Mavzuning qisqacha mazmuni: 23 •4 ko‘rinishdagi misollarni -yechish, unga doir masalalarni yechish, santimetr va millimetrlarda -ifodalangan uzunlikni millimetrlarda ifodalash.
Metodlar: Suhbat, mustaqil ishlash.
Jihozlar: Darslik, mavzuga doir plakatlar.
Nazorat: Uy vazifasini tekshirish, og‘zaki so‘rov, doskada va mustaqil ravishda misol, masalalarni yechish.
Baholash: Uy vazifalarining bajarilishi, mustaqil ravishda misol, masalalarni yechishlariga qarab o‘quvchilar baholanadi.
Mashg’ulotning maqsadi: A) ta’limiy: 0‘quvchilarda 23 •4 ko‘rinishdagi misollarni yechish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, santimetr va millimetr orasidagi munosabat bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash.
Tarbiyaviy: ona Vatanimizga, milliy qadriyatlarimizga bo'lgan muhabbatni o'stirish, ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash.
Rivojlatiurvchi: 23 •4 ko‘rinishdagi misollarni yechish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism:
Salomlashish;
Davomatni tekshirish
Darsning maqsadini aytish.
II.O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uyga vazifa tekshirib chiqiladi. Og’zaki savol –javob o’tkazaman.
III.Yangi mavzu bayoni:
122-misolda 23 •4 ko‘rinishdagi misollarni yechish qoidasi tushuntiriladi.
123-misol mustaqil yechiladi. Shu bilan birga o‘quvchilar doskada ham yechadilar.
IV. Mustahkamlash.
124-masalaning yechilishi:
1-usul. 1) 8 kunda o‘qilgan sahifalar - 8-6 = 48 (ta);
2) kitobning jami sahifasi - 48 + 12 = 60 (ta).
2-usul. 8-6+12 = 60 (ta).
125-topshiriq namunaga qarab mustaqil bajariladi.
126-topshiriqdagi boshqotirmaning javobi: 13.
V. Uyga vazifa:
127-misol va 128-masalalar uyga berilib, ularni bajarish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |