·22= 8 ta elektron
n=3 bo‘lganda : 2·32= 18 ta elektron
n=4 bo‘lganda : 2·42= 32 ta elektron
Orbital kvant soni energetik pog‘onachalardagi elektronlarning ener-
giyasini yoki elektron «bulut»larning shaklini ifodalaydi. Orbital kvant
sonining qiymati:
0 dan n-1 gacha bo‘ladi.
n=1 bo‘lganda l=0
n=2 bo‘lganda l=0,1
n=3 bo‘lganda l=0,1,2, va · · ·
n va l orasidagi bog‘lanish.

  1. Tartib raqami 25 va 35 bo‘lgan elementlarning elektron formulalarini

yozing. Bu elementlar qaysi elektron oilasiga mansub?

  1. Tartib raqami 17 va 26 bo‘lgan elementlarning elektron formulalarini

yozing. Bu elementlar qaysi elektron oilasiga mansub?
V. Baholash:
VI. Uyga vazifa: 2-4 topshoriqlar.
Download 14.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling