Sana Sinf: 10 “D” Mavzu: organik olamdagi moslanishlar – evolutsiya natijasi darsning maqsadi: a ta`limiy


Hayvonlarda “ogohlantiruvchi” rang va mimikriya hodisasi


Download 0.6 Mb.
bet4/6
Sana20.01.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1103611
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Organik olamdagi moslanishlar

Hayvonlarda “ogohlantiruvchi” rang va mimikriya hodisasi
1-belyanka; 2-zaharli gelekonius kapalagi; 3-oynasimon kapalak; 4-g`o`ng`illovchi pashsha; 5-oddiy ari; 6-zaharli korall aspidi
7-zaharsiz amerika suviloni; 8-“xonqizi” qo`ng`izi; 9-suvarak
Fiziologik moslanishlar. Ushbu moslanish tana temperaturasi, qonda tuz va qand konsentratsiyasining turg‘un holda saqlanishiga qaratilgan. Organizmlar shaxsiy hayotining turli bosqichlarida atrof-muhitdagi tuz, namlik, haroratning o‘zgarishlariga nisbatan o‘z turg‘unligini saqlaydi. Masalan, o‘simliklar qishki tinim davridan normal o‘tishi uchun ular hujayrasida suv miqdori kamayib, erigan moddalar konsentratsiyasi ortadi. Uzoq vaqt suv ostida bo‘ladigan tulenlar qonida kislorodni bog‘lab olishda gemoglobindan tashqari mioglobin nisbatan ko‘proq ishtirok etadi. Sahro hayvonlari tanasida ko‘plab yog‘ moddalarining to‘planishi fiziologik moslanishga misol bo‘ladi.
Etologik moslanishlar. Bu moslanish turi hayvonlarning xatti- harakatlarida namoyon bo‘ladi. O‘ziga xos harakatlar orqali hayvonlar dushmanlaridan himoyalanadi, oziqa topadi va zaxiralaydi, yil mavsumlariga moslashadi, juft tanlaydi va ko‘payadi, naslini himoya qiladi. Hayvonlar dushmandan saqlanish uchun yashirinadi yoki qo‘rqituvchi xatti-harakatlarni amalga oshiradi. Nasl uchun g‘amxo‘rlik qilish turning yashab qolishida katta ahamiyatga ega. Amerika som balig‘i chavog‘lar rivojlanguncha tuxumlarni qorin tomonga yopishtirgan holda yuradi. Povituxa deb ataluvchi qurbaqa otalangan tuxumlarini to yosh qurbaqalar rivojlanguncha orqa tomonda «opichlab» yuradi. Tuban umurtqalilardan farqli ravishda qushlar tuxumlarini maxsus inlariga qo‘yib o‘z tana harorati bilan ularni isitadilar. Tuxumlarini va jo‘jalarini ota-ona qushlar boqadi va himoya qiladi. Nasl uchun qayg‘urish bilan bog‘liq moslanishlar sutemizuvchilarda, ayniqsa, kuchli bo‘ladi.



Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling