Sana: Sinf: 3 Fan nomi: Matematika Mavzu: Qo‘shishning guruhlash qonuni


Download 1.01 Mb.
bet7/49
Sana27.08.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1670497
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49
Bog'liq
matematika togarak 3-sinf 2 www.sadikov.uz

III.Yangi mavzu bayoni:
99-misolning yechilishi asosida o‘nlik sonni o‘nlik songa bo’lish qoidasi tushuntiriladi.
100-misol o‘quvchilar bilan birgalikda og‘zaki yechiladi.
101-topshiriqdagi qisqa yozuv bo‘yicha quyidagicha masala tuzish mumkin: Do‘kondan pardalar tikish uchun 60 m gazlama sotib olindi. Bitta parda uchun 20 m gazlama sarflansa, 5 ta parda tikish uchun necha metr gazlama yetishmaydi?
Yechilishi: 1-usul: 1) 5 ta parda uchun - 20-5=100 (m);
2) yetishmaydi - 100-60 = 40 (m). 2-usul: 20 • 5 - 60 = 40 (m).
IV. Mustahkamlash.
100-misol mustaqil yechiladi. Shu bilan birga o‘quvchilar doskada ham yechadilar.
101-topshiriq bo‘yicha kesmalarning uzunliklari oTchanadi va CD kesma AB kesmadan necha marta uzunligi topiladi:
CD : AB = 6:2 = 3 (marta).
102-topshiriqdagi boshqotirmani yechishda «Kim tez topadi?» interfaol metodidan foydalanish tavsiya etiladi. Quyidagicha mulohaza yuritamiz: Azim Salimdan, Olim Azimdan tez yugursa, demak, Olim eng tez yugurar ekan. Undan keyin Azim va eng sekin Salim yuguradi. Javob: 100 m masofani Olim 18 sekundda, Azim 19 sekundda va Salim 20 sekundda bosib o‘tadi.
V. Uyga vazifa:
105-misol va 106-masala uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
106-masalaning yechilishi:
1-usul. 1) 4 kunda ishlatiladi - 20 • 4 = 80 (kg)
2) sotib olish kerak - 80 - 37 = 43 (kg).
2-usul. 20 • 4 - 37 = 43 (kg).
VI. Dars yakuni. O’quvchilar bilimini baholash va rag’batlantirish
Darsdagi faolligiga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Uyga qo‘shimcha topshiriq: 1. 0‘nlik sonni o‘nlik songa bo’lish qoidasini yod olish.
2. Biri ikkinchisidan 2 marta uzun kesmalar chizish.


Sana: __________ Sinf: 3 ______ Fan nomi: Matematika
Mavzu: 23 • 4 ko‘rinishdagi ifodalar. 122-128- misol va masalalar.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling