Sana: Sinf: 3 Fan nomi: Matematika 1-dars Darsning texnologik xaritasi Mavzu


Download 370.86 Kb.
Sana15.02.2020
Hajmi370.86 Kb.




Sana: __________ Sinf: 3 ______ Fan nomi: Matematika

1-dars

Darsning texnologik xaritasi

Mavzu: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish. Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish, boiaklab va ustun shaklida qo‘shish usullari.

Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha mazmuni: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shishning ikki usuli - boiaklab va ustun shaklida qo‘shish usullarini takrorlash, unga doir misol va masalalarni, kesmaga doir mashqni yechish.

O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi

Metod: Suhbat, kartochkalar bilan ishlash, mustaqil ish. Shakl: Guruh bilan ishlash.

Jihoz: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar. Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.

Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.

Darsning maqsadlari
Ta’limiy: O‘quvchilarning ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish bo‘yicha 2-sinfda olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini, kesma haqidagi tushunchalarini mustahkamlash.

Tarbiyaviy: Misol va masalalarni yechish orqali ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish bo‘yicha hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi: Matematik boshqotirma ustida fikr-mulohaza yuritishga jalb qilish orqali mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish.

Kutilayotgan natijalar

Dars yakunida bo‘laklab va ustun shaklida qo‘shish usullaridan foydalanib ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shishni uddalay oladilar, kesma haqidagi tushunchalari mustahkamlanadi.



Dars

bosqichi

Bajariladigan ish mazmuni

Metod

Vaqt

1-bosqich.

Tashkiliy

qism


0‘quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorligi tekshi- riladi.




2 min

2-bosqich.

Refleksiya

(ehtiyojlami

aniqlash


Matematika darslarida 2-sinfda nimalar o‘rganilganligi, xonadan o‘tmasdan qo‘shishga doir og‘zaki misollar yechiladi.

Suhbat, kartochka- lar bilan ishlash

5 min

3-bosqich.

Yangi mavzu

bayoni


Darslikdagi 1-misolni yechish orqali ikki xonali sonlarni xona- dan o‘tib qo‘shish usullari tushuntiriladi.

Savol-

javob


10 min

4-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash

2-misolni o‘quvchilar mustaqil yechadilar. 3-5-topshiriqlar o‘qituvchi yordamida bajariladi.

Mustaqil ish, savol- javob

23 min

5-bosqich.

Baholash


Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.




3 min

6-bosqich. Uyga vazifa berish

Darslikdagi 6-misol va 7-masala uyga vazifa ekanligi aytiladi, ularni yechish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi.




2 min

Dars jarayoni va texnologiyasi

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism: Matematika darslarida 2-sinfda nimalar o‘rganilganligi, endi 3-sinfda nimalar o‘tilishi, 3-sinf «Matematika» darsligining mualliflari, undagi shartli belgilar, darslik bilan qanday ishlash kerakligi yuzasidan o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi.

II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Xonadan o‘tmasdan qo‘shishga doir og‘zaki mashqlar bajariladi. Buning uchun o‘qituvchi quyidagi ifodalar yozilgan kartochkalarni navbatma-navbat o‘quvchilarga ko‘rsatadi:

27 = 20 +□ 45 = 40 +□ 82=80+□

34 = 30 +□ 68 = 60 +□ 99=90+□

Kvadrat o‘rnida qanday son bo‘lishi kerakligini o‘quvchilar navbatma-navbat aytadilar.

III.Yangi mavzu bayoni.

Darslikdan 1-misolning yechilishi va ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish qoidasi, ya’ni yangi mavzu tushuntiriladi.

2-misolni o‘quvchilar mustaqil yechadilar. 0‘quvchilar misollarni navbatma-navbat doskada yechishlari ham mumkin.

3-topshiriqdagi rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin: Do‘konda birinchi kuni 24 m, ikkinchi kuni esa undan 12 m ortiq atlas sotildi. Ikki kunda hammasi bo‘lib necha metr atlas sotilgan?

Yechilishi. 1) ikkinchi kuni sotildi - 24 + 12 = 36 (m);

2) hammasi bo‘lib sotildi - 24 + 36 = 60 (m).



IV. Mustahkamlash.

4-topshiriq bajarilmasdan avval kesma haqida suhbatlashiladi. Kesmaning boshi va oxiri bo‘lishi, ularning qanday belgilanishi tushuntiriladi. Har bir o‘quvchi daftariga ixtiyoriy kesma chizishi topshiriladi. Daftariga kesma chizgan o‘quvchilardan biriga doskaga chizma chizib berishi so‘raladi. Shundan keyin 4-topshiriqdagi har bir shaklda nechta kesma borligi so‘raladi.

5-topshiriqdagi boshqotirmada berilgan shakl doskaga chiziladi. Bir o‘quvchi doskada kvadratlar sonini bilganicha sanaydi. Qaysi o‘quvchi bilsa, shu o‘quvchi doskaga chiqib sanashni davom ettiradi. Shaklda 30 ta kvadrat mavjud. Boshqotirmani yechishga dars vaqti yetishmasa, o‘quvchilar uni uyda yechishga harakat qilishlari aytiladi.

Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.



V. Uyga vazifa:

Uyga berilgan 7-misol va 8-masalani yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.

7-masalaning yechilishi:

1) birinchi va ikkinchi daraxtdan olindi – 12 + 24 = 36 (kg).

2) uchinchi daraxtdan terib olindi – 48 – 36 = 12 (kg).

Uyga qo‘shimcha topshiriq: 1. Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish usullarini takrorlash va puxta o‘zlashtirib kelish.

2. Kesmaga doir misollar topib kelish.



VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish.
Sana: __________ Sinf: 3 ______ Fan nomi: Matematika

Mavzu: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirish. 9-16- MISOL VA MASALA

Tayanch tushunchalar: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib, bo‘laklab va ustun shaklida ayirish usullari.

Soatlar soni: 1 soat.

Mavzuning qisqacha mazmuni: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirishning ikki usuli – bo’laklab va ustun shaklida ayirish usullarini takrorlash, unga doir misol va masalalarni, kesmani o’lchash va taqqoslashga doir mashqni yechish.

Metodlar: Suhbat, «Kim tez topadi?» interfaol metodi, mustaqil ish.

Jihozlar: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.

Nazorat: Og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.

Baholash: Doskada yoki mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.

Darsning maqsadi: O‘quvchilarning ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirish bo‘yicha 2-sinfda olgan bilim va ko‘nikmalarini, kesmani o’lchash va taqqoslashga oid malakalarini mustah-kamlash.

Kutilayotgan natijalar: Bo’laklab va ustun shaklida ayirish usullaridan foydalanib, ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirishga doir misollarni yecha oladilar, kesma uzunhgini o’lchash va ularni taqqoslay oladilar.

I.Tashkiliy qism:

Salomlashish;

Davomatni tekshirish

Darsning maqsadini aytish.

II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.

Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.



III.Yangi mavzu bayoni:

Darsning borishi:

O‘qituvchi quyidagi ifodalar yozilgan kartochkalarni ko‘rsatadi:

14 - □ = 10 43 -□= 40 72-□= 70

28 - □ = 20 59 -□= 60 96-□= 90

Kvadrat o‘mida qanday son bo‘lishi kerakligini o‘quvchilar navbatma-navbat aytishadi.

9-misolni o‘quvchilar mustaqil yechadilar. Misolni o‘quvchilar navbatma-navbat doskada ham yechishlari mumkin.



10-topshiriqdagi rasm asosida quyidagicha masala tuzish mumkin: Ikki tup olmadan 78 kg olma terildi. Bir tupdan 42 kg olma terilgan bo‘lsa, ikkinchisidan necha kilogramm olma terilgan?

Yechilishi: Ikkinchi tupdan terilgan olma: 93 - 56 = 37 (kg).

11-topshiriqda chizg‘ich yordamida AB va CD kesmalarning uzunligi o‘lchanadi hamda ularning farqi aniqlanadi: AB-51 mm,

CD = 84 mm, 84 - 57 = 27 (sm).

IV. Mustahkamlash.

12-topshiriqdagi boshqotirma bo‘yicha soat sirti quyidagicha bo‘linganda har bir bo‘lakdagi sonlar yig‘indisi bir xil, ya’ni 13 ga teng bo‘ladi:

Bu boshqotirma yechimini topishni o‘yin shaklida tashkil etish mumkin. Buning uchun o‘quvchilar 3 gumhga bo‘linib, har bir guruh o‘quvchilari oq qog‘ozga soat chizib, uning sirtini 6 bo‘lakka bo’ladilar va sonlar yig‘indisi bir xilligi topiladi. Sardorlar o‘z ishlarini doskada namoyish etib, nechta o‘quvchi to‘g‘ri bajarganligini aytadilar. Bu o‘yin «Kim tez topadi?» deb nomlanib, birinchi bajargan guruh rag‘batlantiriladi.

V. Uyga vazifa:

Uyga berilgan 15-misol va 16-masalani yechish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.

16-masalaning yechilishi:

1) ikkinchi do‘konga keltirildi - 56 - 12 = 44 (kg);

2) hammasi bo’ib keltirildi - 56 + 44 = 100 (kg).

Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.



Uyga qo‘shimcha topshiriq: Ikki xonali sonlarni xonadan o‘tib ayirish usullarini takrorlash va puxta o‘zlashtirib kelish.

VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish

Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling