Sana: Sinf: Mavzu: til-ijtimoiy hodisa darsning maqsadi


A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish; B)


Download 1.96 Mb.
bet20/120
Sana17.06.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1521407
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   120
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot to\'garak

A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Darsning jihozi: hol ishtirok etgan gaplar tushirilgan plakat (kadoskop, multimediya yoxud komputerda).
Darsning rejasi
1. Hol haqida tushuncha.
2. Holning ma'no turlari.
Hol - kesimni kengaytiruvchi asosiy ikkinchi darajali gap bo’laklaridan biri. Shuning uchun bu mavzuni tushuntirishda oldingi darsda o’tilgan yig'iq va yoyiq gap mohiyatidan kelib chiqilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Avval fe'ldan iborat yig'iq gap keltirish so’raladi. Biror o’quvchi misol keltiradi, inasalan: Keldi. O’qituvchi bu so’z-gap oldiga uni kengaytiruvchi, asosiy prinsipda hol vazifasida keladigan so’zlarning so’roqlarini sinf taxtasiga yozadi; javob shaklini ham ifodalaydi.
Shundan keyin darslikdagi nazariy qoidalar asosida hol haqidagi tushunchalar umumlashtiriladi, xulosalanadi.Darslikdagi mashqlarni bajarishdan oldin sinf taxtasiga o’qituvchi tahlilga qulay bo’lgan bir nechta sodda gap yozib, ulardagi ega, kesim va holning ustigategishli chiziqlar bilan belgilashni topshiradi. Birinchi gapni o’zi tahlil qilib beradi. Taxminan gaplar quyidagicha bo’lishi mumkin.
1. Karimning akasi bugun kelibdi.
2. Ziyoda uyga ketdi.
3. Onam bizni xursand kutib oldi.
4. O’rtog'im menga yordamlashgani keldi.
Tahlildan keyin har bir gapning so’rog'i aniqlanadi: bugun (qachon?), uyga (qayerga?), xursand (qanday?), yordamlashgani (nima maqsadda). (iaplardagi Karimning (kimning), bizni (kimni), menga (kimga) so’zlari so’roqlariga hol javob bo’lmaydi, ular keyingi darslarda o’rganiladigan ikkinchi darajali bo’laklardir, deb tushuntiriladi. So’ng hollar qaysi so’zga bog'lanib so’z birikmasi hosil qilayotgani tekshiriladi. Ular bog'langan so’zlarning barchasi fe'l-kesim ekanligi oydinlashgach, yana bir qoida daftargayozdirib qo’yiladi: Eslatma: Hol doimo kesimga bog'lanib keladi.
Mashqlarda yuklatilgan nazariy (grammatik) topshiriqlar bajarilgaCh, o’qituvchi darsning tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi maqsadlarida belgilangan vazifani ado etishi kerak.
Q ayerdan?
Q achon? keldi
Qanday (qilib)?
Nima uchun?
Uydan
B ugun keldi
Shoshilib
O‘qish uchun



Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   120




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling