Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi
Tog’ay Murodning “YULDUZLAR MANGU YONADI” (qissasini o’qish)
Download 1.96 Mb.
|
Ona tili va Adabiyot to\'garak
Tog’ay Murodning “YULDUZLAR MANGU YONADI” (qissasini o’qish)
Bo‘ri polvon davradan xursand: janjal-araz yo‘q. Polvonlar sen-menga bormay olishyapti... O‘zini taroziga solmay olishyapti. Ana, xo‘jasoatlik Sadir polvon sho‘rchilik Ro‘zi polvonni yelkasidan oshirib urdi. Ro‘zi polvon origa Maksim polvon degani chiqdi. Sadir polvon: - E, u sport masteri, chiqmayman, - deya turib ketdi. Maksim polvon sambo kurashi bo‘yicha sport ustasi ekani chin bo‘ldi. Bakovul ro‘parasida talab qilib o‘tirib-o‘tirib ketdi. Bo‘ri polvon xo‘jasoatliklarga og‘iz soldi: - Chiqinglar-da endi! - dedi. U yoqdan Amir polvon: - Polvon bova, Sadirning qo‘li lat yebdi! - dedi. Bu shunchaki bahona bo‘ldi. Sho‘rchiliklar piching qildi: - Nimaga bir polvonni yiqita solib qochasizlar!.. Sig‘sa davraga chiqingizlar-da! - dedi. Ilkis piching Sadir polvon bahona butun davra egalariga qarata aytildi. Bo‘ri polvon yalt etib sho‘rchiliklar davrasiga qaradi. Keyin, Amir polvonga yuzlandi. - Unday bo‘lsa, boshqasini chiqar! - dedi. Amir polvon: - E, polvon bova, master sportga teng kep bo‘ladimi? - dedi. Bo‘ri polvon mehmonlar oldida izza bo‘ldi. Xivich uchi bilan chiroqda yiltiramish somonlarni titkiladi. Shunda, davraga yoshi o‘tib qolgan Normurod polvon chiqib keldi. U duch kelmish odam ro‘parasiga cho‘kdi. Qo‘llarini ketiga tiradi. Orqasiga chalqayib, oyog‘ini uzatdi. - Mahsini tort, tort mahsini! - dedi. Torta bermagach, Normurod polvonning o‘zi mahsilarini tortib-tortib sug‘irdi. Paytavalarni chuvalatib-chuvalatib tashladi. Joyidan sapchib turdi. O‘z polvonlariga qahr bilan qo‘lini shop qildi. - Chiqmaysanmi-a, chiqmaysanmi? Elga eshittirib ayt! Chiqmayman, de! Qo‘lingni ko‘tarib ayt! Unda, mana men chiqaman! Normurod polvon bakovul ro‘parasiga borib cho‘kkaladi. Sho‘rchiliklarga qo‘lini silkib aytdi: - Qani, master sportingni berman yubor! - dedi. Ammo sho‘rchiliklar Maksim polvonni davraga tushirmadi. Boisi, Normurod polvonning soqoli oppoq edi... Sho‘rchiliklar to‘pidan ovoz keldi: - Sizga qoyil bo‘ldik, Normurod polvon, bizga anavi polvonlaringizni chiqaring! Normurod polvon davra aylana berdi: - Bizda polvon yo‘q, bo‘lsa chiqardi! - dedi. Bo‘ri polvon domangir bo‘ldi: - Polvon, ko‘tarilma, ko‘p ko‘tarilma! - dedi. Normurod polvon Bo‘ri polvon qo‘lidan yulqinib chiqdi. Yana davraga aylandi. - E, master sport tugul, dev bo‘lsayam chiqaman! - dedi. Bo‘ri polvon Normurod polvon tirsagidan mahkam ushladi, davradan yetaklab chiqdi. Normurod polvon tag‘in davraga talpindi: Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling